Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet140/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

PEGMATITLARNING XOSIL


BO’LISHI
«Pegmatit» atamasini birinchi marta R.J.Gayui (1743-1822) tomonidan «dala shpatlari va kvarts» minerallaridan tashkil topgan jins uchun ishlatiladi. Yunoncha «pegmatit»-kvarts va dala shpatlarining mustaxkam birikmasini anglatadi. Pegmatitlarni geologik jism sifatida o’rganish XIX asrda V.K.Breger (1851-1932), K.G.Rozenbush (1836-1914), G.L.Fogt (1858-1932), XX asrning o’rtalarida Rossiya olimlari A.E.Fersman, D.S.Korjinskiy, A.N.Zavaritskiy, K.A.Vlasov va boshqalar batafsil o’rganishadi va kelib chiqishni nazariy yo’l bilan tushuntirishdi.
Pegmatit jinslar magmatik jarayonlarning oxirgi bosqichida faol va uchuvchan komponentlarga boy bo’lgan qoldiq «pegmatit»simon magmadan yuzaga keladi.
Pegmatitlar geologik jism sifatida yirik kristallangan mineral to’dalaridan tashkil topgan xamda tomirlar yoki xar xil shaklli uyumlar bo’lib uchraydi.
Pegmatit maxsulotlarning asosiy qismi nordon va ishqorli jinslar bilan uzviy bog’liq. Ko’p xollarda ularning birlamchi magmatik jinslarga nisbatan keyingi bosqichda yuzaga kelganligi yaqqol ko’rinib turadi. Rasmiy pegmatitlarning mineralogik va kimyoviy tarkibi ona jinslarga batafsil o’xshash, ammo ular benixoya yirik donador agregatlardan iboratdir.
Pegmatit tabiatda keng tarqalgan, shuning uchun mutaxassislarni o’ziga jalb qilgan. Pegmatitlarning axamiyati sanoat va texnikada benixoya katta, tarkibining asosiy qismini tashkil etuvchi dala shpatlari va kvarts chinni va shisha maxsuloti, slyudalar elektrotexnika xizmatida, qolgan minerallardan kam va tarqoq elementlar litiy, rubidiy, berilliy, niobiy, tantal, tsirkoniy, gafniy va siyrak elementlarini olishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari tarkibidagi qimmatbaxo minerallar-zumrad, sapfir, rubin, topaz va boshqalar zargarlikda ishlatiladi. mineral xosil qiluvchi jarayonlar juda murakkab bo’lib, yuqori xaroratda (A.E.Fersman bo’yicha 700-1500) bir necha ming atmosfera bosim ostida va ancha chuqurlikda (A.Ginzburg bo’yicha 2-3 km) sodir bo’ladi.
Pegmatitlarning xosil bo’lishi masalasini butunlay xal qilingan deb bo’lmaydi. Ularning xosil bo’lishi to’g’risida ikkita qarama-qarshi fikrlar mavjud. Bulardan A.E.Fersman-«pegmatitlar» yengil uchuvchan va faol elementlarga boy qoldiq pegmatit magmaning kristallanish maxsuloti deb qaragan. Ikkinchi, A.N.Zavaritskiy fizik-kimyoviy muloxazalarga asosan minerallarning yirik kristallari magmada to’plangan qoldiq va gaz ishqoriy faol elementlarning tahsirida ona jinslarning qayta kristallanishi natijasida yuzaga kelishi mumkinligini bayon etdi. Pegmatitlar intruziv jinslar bilan chambarchas bog’langan bo’lib, ona jinslardan shakllarning tomirsimon, uyasimonligi xamda ularning ichki tuzilishi, jins xosil qiluvchi minerallarning benixoya kattaligi bilan ajraladi. Tabiatda tarqalgan pegmatitlar nordon magmatik jinslar bilan bog’liq bo’lib, granit-pegmatitlari deb nom olgan.
Granitli pegmatitlar nordon tarkibli intruziv jinslar oralarida cho’kindi va intruziv jinslar tutashgan joylarida, bahzan intruziv oralarida tomirsimon ko’rinishda bo’ladi. Pegmatitning aksariyat qismi dala shpatlari va slyudalardan tashkil topgan.
Pegmatitlarga xos xususiyatlardan biri tarkibidagi minerallarning yirik kristallanishidir. Masalan, pegmatitlarda balandligi 2 m dan ortiq kvarts, 5-5,5 m lik berill, 14 m spodumen, muskovit va biotitlar, bahzan 7-10 m2 kenglikda uchraydi. Ayrim minerallarning og’irligi juda katta –kvarts-750 kg dan 10 tonnagacha, topaz 60 kg gacha, dala shpatlariniki esa 5-10 tonnagacha boradi.
Pegmatit qotishmalarida N2O, SO2, SO, NSI, NG’, N2, O2, V, SI, S lar ko’p miqdorda uchraydi. Faol elementlar, uchuvchi gazlar va qaynoq parlar magmaning kristallanish xaroratini va yopishqoqligini kamaytiradi. Agar magma tarkibida 1% suv bo’lsa minerallarning kristallanish xarorati 30-50o pasayadi, bordiyu N2O miqdori 10-12% bo’lsa 300-400o tushadi. Yuqorida bayon etilgan suv miqdorining ortishi pegmatitlarni tashkil etuvchi minerallarning kristallanish xaroratini kamaytiradi xamda magmani suyuqlantiradi, bu esa pegmatitsimon magmaning mayda darzlik va yoriqlar orqali qatlamlarini kesib jadal surhatlar bilan yuqori tomon intilishga ko’maklashadi. Pegmatitlarning shakli oddiy va murakkab ko’rinishda bo’ladi. Murakkab tuzilgan tomirlar mayda bo’lib, tomirlar guruxini, tizimini xosil qiladi. Bulardan tashqari yotqiziq, linza, karnaysimon, ustunsimon ko’rinishda xam bo’ladi. Pegmatit shakllarning o’lchamlari turlicha bo’lib, uzunligi bir necha santimetrdan to bir necha metrgacha boradi. Masalan, G’arbiy O’zbekiston granitlarda tomirsimon pegmatitlar uzunligi 200-300 metrgacha. Ayrim yiriklari, Sibirg’ o’lkasidagi Mamsk-CHuysk rayonlaridagi pegmatitlarning uzunligi 300-350 km, eni 35-60 km. pegmatit shakllarining muxim xususiyatlaridan biri ularning cho’ziqligi va eni bo’yicha asta-sekin torayib borib to’xtashidir.
Pegmatitlarni o’rganish borasida A.E.Fersman katta ilmiy ishlar qildi. U o’z davrigacha bo’lgan pegmatitlar geologiyasi, mineralogiyasi va geokimyosi soxasida materiallarni to’plab, ularning xosil bo’lish jarayonlarini nazariy jixatdan asosladi.
A.E.Fersman fikricha pegmatitlar fizik-kimyoviy sharoitning yopiq xolatida yuzaga keladi, va o’z navbatida magmatik, epimagmatik (magmadan keyingi), pnevmatolit va gidrotermal pog’onalarga va ular 10 ta geofaza bo’limlariga (A,V,S,D,E,G’,G,N,J,K) ajratdi. Ushbu ajralish xaroratning sekin-asta pasayishi natijasida yuzaga keldi. Geologik muxitlarning bayoni quyidagicha ifodalandi.
A geofazasi magmatik bo’lib, 900-800oS xaroratda magmaning sovib kristallanishiga to’g’ri keladi.
V geofazasi epimagmatik deyilib, 800-700oS mayda donali aplitlar xosil qiladi.
S geofazasi pegmatitli bo’lib, 700-600 oS kvarts va dala shpatlari bir vaqtning o’zida kristallanadi va bir-birlari bilan qonuniy o’sishgan o’simtalar xosil qilib pegmatit strukturasini yaratadi.
D va Ye geofazalari 600-500 oS yengil uchuvchan birikmali yirik kristalli minerallar, kvarts, dala shpatlari, biotit, muskovit, turmalin, topaz, berill minerallari yuzaga keladi.
G’ va G geofazalarida 500-400 oS xaroratda eritmalarning tahsiri ostida o’rin almashish sharoiti yuzaga keladi va pertitlar paydo bo’ladi. (Kaliyli dala shpatlarida nordon plagioklaz o’simtasi xosil bo’ladi). Ushbu sharoitda litiyli minerallari-spodumen, lepidolit, ambliganit, rubellit (gunafsha turmalin) xosil bo’ladi.
N, J, R-gidrotermal geofazalari-magmalardagi eritma xolidagi suv parlari xaroratning pasayishi natijasida suyuqlik gidrotermaliga aylanadi va ular o’z navbatida: N-yuqori xaroratli 400oS-300 oS, J-o’rta xaroratli-300-200 oS va K-past xaroratli 200-50 oS ga bo’linib, ushbu sharoitlarga mos keladigan mineral guruxlari xosil bo’ladi.
A.E.Fersman pegmatitlarning sanoatda axamiyatiga qarab quyidagi turlarga bo’lgan:
1. Topaz-berill pegmatitlar. Bu pegmatitlar deyarli mikroklin va kvartsning yirik kristallaridan iborat bo’lib, ularning oralarida, bahzan bo’shliqlarida och rangli topaz va berilning (ekvamarin xili) chiroyli, ajoyib tuzilgan kristallari uchraydi. Bulardan tashqari alg’bitning o’ziga xos plastinkasimon kristallari (taroqsimon ko’rinishda), turmalin va lepidolitning kristallari goxo kassiterit, kolumbit va tantalit bilan birgalikda goxo biotit, muskovit va turmalinning yaxshi kristallari bilan birga uchraydi.
2. Turmalin-muskovitli pegmatitlar (Mamsk-Vitinsk rayoni) muxim sanoat axamiyatga ega. Ushbu turning tarkibi plagioklaz (nordon), mikroklin va kvarts xamda muskovitning yirik kristall uyumlari yuzaga keladi. Bular bilan birgalikda turmalin, apatit, granat, ortit, monatsit, sulg’fid minerallari uchraydi. Pegmatitlarning xalq xo’jaligida axamiyati katta.
3. Kamyob va nodir elementli pegmatitlar. Ularning minerallari: kolumbit, tantalit, ilg’menit, rutil, tsirkon, ilg’menit, torit, godalinit, fergyusonit, samarskit, evksenit, eshinit, kassiterit, monatsit, ksenotim, ortit, uranitlar xosil qilib yuzaga keladi. Bular bilan birgalikda, bahzan apatit, granat, turmalin, berill, xrizoberill, fenakit, gelg’vin, topaz, flyuorit, karbonatlar, sulg’fidlar uchraydi.
4. Litiy minerallardan iborat pegmatitlar spodumen, lepidolit, bahzan litiy fosfatlari (ambligonit, litiofillit), qizil (rubellit), ko’k, yashil turmalin, rangsiz, pushti berill (vorobg’evit), spessartin, marganetsli yashil apatit, kassiterit, pollutsit, tsirkon, monatsit, flyuorit kabi minerallari to’plamini o’z ichiga oladi. Bu turdagi pegmatitlarda litiy, marganets, kalg’tsiy va tseziylarning ortiqroq miqdorda uchrashi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Tabiatda pegmatitlar bahzan magmatik jinslarning yon atrofini o’rab turgan cho’kindi jinslarga kirib borgan vaqtlarida, ularning mineraltarkibi ona (granitoid) jinslar ichida yotgan pegmatitlar tarkibidan ancha farq qiladi. Minerallar paragenezisi (yaqin sharoitda xosil bo’lgan) bunday xolda yon jinslar bilan eritmalarning o’zaro natijasida yuz beradigan reaktsiyalarning faol bo’lishidan dalolat beradi. Minerallarning shunday guruxlarining tarkibida faqatgina magmaga xos elementlargina emas, balki yon jinslarda ko’proq tarqalgan kalg’tsiy va magniy oksidlari xam ishtirok etadi. Yon jinslarning o’zi xam pegmatitlar bilan tutashgan joylarida o’zgarib ketadi. Pegmatitlarning bunday turi A.E.Fersman bo’yicha «chalkash chiziqli» qatoriga kiradi va yuqorida ko’rib o’tilgan «toza chiziqli» pegmatitlardan ancha farq qiladi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling