Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan


Download 1.03 Mb.
bet1/15
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1578428
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Zigomitsetlar


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA BOTANIKA KAFEDRASI

BOTANIKA FANIDAN
ZIGOMITSETLAR SINFI ZAMBURUG'LARNING SISTEMATIKASI”
mavzusida


KURS ISHI


Bajardi: Biologiya ta’lim yo’nalishi 212-guruh talabasi
Xuriboyeva Patilaxon Ikromjon qizi


Kurs ishi rahbari: Turginov O.
Andijon -2021

Mundarija
I Bob. Krish
II Bob. Asosiy qisim
2.2 Zigomitsetlar - Zygomycetes sinfi.
2.2 Tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. 
2.3.Zamburug’larning foydali jihatlari.
2.4 Zamburug’larning sanoatdagi ahamiyati. 
III Bob. Xulosa
VI Bob. Foydalanilgan adabiotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.  Zamburug’lar tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega. Ular tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o’simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zamburug’lar ishtirokida boradi.
Tuproqda xilma-xil zamburug’lar guruhi uchraydi. Zamburug’lar saprofitlar sifatida to’nka va ildizlar qoldiqlarida yashaydi. Ba’zi zamburug’lar yuksak o’simliklar bilan simbioz holda yashab, mikoriza hosil qiladi. Zamburug’lar tuproqda yashab uni chirindi moddalar bilan boyitadi, tuproq hosildorligini oshiradi, inson va hayvonot dunyosi uchun ozuqa moddalarni yetkazib beradi. Zamburug’lar juda keng tarqalgan bo’lib, ko’proq o’rmonlarda uchraydi.
Mikoriza – yuksak o’simliklar ildizi bilan zamburug’larning simbioz hayot kechirishidan iborat. Quruqlikda tarqalgan ko’pchilik o’simliklar tuproqdagi zamburug’lar bilan ana shunday hamkorlikda yashaydi. Mikorizaning tuzilishiga ko’ra ikki asosiy turi ajratiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof). Ektotrof mikorizada o’simlik ildizining uchki qismini zich g’ilof ko’rinishida zamburug’ mitseliysi o’rab oladi. Endotrof mikorizada zamburug’ ildizning ichki to’qimalariga kirib oladi.
Tashqi mikoriza asosan o’rmonlardagi qayin, eman va ninabargli daraxtlarda uchraydi. Zamburug’ daraxt ildizidan karbonsuv va vitaminlarni o’zlashtiradi. Shu bilan birga tuproqning gumusi tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislotalarning bir qismi o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Bundan tashqari zamburug’ daraxtning ildiz tizimini, shimish yuzasini oshiradi, bu esa o’z navbatida unumsiz tuproqlarda o’sayotgan o’simlik uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ichki mikoriza ko’pincha o’t o’simliklarda uchraydi. Ammo uning simbioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar yetarli emas.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling