Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Magmatik jinslar bilan bog’liq bo’lgan mahdan konlar va ularning mineral guruxlari


Download 7.25 Mb.
bet133/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Magmatik jinslar bilan bog’liq bo’lgan mahdan konlar va ularning mineral guruxlari
Magma bilan uzviy aloqador bo’lgan konlar quydagilar: pirop-olmos, olivin-xromit, olivin-platinoid, ilg’menit-titanomagnetit, xalg’kopirit-pentlandit va nefelin-apatit konlari kiradi. Ushbu mineral uyumlari, guruxlarining qanday yuzaga kelishi xaqidagi fikr mavjud adabiyotlar asosida berildi.

  1. Kimberlit magmasi evaziga yuzaga kelgan pirop-olmos mineral guruxlari.

Ushbu minerallar guruxlarining paydo bo’lishi o’ta asos va asos jinslarning aloxida turi bo’lgan kimberlitlar bilan bog’liq. Kimberlitlar qadimiy platformalarda tektonik xarakatlarning rivojlanishidan yuzaga kelgan. Bunday o’lkalar SHarqiy Sibirg’, Sibirg’, Afrika, Avstraliya, Xindistonda mavjud.
Kimberlitlar voronkasimon vulqon mo’rilarini to’ldiradi. Kimberlit vulqon mo’rilarining diametri bir necha metrdan, bir necha yuzlab metrni, chuqurligi bir necha kilometrgacha bo’lgan jismlar xosil qiladi. Dunyoda eng yiriklaridan Tangang’ikadagi «Ivaudi» vulkan mo’risi diametri 16251070 m bo’lib, yer yuzidan chuqurlashgan sari diametri kichiklashib boradi (o’rtacha 5-6 barobar).
Kimberlit odatda porfirsimon tuzilishda tsementlangan brekchiyalardan iborat. Brekchiyani tashkil etuvchi bo’laklari ona jins: dunit, peridotitlarning jins xosil qiluvchi minerallaridan xamda litosferaning ichki qavatlariga mansub bo’lgan jinslar-eklogit, amfibolit, gneys va kristallashgan slanetslardan tashkil topgan (29-jadval). Brekchiyalarni tashkil etuvchi jinslarni puxta o’rganishdan mahlum bo’lishini kimberlit magmaning mantiyaning yuqori qismidan 100-150 km chuqurlikdan ko’tarilishi xaqida xabar beradi.
Kimberlitlar bilan tutashgan cho’kindi jinslarda kuchli bosim va yuqori xarorat tahsiri mexanik xarakatlarning va gidrotermal eritmalarning tahsiri yaqqol sezilib turadi. Ushbu o’rinda o’ta puxta o’rganilgan Yakutiya (SH.Sibirg’) olmos-pirop konining minerallar guruxining xususiyatlarini ko’ramiz. Yakutiya olmos konining geologik tuzilishda kembriygacha kristallik fundamentining ustki qismi va quyi ordovik jinslarining orasida voronkasimon, yirik aylanasimon, diametri 45-50 metrgacha bo’lgan jismlar, ularning soni 150 dan ortiq. Bularning aksariyat qismida olmos uchraydi. Eng yiriklari: «Mir», «Udachnaya», «Ayxol», «Zarnitsa» va boshqalar. Kimberlit tarkibli jinslar orasida joylashgan voronkasimon trubkalarni xar taraflama o’rganish xamda sunhiy olmos ustida olib borilgan eksperiment natijalari qattiqlik «sultoni»-olmos konlarining katta bosim, yuqori xarorat tahsirida yerning chuqur qismida yuzaga kelgan kemberlit magmaning yer yuziga yaqinroq masofada (100-150 m) portlashi va joylanishi natijasida kemberlit jismlari paydo bo’lishligini ko’rsatadi.
Olivin-1 (Fo90-100Fa10-0)1 kimberlit o’z qiyofasini saqlagan xolda uchraydi. Bahzan dumaloqlashib, qirralari yo’qoladi. Ayrimda pirop, ilg’menit va olmos bilan o’simtalar xosil qiladi. Bu esa ushbu minerallarning deyarli bir vaqtda kristallanishini ko’rsatadi. Kimberlitda ikki xil paydo bo’lgan olivin uchraydi. Bulardan olivin-1 yirik (1-5 sm) porfirsimon, xol-xol donalar xolida bo’ladi. Olivin-II nisbatan maydaroq (1-2 mm) idiomorf shaklida uchraydi. Bularning kimyoviy takibi va optik xususiyatlari bir-birlariga yaqin. Olivin-1 magma ko’tarilishida kristallanib, ancha yo’l o’tish vaqtida yiriklashadi va xarakatlanish oqibatida silliqlanadi. Olivin-II yer yuziga yaqin sharoitda kristallanadi va sharoitlarning tez-tez o’zgarishidan xabar beradi.
Pirop kimberlit jinslariga mansub mineral, uning «mosh» yoki «no’xot»dek (0.1-2-3 sm) kristallari mavjud bo’lib mayda darzliklari serpentin, xlorit va kalg’tsitlar bilan to’ladi. Pirop tanasidagi mayda xromshpinelidlar ninasimon shakllarda bo’ladi. Pirop xar xil: qizil, binafsha rangidek rang-barangligi tarkibidagi xromning miqdoriga bog’liq. Kimberlitlardagi pirop o’z tarkibiga ko’ra-pirop-alg’mandin qatoriga mansub bo’lib, bunda pirop qismi 80-95%, alg’mandin esa 15-20% tashkil etadi.
Olmos. Kimberlitga mansub mineral. U tabiatda o’ta qattiqligi va xar xil shaklli: oktaedr, rombododekaedr, bahzan kub qiyofalarida mavjud. Olmosning oddiy ko’z bilan payqamaydigan xillaridan tortib, to yuz, ming karatli (1 karat-0.2 g) va undan xam yirik kristallari uchraydi. Dunyodagi eng yirik olmos-3106 karatli «Kullinan» 1905 yilda J.Afrikada topilgan.
Olmosning rangi shaffofligi turlicha: rangsiz, shaffof, oq, xavorang. yashil, sarg’ish, jigarrang, qizg’ish, to’q kulrang, bahzan qora. Olmosning ichki tuzilishi uning xosil bo’lish sharoiti xaqida qo’shimcha mahlumot beradi: masalan, yuqori xaroratda yuzaga kelgan olmos-oktaedr qiyofasida, rangsiz bo’ladi, xaroratning sekin-asta pasayishi natijasida uning shakli rombododekaedrdan kub shakliga qarab o’zgaradi va rangi quyuqlashib qora bo’ladi.
Olmosning o’ziga xos xususiyatlaridan biri tarkibidagi azotning miqdori (0,23%). Ushbu miqdor olmosning rangi, shakli va otik xususiyatlari xaqida qo’shimcha mahlumot beradi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling