5. Karbonatlar sinfiga kiruvchi minerallar tabiatda keng tarqalgan. Bularga kalg’tsit –CaCO3 , magnezit – MgCO3, siderit – FeCO3, smitsonit - ZnCO3, rodoxrozit - MnCO3, tserussit - ‘bCO3, malaxit - Cu2[CO3] (OH)2, azurit - Cu3[CO3]2 (OH)2 suvli karbonatlarga soda - NaCO310 H2O kiradi.
6.Sulg’fatlar sinfiga oid minerallar juda ko’p va xilma xil birikmalar xosil qilsa-da, yer qobig’ida keng tarqalgani kam. Sulg’fatlar: barit – BaSO4, tselestin – SrSO4, anglezit –’bSO4, angidrit-CaSO4, gips - CaSO42H2O, mirabilit - Na SO410 H2O va boshqalar.
7. Silikatlar sinfiga juda ko’p minerallar kiradi. Bizga mahlum minerallarning 1G’3 qismini tashkil etadi. Bu guruxga kiruvchi minerallar barcha tog’ jinslarining asosiy qismini tashkil etadi va jins xosil qiluvchi minerallar deb ataladi. SHuning uchun xam ular sinchkovlik bilan batafsil o’rganilgan.
Rentgen yordami bilan o’tkazilgan tekshirishlar (kristallokimyoviy kuzatishlar) tufayli silikatlarning ichki tuzilishi ularning kimyoviy tarkibi bilan uzviy bog’liqdir, shu bilan birga minerallarning muxim fizik xususiyatlarini, xatto mahlum darajada genezisini (xosil bo’lishini) aks ettira oladi.
Silikatlarning tuzilishini rentgenoskopik yo’l bilan tekshirish natijasida ular quyidagi sinflarga bo’linadi: orolsimon, zanjirsimon, lentasimon, varaqsimon va karkassimon silikatlar.
Bu gurux minerallarining soni 80 dan ortiq. Bulardan 30 tasi metallar va ularni bahzan asl elementlar xam deyiladi. Mendeleev jadvalining oxirida joylashgan inert gazlari – He, Ne, Ar, Xe va Rn xam ushbu guruxga kiradi. Yer po’stida sof tug’ma elementlarning umumiy miqdori 0,1% ni tashkil etadi. Bu miqdorning 0,04% azot va 0,01-0,02% kislorod tashkil etadi. Sof tug’ma elementlarga platinoid va temir guruxi minerallari xam kiradi. Ximiyaviy jadvalning o’ng qismida joylashgan margimush, surg’ma va vismut minerallari boshqalariga nisbatan kengroq tarqalgan.
Sof tug’ma elementlarning kristall strukturasi juda xilma-xil. Atomlari orasidagi bog’lanish o’ta kuchli.
Ushbu guruxga kiradigan metallar elektrni va issiqlikni yaxshi o’tkazadi. Yana bir xususiyatlari ularni jilolaganda yuzasi kuchli yaltiraydi va yuqori darajada nur qaytarish xususiyatga ega bo’ladi. Bu guruxga kirgan platinoidlar va oltinlarning solishtirma og’irligi barcha mahlum minerallar solishtirma og’irligidan juda katta. Bu guruxga kiruvchi metallarning yana bir xususiyati ularning pachaqlanuvchiligi va egiluvchanligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |