Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


MINERALLARNING TABIATDA XOSIL BO’LISHI


Download 7.25 Mb.
bet131/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

MINERALLARNING TABIATDA XOSIL BO’LISHI
Erning mineralogik modeli
Er po’sti tog’ jinslaridan tuzilgan. Yer po’stining mineralogik tarkibi xar xil. Geofizik mahlumotlar asosida yer qobig’i uch pog’onaga ajratilgan. Yer po’stining yuqori qavati, cho’kindi va metamorfik jinslardan iborat bo’lib, ular xilma-xil minerallardan tashkil topgan. Mahlumki yer po’sti bir necha turlarga (geostrukturalarga) bo’linadi, bulardan keng tarqalganlari va puxta o’rganilganlari qitha yer po’sti xisoblanadi. Okean yer po’sti xaqidagi dalillar xam kengaymoqda. qithalar yer po’stining yuqori qismi-kvarts, karbonat (kalg’tsit va dolomit), qavatli silikatlar-gil minerallari, xlorit, slyudalardan tashkil topgan. Keyingi ikkinchisi granit-gneyslar T.Bart bo’yicha nordon magmatik jinslar tarkibiga mos bo’lib, quyidagi minerallardan tashkil topgan (% xisobida); kaliyli dala shpatlari-31, plagioklaz-29,2, kvarts-12,4, piroksen-12, mahdan minerallari-4,1, biotit-3,8, olivin-2,6, rogovaya obmanka-1,7, muskovit-1,4, apatit-0,6, xlorit va serpentin-0,6, nefelin-0,3, sfen-0,3 va boshqalar. Ushbu qavatda tabiatda uchraydigan minerallarning aksariyat qismi yuzaga keladi. Uchinchi-granulit-bazalg’t qismi tomon, temir va magniyli minerallar turlari ayniqsa piroksen va amfibollar miqdorining ortib borishi aniqlangan. A.E.Ringvud mahlumotlariga ko’ra granulit-bazalg’t mineral tarkibi (% xisobida): rogovaya obmanka-39, piroksen-20,5, plagioklaz-24, granat-9,5 va boshqa minerallar.
Er qobig’ining pastki qismi bo’lgan yuqori mantiya asosan o’taasos jinslar tarkibiga mos bo’lib, quyidagi minerallardan iborat (% xisobida): olivin-57, piroksen-29, granat-14.
Er qobiqlari bo’ylab fizik-kimyoviy sharoitlari xilma-xil, shuning uchun xam qatlam bo’ylab minerallarning turlari va miqdori sezilarli darajada o’zgaruvchan. Yer qobig’ini tashkil qiluvchi minerallar konstitutsiyasida (tarkibiga, tuzilishiga) ko’ra 4 guruxga: gomoatomli, sulg’fidli, kislorodli va silikatli birikmalarga bo’linadi. SHulardan kislorodli barcha mavjud birikmalar minerallarning 75,1% ni tashkil etadi, undan keyin sulg’fid va ularga o’xshashlar (arsenidlar, telluridlar, vismutitlar, antimonitlar va b.lar) kiradi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling