Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Asos intruziv jinslar bilan bog’liq konlar -ilg’menit-titanomagnetit minerallar assotsiatsiyalari


Download 7.25 Mb.
bet135/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Asos intruziv jinslar bilan bog’liq konlar -ilg’menit-titanomagnetit minerallar assotsiatsiyalari
Ilg’menit, titanomagnetit minerallari gabbro, norit, piroksenit, anortozitlar orasida turli shakllarda-linzasimon, uyasimon, bahzan tomirsimon ko’rinishda uchraydi. Titanomagnetit, bahzan ilg’menit, magnetitlar oralarida izomorf aralashma xosil qiladi. Yuqori xaroratda izomorf qatorini tashkil qilgan bu minerallar xarorat sekin-asta pasayishi bilan aloxida ilg’menit va magnetitlarga ajraladi. P. Ramder olib borgan eksperimental ishlarning natijasida mahlum bo’lishicha 800 atrofida ilg’menit va magnetit aralashgan xolda, 600-700S xaroratda ilg’menit va magnetitlarga ajraladi.
Ushbu peridotit-gabbro formatsiyalarida mineral tarkibi quyidagicha: olivin (Fo50-40)-piroksen-ilg’menit-magnetit-plagioklaz (30-jadval). Peridotit-gabbro formatsiyalariga bog’liq ayrim konlarning qisqa bayoni beriladi. Bushvelg’d (J. Afrika) koni gabbro-noritlar orasida joylashgan bo’lib, egallagan maydonining uzunligi 20-25 km, qalinligi-0,5-0,6 m. Mahdan tarkibida Fe-50-60%, Ti-16-20%, Cr2O3-30-33%, platina miqdori 1t jinsda-10-15 g.


Peridotit-gabbro formatsiyalariga bog’liq
konlarda titan miqdori (% xisobida)
30-jadval

Formatsiya turlari

TiO2 miqdori

Konlar

Peridotit-gabbrolardagi ilg’menit-titanomagnetit

12-18

Kusinsk, Kachkanar, Medvedovsk (Ural), Bushvelg’d (J.Afrika)

Gabbro-anortozitdagi ilg’menit-magnetit

7-20

Tegoaus (AqSH), Telness (Norvegiya)

Anortozitdagi ilg’menit-gematit

20-25

Lak-Tio, Pg’yuidjelan
(Kanada)

Kusinsk koni (J.Ural) gabbrolar orasida mahdan ikkita bo’lakka bo’linadi. Ularning uzunligi 2-3 km ni, qalinligi o’rtacha 3 m ni tashkil etadi. Mahdan tarkibida magnetit 60-70%, ilg’menit-20-30%. Lak-Tio (Kanada) anortozitlar oralarida linzasimon va uyasimon ko’rinishda joylashgan bo’lib, maydoni 2,5x1,5 km atrofida. Ushbu konga xos xususiyatlardan biri-mahdanlarning intruziv jinslarda bir tekis tarqalganligi ushbu konning tektonik sharoitda yuzaga kelganligini ko’rsatadi. Bu konni xosil qilgan peridotit-gabbro formatsiyalarida kristallanish differentsiyasi oqibatida intruzivning pastki qismi dunit, peridotit, yuqori tomoni gabbro, anortozit orqali qizil granitlarga o’tadi. Mahdan anortozitlar oralarida joylashgan ilg’menit tarkibida TiO2-25-32%, Fe2O3-40-45%. Ushbu elementlarning zaxirasi 120-150 mln. tonnani tashkil etadi. Peridotit-gabbro formatsiyalari bilan bog’liq bo’lgan ilg’menit-titanomagnetit konlarida mahdan-larning tarqalishi xol-xol (xoldor), ayrimda uyasimon, bahzan tomirsimon shakllarda uchraydi. Ilg’menit, magnetitlardan tashqari pirit, xalg’kopirit, pirrotin uchraydi. Mahdan minerallarning silikat minerallardan keyin xosil bo’lganligini ko’rsatadigan belgi sideronitli tuzilish (struktura) xosil qiladi, yahni piroksen va plagioklazlarning oralarida yuqorida ko’rsatilgan mahdan minerallar tsement vazifasini bajaradi.



Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling