Peridotit-piroksenitlar bilan aloqador pirrotin-pentlandit-xalg’kopiritlarning xosil bo’lishi.
Dunyoda olinadigan 65% nikelg’ magma evaziga xosil bo’ladigan mis-nikelg’ sulg’fid mahdanlaridan olinadi. Bu minerallar olivin, rombik va monoklin piroksenlar bilan birga uchraydi. O’taasos va asos jinslar tektonik xarakatlarning so’ngida orogenning platformaga o’tish davrida va platforma xarakatlarining faollashgan joylarida maydonga keladi. Yerning tarixiy taraqqiyot jarayonida xosil bo’lgan rivojlanishida mis-nikelg’ sulg’fid konlari juda uzoq geologik o’tmishda proterozoydan mezokaynozoygacha paydo bo’lgan. Bu konlarning xususiyatlaridan biri qatlamsimon intruziv jismlarda uchraydi.
Intruzivlarda yuzaga kelgan tektonik zarbalar, mahdan jismlarda xam takrorlanadi, ularning o’zaro uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. So’z yuritilayotgan mahdan konlarining minerallari asosan pirrotin, pentlandit, xalg’kopirit. Magnetit xamda pirit, kubanit, nikelin, millerit, violarit, platina guruxi minerallari, bahzan xromit, nikelg’ va kobalg’t arsenidlari, galenit, sfalerit, bornit va boshqalar.
Dunyodagi ulkan likvatsion mahdan konlarining misoli sifatida Norilg’sk, Talnax, Kola yarim orolidagi Monche-Tundra, Kanadagi Syodberi va J.Afrikadagi Insiz konlarini ko’rsatish mumkin. Likvatsion konlarning eng yiriklaridan biri Kanadagi Syodberi konidir.
Likvatsion yo’li bilan yuzaga kelgan konlarning barcha mahdan minerallari orasida oltingugurtli birikmalar ishtirok etadi. SHuning uchun dunit-peridotit formatsiya jismlar tarkibidagi oltingugurtning kelib chiqishi barcha mutaxasisslarning ehtiborini tortgan. Keyingi yillarda olingan mahlumotlarga qaraganda intruziv jinslardagi oltingugurt izotoplarning miqdori meteoritlarnikiga juda o’xshash. Bunday o’taasos jinslar orasida uchraydigan sulg’fid mahdan konlarining magmalar bilan uzviy bog’liq ravishda paydo bo’lishini ko’rsatadi (31-jadval).
31-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |