MAVZU: MINERALLAR TASNIFI
Minerallar fizik – kimyoviy jarayonlar natijasida yer yuzi va ichki qismida vujudga keladi. Xar bir mineral faqat o’ziga xos kristallik tuzilishiga ega bo’lgan aniq tabiiy birikmadan iborat va kimyoviy elementlardan tuzilgan.
Minerallar tasnifini tuzishda asosan kimyoviy ichki tuzilishi printsipiga amal qilinadi. Minerallarning kimyoviy birikmalari turiga qarab sinflarga va guruxlarga ajratiladi. Xullas, mahlum bo’lgan minerallarning xammasi kimyoviy tarkibi va kristall tuzilishiga qarab sinflarga bo’linadi (19-jadvalga qarang).
1. Sof tug’ma elementlar sinfi. Bu elementlar soni 30 dan ortiq, ko’pchilik qismini metallar tashkil etadi. Sof elementlarning yer qobig’idagi miqdori - 0,1%.
Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt, grafit, olmos kiradi.
2. Sulg’fidlar va sulg’fotuzlar sinfi. Bu guruxga kiruvchi 40 dan ortiq metallar oltingugurt, selen, tellur, margimush va surmalar bilan birikmalar xosil qilib, og’irlik miqdori Yer qobig’ining 0,15% ga teng. Bu guruxiga oid minerallarning eng muximlari: xalg’kozin – CuS2, argentit –Ag2S, galenit – ‘bS, sfalerit – ZnS, grinokit – CdS, kinovarg’ – HgS, nikelin – NiS, pentlandit – (Fe Ni)9S8, xalg’kopirit – CuFeS2, auripigment–As2S2, realg’gar –AsS, antimonit–Sb2S3, vismutin –Bi2S3, molitbdenit–MoS2, pirit – FeS2 , kobalg’tin–SoAsS, arsenopirit - FeAsS va boshqalar.
3. Galoid birikmalar sinfiga ftoridlar va xloridlar, bromidlar kiradi. Bularning ko’pchiligi ion bog’lanishli birikmalar xosil qilib, kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda HF, HCl, HBr va HJ kislotalarining tuzlaridan iborat. Bu guruxga mansub minerallar ftoridlar – flyuorit – CaF2 xloridlar – galit- NaCl silg’vin –KCL, kerargirit - AgCL va karnallit - MgClKCL6H2 O
4. Oksidlar sinfi. Kislorod bilan 40 ga yaqin elementlar turli xil birikmalar xosil qiladi. Yer po’stidagi oksidlarning umumiy og’irligi 17% ni tashkil etadi. Bundan 12,0% kremnezyom oksidi, 3,9% temir oksidi va gidroksidi va qolgan qismida alyuminiy, marganets, titan va xrom oksidlari va gidroksidlari tashkil qiladi. Bu guruxga kiradigan minerallar sodda va murakkab oksidlar va gidroksidlar deyiladi. Tabiatda keng tarqalganlariga: kuprit – CuO, korund – Al2O3, gematit – Fe2O3, ilg’menit - FeTiO3, megnetit – FeOFe2O3, shpinelg’ – MgAl2O4, xrizoberill - BeAl2O4, rutil – TiO2, kassiterit - SnO2, prilyuzit - MnO2, uranit, kvarts - SiO2 va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |