Jadvallar orasidagi bog’lanish
Download 0.64 Mb.
|
Jadvallar orasidagi bog
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Boshqa jadval. 2.Ro’yxat. bilan bog’lash orqali. 1.Boshqa jadval bilan bog’liqlikni o’rnatish.
- (“Almashtirish (tanlash) va munosabat”)
Jadvallar orasidagi bog’lanish. Jadvalga ma`lumotlarni kiritishda ayrim maydonlar qiymati takrorlanadi. Masalan, “Millati”, “Kursi”, “Yashash viloyati” kabi maydon qiymatlari takrorlanadi. Takrorlanuvchi qiymatlarni har safar yozmasdan balki boshqa jadval bilan bog’lash orqali, tanlash orqali qiymatlarni kiritishimiz mumkin. Jadvallarni bir-birlari bilan bog’lash uchun bog’lanayotgan jadvalda kamida 2 ta ustun mavjud bo’lib, birinchi ustun kalit maydon bo’lsa, ikkinchi ustun qiymatlar ro’yxatini saqlaydi. Asosiy jadvalda esa kalit maydonning qiymati saqlanadi. Jadvallarni bir-birlari bilan bog’lash quyidagi afzalliklarga ega: 1. Ma`lumotlar bazasini hajmini ortishidan saqlaydi. Asosiy jadvalda kalit (sonli qiymat) maydon qiymati saqlangani uchun ma`lumot hajmi sezilarli tarzda kamayadi. Masalan, “Andijon” viloyatini saqlashda 7 bayt o’rniga, kalit maydon qiymati saqlangani uchun 1 bayt joy olinadi. 2. Ma`lumotlar bazasini to’liqligi va to’g’ri to’ldirilishini ta`minlaydi. 3. Ma`lumotlar bazasini tuzilishi oson tahlil qilish imkonini beradi. Asosiy jadvalni ikkinchi unga bo’ysunuvchi jadval bilan bog’lash uchun “Podstanovka i otnosheniye” (“Bog’liqlik va aloqadorlik”) tanlaymiz. Bog’liqlik 2 xil usul bilan hosil qilinadi. Bular: 1.Boshqa jadval. 2.Ro’yxat. bilan bog’lash orqali. 1.Boshqa jadval bilan bog’liqlikni o’rnatish. Avval “Millatlar” nomli bo’ysunuvchi jadvalni hosil qilib olamiz. Jadvalimizda 2 ta maydon «MK» -kalit maydon, “Millatlar nomi” -oddiy matnli maydonlarni qo’shamiz. Jadvalni “Millatlar” nomi bilan saqlaymiz. Ma`lumotlarni kiritib, jadvalni to’ldiramiz. Keyingi qadamda “Asosiy” jadvalimizni ochamiz, maydon turini “Podstanovka i otnosheniye” (“Almashtirish (tanlash) va munosabat”) tanlaymiz. “Ma`lumotlar boshqa jadval yoki so’rovdan olinadi” qismini tanlaymiz. Keyingi qadamda bog’lanish uchun “Millatlar” jadvalini tanlaymiz. “Millatlar” jadvalidagi mavjud 2 ta maydonni tanlaymiz. Biror maydon bo’yicha ma`lumotlarni saralashni (o’sish yoki kamayish tartibida) qo’llash imkoni mavjud. Kalit maydonni yashirib, “Millatlar nomi” ustuni kengligini kerakli o’lchamga keltirib olamiz. “Asosiy” jadvalimizga qo’shilayotgan maydon nomini “Millati” deb kiritib “Gotovo” (“Tayyor”) tugmasini bosamiz. “Asosiy” jadvalimizga “Millati” maydoni qo’shiladi. “Asosiy” va “Millatlar” jadvallarini o’zaro bog’lash orqali, talabalar millatini tanlash orqali kiritish imkoni yaratildi. Yuqoridagi amallarni yana bir marotaba takrorlab, “Kurslar” jadvalini hosil qilamiz va “Asosiy” jadval bilan bog’lagan holda, “Asosiy” jadvalda “Kursi” maydonini hosil qilamiz. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling