Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nefelinli sienitlar bilan bog’liq apatit konlarning xosil bo’lishi
Nefelinli sienitlar bilan bog’liq apatit konlarning xosil bo’lishi Ishqorli magmatik jinslar yer yuzida bir tekis tarqalmagan. Ularning eng ko’pi-Markaziy Kola yarim orolida joylashgan. Bu o’lkada 20 dan ortiq intruziv jismlar bo’lib, eng yiriklari Xibin va Lovazer. Ushbu ishqorli intruzivlar bilan dunyodagi eng yirik nefelin-apatit-sfen konlari yuzaga kelgan. Xibin intruzivi Imandra va Umbozer ko’llari oralarida joylashgan. U lakkolit shaklida, ochiq xalqasimon ko’rinishda. Bu massiv proterozoy granito-gneyslarning ichida joylashgan. Xibin intruzivi to’rt xil jinslardan iborat va ularning xosil bo’lishi quyidagi ketma-ketlikka ega: xibinitlar, iyolit-urtit, rischorrit va fayalitlar. Bulardan xibinitlar intruzivning cho’kindi jinslar bilan tutushgan joylarda joylashgan. Uning tarkibi: dala shpatlari-40-45% va rangli minerallar (egirin-avgit, arfvedsonit) 15%. Ikkinchi darajali minerallar-sfen, evdialit, apatit, titanomagnetit. Rischorritlar yirik donador kulrang, bahzan yashil rangli. Unda nefelin miqdori 50% gacha bo’ladi. Ikkinchi darajali mineral-evdialit, sfen, bahzan rinkolit bo’ladi. Apatit va sfen konlarining aksariyat qismi rischorrit va iyolit-urtit oralarida joylashgan. Apatit va sfen konlari zanjirsimon bo’lib, quyidagi aloxida konlardan iborat-Risvumchorr, Yuksior, Kukisvumchor, Kuelg’por. Ushbu konlarni tekshirish natijalaridan mahlumki, apatit konlari urtit-iolitning ustki qismida bo’lib, rischorritlar bilan qoplanadi. Apatit–sfen konlari linzasimon shakllarda uchraydi. Ularning ayrimlari-Kukisvimchorr-Yuksior bir necha linzadan iborat. Ularning uzunligi 4-5 km va qalinligi 200-400 m ni tashkil etadi. Apatit konlarida egirin, titanomagnetit, evdialitlar uchraydi. Apatit miqdori 50-75% ni tashkil etadi. Apatit konlarining yuzaga kelishi to’g’risida fikrlar ko’p. Keyingi maxsus izlanishlarning natijasi bo’yicha Xibin intruzivi ichida joylashgan barcha linzasimon konlar magmatogen yo’l bilan urtit-iyolit formatsiyalari evaziga xosil bo’lgan. Konni tashkil qiluvchi ayrim minerallarning bayoni keltiriladi. Apatit-shakarsimon oq va qumoq-qumoq, bahzan kulrang, yashil, xatto qora. Yashil va qora rangli apatit tanalarida mayda, tolasimon egirin va titanomagnetit joylashadi. Tarkibi bo’yicha ftor-apatit. Ayrimda kalg’tsiy o’rnida strontsiy bo’lishi mumkin. Nefelin-yog’langandek seziladi. U izomet-rik, ayrimda cho’zinchoq apatitlar bilan aralashib yotadi. Nefelin egirin evaziga yashilroq ko’rinadi. Sfen-qo’ng’ir, bahzan qizg’ish, ninasimon, bahzan prizmatik ko’rinishda. Rangining o’zgarishi izomorf qo’shimchalarga bog’liq. Egirin-ninadek ingichka, ayrimda cho’zinchoq prizma xolda uchraydi. Evdialit-malina rangiga o’xshash, cho’zinchoq, bahzan tolasimon. Kalishpat optik xususiyatlariga binoan ortoklaz va miroklinlardan iborat. Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling