Ekologiya va botanika kafedrasi botanika fanidan
Zamburug’larning foydali jihatlari
Download 1.03 Mb.
|
Zigomitsetlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamburug’larning sifati.
2.3.Zamburug’larning foydali jihatlari.
O’zbekistonda zamburug’larning 200 ga yaqin botanik turlari aniqlangan bo’lib, shulardan 20-25 tasigina iste’molga yaroqli hisoblanadi. Qo’ziqorinlar bir-biriga o’xshash bo’lgani sabab, ularni farqlash qiyin. Qo’ziqorinlar oqsilga boy mahsulot bo’lib, hatto bu modda uning tarkibida go’shtga nisbatan bir necha barobar ko’proq. To’yimliligi va ozuqaviyligiga ko’ra RR va D vitaminlarining ulkan zaxirasi, foydali mikroelementlar, ruh, temir, molibden, kumush, mis va kobalt bilan to’yingan. Shu sababdan birgina oq qo’ziqorin go’sht, kartoshka va boshqa sabzavotlar o’rnini bemalol bosa oladi. Zamburug’larning sifati. Qo’ziqorin xarid qilayotganda avvalo, uning tashqi ko’rinishiga qarash kerak: yuzasi silliq va barra ko’rinishidagilarning sifati yaxshi bo’ladi. Yumshoq va so’lib borayotganlari esa aksincha. Qo’ziqorin qalpoqchasi bandiga yaxshi birikkan bo’lishi kerak. Yana sifati buzilmagan zamburug’ yoqimsiz hid taratmaydi. Odatda, sotuvga chiqarilgan qo’ziqorinlar bir necha sutka saqlanishga mljallangan bo’lib, muddati o’tgach iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. Xarid qilingan qo’ziqorinlarni usti yopiq idish yoki sellofan xaltaga joylab, imkon qadar muzlatkichda saqlash lozim. Har qanday turdagi qo’ziqorinni qaynab turgan suvga solib, 15-20 daqiqa pishirib olgan ma’qul. Shundan so’nggina taom yoki yegulik tayyorlashda foydalansa bo’ladi. Qaynatish jarayonida pishganini bilish uchun bir donasini ikkiga ajratib, ta’tib ko’rish lozim. Shuni unutmaslik kerakki pishirilgan qo’ziqorinlar bir kundan ortiq saqlanmaydi. Qo’ziqorin turiga ko’ra kartoshka, karam, piyoz, sabzi kabi sabzavotlar bilan yaxshi muomalaga kirishadi. Tovuq go’shti bilan qovurib, smetana qo’shilsa, ta’mi yanada xushxo’r bo’ladi. Shivit, ko’kpiyoz va kashnich qo’ziqorinning ,,do’st” lari. Sarimsoqpiyozni esa qo’ziqorinli taomlarga kamroq ishlatganimiz ma’qul. Tibbiyotda zamburug’lar bilan davolashning butun bir yo’nalishi bo’lib, u fungoterapiya deyiladi. Bunda qo’ziqorinning turiga ko’ra ma’lum bir kasalliklarni davolashda qo’llash mumkin. Masalan, dojdevik qo’ziqorini yaralarga malham bo’ladi, lisichka turi gijjalarni tushirishda foydali, opyatyada esa yurak ishemik kasalliklari hamda diabetni davolovchi moddalar mavjud. Davo uchun qo’ziqorindan foydalanishda, albatta, shifokor maslahati zarur. Respublika Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi mutaxasislari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko’ra, qo’ziqorindan zaharlanish mart, aprel va may oylarida ko’proq kuzatilar ekan. Katta magistral yo’l yoqalarida, zaharli kimyoviy moddalar ishlab chiqaruvchi korxonalar atrofida hamda ariq bo’ylarida o’suvchi qo’ziqorinlar atmosfera havosi, suv va tuproq tarkibidagi zaharli moddalarni o’ziga singdirishi natijasida xavfli qo’ziqoringa aylanishi mumkin. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling