Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xromshpinelid
Olivin-xromit-platina minerallar guruxi. Bu gurux minerallar o’ta asos jinslar bilan, ayniqsa dunit-gartsburgit formatsiyalari bilan uzviy bog’liq. O’ta asos jinslar tabiatda kam tarqalgan bo’lib, barcha magmatik jinslarning 0,4% ni tashkil etadi. Bulardan kengroq tarqalganlari-peridotitlar. Ularning egallagan maydoni dunitga nisbatan 40 barobar ko’proq. Dunit-gartsburgit formatsiyalarni tashkil qiladigan jinslar orasida joylashgan xromit uyumlari xolsimon, uyasimon shakllarda bo’ladi. Ushbu xromit mahdan konining mansub minerallaridan biri-xromshpinelidlar-(Mg,Fe) (Cr,AI, Fe)2O4. bunday konlarga aloqador dunit-gartsburgitli formatsiya orogen o’lkalarda bahzan orogen va platformalarning tutashgan joylarida yuzaga keladi. Bu formatsiyalarning egallagan maydonlari 1-50 km2 gacha bo’ladi.
Platforma o’lkalarda yanada kattaroq maydonlarni egallaydi. Xromit konlarini yuzaga keltiruvchi dunit-peridotit formatsiyalarining xar xil davrlarda yuzaga kelgan: Xindistonda-kembriygacha, Uralda-kaledon davri, Eron, Turkiyada-gertsin davrida, xamda Albaniya, Yugoslaviya va boshqalarda alg’p davrida yuzaga kelgan. SHunday xromit konlaridan biri sifatida qozog’iston Respublikasida joylashgan Kampirsoy koni. Intruzivning egallagan maydoni –920 km2 bo’lib, o’rab turgan metamorfik jinslar kembriy davriga mansub. Intruzivni tashkil etgan jins peridotitlardan iborat bo’lib tarkibida (% xisobida): olivin-79,0; rombik piroksen-19,5; xromshpinelidlar-1,5, magmadan keyingi jarayonlarning tahsiri o’zgarib ikkilamchi minerallar: serpentin-68, bastit-7,5, tremolit-3,5, talg’k-2, xlorit-0,5 yuzaga kelgan. Bulardan dastlab forsterit, xromshpinelidlar, keyin rombik piroksen, platinoidlar xosil bo’lgan. Olivin (Fo90-20Fa10-20) dunit va peridotitlarning asosiy qismini tashkil qiladi. U panidiomorf (asli saqlangan) ko’rinishda bo’ladi. Olivinning aksariyat qismi serpentinlashgan. Xromshpinelid-dunit-gartsburgit forma-tsiyalariga mansub mineral. Xromshpinelidlar bahzan olivindan oldin, bahzan undan ozroq keyin yuzaga keladi. Bu guruxga oid minerallarning barchasi tabiatda bir xil sharoitda xosil bo’ladi va ularning tashqi belgilari bir-biriga o’xshab ketadi, shunga ko’ra ularni bir-birlaridan kimyoviy taxlilsiz ajratib bo’lmaydi. Dunit-gartsburgit formatsiyalaridagi xromit minerallari quyidagi asosiy mineral turlaridan iborat: xromit FeCr2O4, magnoxromit-(Mg,Fe)Cr2O4 alyumoxromit-Fe(Cr,AI)2O4, xrompikotit-(Mg,Fe) (Cr,AI)2O4. Bulardan ko’proq uchraydiganlari xromshpinelidlar bo’lib, tarkibdagi xrom oksidning miqdori ancha o’zgaruvchan-18% dan 62% gacha. Xromshpinelidlar deyarli o’taasos jinslar tarkibida tarqoq donalar xolida va shuningdek uya, linza, ustinsimon, shaklli yaxlit uyumlar xolida uchraydi. Bular bilan doimo och yashil serpentin, xromli xlorit, bahzan zumrad yashil rangli granatlar bilan uchraydi. Xromshpinelidlar bilan platina minerallari xam birga uchraydi. Piroksenlarning ushbu formatsiyada ikki turi-rombik (enstatit, gipersten va bronzit) va monoklin (diopsid-gedenbergit qatori) ishtirok etadi. Rombik piroksenlar yaqqol o’zining shaklida uchraydi. Monoklinallar esa ular oralarida yoki chekka qismlarini ishg’ol etadi. Serpentin-olivin xisobiga o’zgarishi natijasida yuzaga keladi va o’z navbatida quyidagi xillar-antigorit va lizarit bahzan tolasimon xrizotil yuzaga keladi. Platinoidlar-poliksen xili tarkibida temir miqdori –5-12% mis-0,5-12%, iridiy-7%, osmiy iridiy-15%. Bundan tashqari iridiyli platina (iridiy miqdori 10-30%) uchraydi. Platina minerallari biroz magnitli xususiyatiga ega. Platinaning minerallari oz miqdorda xromshpinelidlar orasida, aksariyat qismi formatsiyalarga mansub bo’lgan piroksenlardan keyin yuzaga keladi. Ushbu formatsiyalarga mansub bo’lgan platinaning boshqa xillari–misli platina kuprumplatina (Cu-10-12%), nikeli platina (Ni-3-5%) turlari birga xosil bo’ladi. Yuqorida bayon etilgan minerallar bilan birga kam miqdorda oltingugurtning temir, mis, nikelg’ va boshqa birikmalarini uchratish mumkin. Demak, dunit-gartsburgitli formatsiyalari oralarida joylashgan xrom, platina mahdan konlariga mansub minerallardan- olivin (Fo90-95 Fa10-5), xromshpinelidlardan iridiy va osmiyli xillari bo’lishi mumkin. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling