Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Kontakt-metasomatik jarayon-skarn xosil bo’lish sharoiti
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
Kontakt-metasomatik jarayon-skarn xosil bo’lish sharoiti
V.Fuks XIX asrning boshlarida birinchi marta «kontakt-skarn konlari» atamasini yaratdi. Keyinchalik B.Kogtt, 1864, A.Groddek, 1877 va boshqalar skarnlar nordon magmaning cho’kindi jinslar bilan tutashgan joylarida yuzaga keladi. Bu soxada jaxon geologlari katta ilmiy izlanishlar olib borib, kontaktli metasomatik jarayon nordon, o’rta va bahzan asosli intruziv magma sovishi va kristallanishida, ularni o’rab turgan tutash cho’kindi-karbonatli (oxaktosh, dolomit) va bahzan mergel va gilli jinslar bilan o’zaro munosabati tufayli yengil uchuvchan yon jinslar tomon xarakat qilib, ularga kimyoviy tahsir ko’rsatadi va kontakt metamorfizmi deb yuritiluvchi jarayon yuzaga keldi. SHuning bilan birga eritma singib borayotgan yon jinslarda (yuqori qismida-intruziv shiplarida) ximiyaviy reaktsiyalar sodir bo’ladi. Metamorfizm darajasi va yuzaga kelgan maxsulotlarning tarkibi xaroratdan ko’ra, ko’proq eritmaning kimyoviy aktivligiga va u bilan reaktsiyaga kirishadigan jinslarning tarkibiga bog’liq. Kuzatishlardan mahlum bo’lishicha jinslar bilan kontaktdagi jinslar orasida eng ko’p va intensiv o’zgarishlar oxaktoshlar va oxakli jinslarda yuz beradi. Bunday xolda reaktsiyalar natijasida metasomatoz deb ataluvchi kimyoviy almashishlar yo’li bilan asosan Ca,Fe,AI va boshqa elementlarning silikatlaridan tarkib topgan skarnlar xosil bo’ldi. SHu soxada mutaxassislarning fikricha, bir vaqtning o’zida shu jarayonning boshlanish davrigacha qotib kristallanib bo’lgan intruziv jinslarda xam kontakt bo’ylab o’zgarishlarning yuz berishi xarakterlidir. SHu bilan birga magmatik jins minerallari karbonat qatlamlaridagi elementlardan kalg’tsiy, magniy, temirlarning kelib qo’shilganligini ko’rsatib turuvchi tarkibi yangi xosil bo’lgan jinslar bilan almashinadi. Tabiatda uchraydigan skarnlar tarkibiga ko’ra magniyli va kalg’tsiyli xillarga bo’linadi (32-33-jadvallar). Skarnlar muammosini yechishda Rossiya akademiklari -D.S.Korjinskiy, V.A.Jarikovlar ulkan ilmiy nazariya yaratishdi. Ular jaxon miqyosida mavjud skarnlarni ikki xar xil yo’l bilan diffuzion va infilg’tratsiya natijasida yuzaga kelishini bildirishdi. Bulardan birinchisi diffuzion (bimetasomatoz) kontakt bo’ylab ikkala qarama-qarshi tomonga, yahni magmadan cho’kindi jinslar tomon ajralib chiqayotgan yuqori xaroratli eritmalar-faol elementlar, gaz va suv parlari xarakat qilsa, o’z navbatida cho’kindilardan magma tomon faol elementlar xarakati tufayli paydo bo’ladi. Ikkinchisi-infilg’tratsiya yo’li magmadan tutash jinslarga qarab siljuvchi komponentlarning o’zaro qo’shiluvidan paydo bo’ladi. Skarnlarning aksariyat qismi ekzoskarnlar deyiladi. Bular dolomit va karbonatlar oralarida kontakt bo’ylab, goxo 10-100 metrdan bir necha kilometrgacha ro’y berishi mumkin. Tabiatda kamroq bo’lsada, endoskarnlar xam uchraydi. Ular kalg’tsiyga to’yingan intruzivlarning oralarida magmaning so’ngida ro’y beradigan jarayonda xosil bo’ladi. Skarn jinslarning shakli xilma-xil. Bulardan keng tarqalganlari qatlamsimon, linzasimon, bahzan trubkasimon, tomirsimon ko’rinishda. Ayrim qatlamsimon skarnlarning egallagan maydoni: uzunligi 2-5 km va qalinligi 500-700 metrgacha. Skarnlar bilan bog’liq ravishda yirik mahdan konlari yuzaga keladi (34-jadval). Bulardan tashqari skarnlar bilan bog’liq ravishda oltin, molibden, qalayi, bor va boshqalar xosil bo’ladi. Skarnlarni tashkil etuvchi minerallar bir necha millimetrdan 1-2 sm gacha bo’ladi. Bahzan yirik kristallar xosil qilib 10-15 sm, goxo 30-50 sm bo’ladi. Skarnlar tuzilishi: dog’simon, yo’laksimon, ammo ko’proq massiv (yaxlit) xolda uchraydi. Skarnlar ko’proq zonal tuzilishda bo’ladi. D.S.Korjinskiy Uraldagi Turg’insk konida intruzivdan oxaktosh tomon quyidagicha o’zgarishni va ketma-ketlikni aniqladi: kvartsli diorit kamroq o’zgargan diorit piroksen-granatli skarn granatli skarn piroksenli skarn. Ushbu yo’nalish bo’ylab plagioklaz tarkibidagi anortit molekulasi ortishi va granatlar –grossulyardan andratitga o’tishini bayon etgan. O’rta Osiyo volg’fram skarn konlarini kuzatishlar natijasida X.M.Abdullaev ularda uchraydigan o’zgarishlarni aniqladi, ular o’zgargan granitlar endoskarnlar (granatli, granat-epidotli granat-piroksenli volostonitli skarn marmarlashgan oxaktoshlar). Magnezial skarnlarni puxta o’rgangan N.P.Pertsev ulardagi o’zgarishlarni quyidagicha ifodaladi: granitlarpiroksen-dolomitli skarnlar shpinelg’-piroksenli skarnlar shpinelg’-forsteritli skarnlar. Skarnlar bilan xilma-xil mahdan konlari bog’liq. Ularning ayrimlarining geologik xollarining bayoni keltiriladi. Temir skarn konlari. Ushbu turdagi mahdan konlari Rossiyada-Blagodat, magnitli, Vo’sokiy, Kochar; qozog’istonda-Sokolov, Sorbay; G’arbiy Sibirda-Temirtau, Tashtagol, SHalim, SHeregesh; SHarqiy Sibirda-Korshunov, Gorsk; Markaziy qozog’istonda-Keng-Tepa, Atonsor. Ushbu temir konlar diorit, montsonit, plagiogranit, plagiosienit va granitoidlar bilan oxaktoshlarning oralarida (tutashgan joylarida) xosil bo’lgan. Bu konlarning uzunligi bir necha kilometrgacha va eni xamda qalinligi bir necha yuz metrgacha cho’ziladi. Skarn temir konlarining zaxirasi 400-600 mln. tonna va ularda temir miqdori 35-55% bo’ladi. Mis konlari. Skarnlarda mis konlari keng tarqalgan. Bularga Uraldagi-Turg’insk; qozog’istonda-CHotarkul, Echkiulmas; AqSHda–Bishop, Klifton, Merivil, Santa-Elamiya; Meksikada-Tasu Imperial-Kanada; Banat-Ruminiyada xamda SHvetsiya, Finlyandiya, Peru, Boliviya, CHili, Eron, Indoneziya va Avstraliyada mavjud. Skarnlar oxaktoshlarning granodiorit, plagiogranit va granosienitlar chegaralarida xosil bo’lgan. Ushbu konlarga mansub minerallar xalg’kopirit, pirit, pirrotin, bornit, sfalerit va molibdenitlar birga uchraydi. Volg’fram konlari. Bu turdagi konlar ayrim o’lkalarda mintaqalar xosil qiladi va mahlum bir geologik qurilmalarga bog’liq bo’lib uzoq masofalarga cho’zilib yuzaga keladi. Ulardan eng yiriklari O’zbekistonda qo’ytosh, Ingichka, Langar, Yaxton volg’fram konlari tizimi. Rossiyada Sixote-Alinda, Yakutiyada, Zabaykalg’e o’lkalarida mavjud. AqSH da (Mills Siti va Bishop), Xitoy, Koreya, Mongoliya, Birma, Indoneziya, Yaponiya xamda Turkiyada keng tarqalgan. Skarn-volg’fram konlari granidorit, adamellit, monotsitlarning karbonatlar bilan chegaralarida yuzaga kelganligi kuzatilgan. Ushbu volg’fram konlariga xos xususiyatlardan skarnlar-piroksen-granat, amfibol-granat-vollostonitli va granatl bo’lib, magnetit va gematit minerallari kam miqdorda bo’lib, ular sheelit va molibdenitlardan ancha keyinroq yuzaga kelgan. Bu konlarda sulg’fid minerallari xam ancha keng tarqalgan. qo’rg’oshin, rux, skarn konlari, keng tarqalgan. Bularga Markaziy Osiyo respublikalaridagi qizil Espe, Aksoran, Oltintopgan, Kansay, AqSHda-Lourens, Bingem, Eronda-Ravaj, Turkiyada –Oqtog’ va boshqalar. Skarn jismlarini yuzaga keltirgan intruziv jinslar granodiorit-porfir, granit-porfirlar yer yuziga yaqin masofalarda xosil bo’lgan. Skarnlar tarkibida galenit, sfalerit, barit, pirrotin, xalg’kopirit, arsenopirit, pirit, argentit, vismutinlar ishtirok etadi. Ushbu turdagi konlarga Oltintopgan koni misol bo’la oladi. Bu kon yuqori paleozoy granitoidlari bilan devon va quyi karbon davr oxaktoshlarning chegaralarida yuzaga kelgan. Bu chegaralar bo’ylab tektonik yoriqlar va darzliklar keng tarqalgan. Ushbu yoriqlar yo’nalishi bo’ylab granodiorit-porfir, diabazli porfiritlar joylashgan. Skarnlar linzasimon jismlar, bahzan trubasimon shakllarda uchraydi. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling