Mis – Cu. U kimyoviy jixatdan sof xolda bo’ladi, bahzan tarkibida aralashma xolda – Ag, Au va Fe uchraydi. Masalan: oltinli misda Au – 2-3%, vitneit mineralida Au miqdori 11,6% gacha, kumush esa mis tarkibida 3-4 dan 8% gacha bo’ladi. Ayrim xollarda katta miqdorda rux bo’lishi mumkin. Mis kubik singoniyali bo’lib kristallarining to’g’ri qiyofadagi turlari kam uchraydi (2-rasm).
Mis–tog’ jinslarining darzlik va yoriqlarida ko’pincha noto’g’ri shaklda dendritlar bahzan plastinkachalar xolida bo’ladi. Bahzi konlarda yirik, og’irligi bir necha tonnaga teng bo’lgan uyumlari (Amerikaning «Yuqori ko’l» viloyatida) topilgan. Sof xolda misning og’irligi 1000 tonna atrofidagi bo’lagi Rossiyaning Yekaterinburg viloyatidagi Gumejevskiy konida topilgan.
2-rasm. Misning kristall strukturalari
Misning rangi qizil. Metall kabi yaltiroq, qattiqligi 2,5-3, yaxshi egiluvchanlik xususiyatiga ega. Sinishi ilgakli, ulanish tekisligi yo’q. Solishtirma og’irligi 8,5-8,9, u elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Ushbu xususiyatlari bilan boshqa minerallardan farqlanadi. Mis HNO3 kislotada oson eriydi, HCl da qiyinlik bilan erib, mis xlorni yuzaga keltiradi. Sof mis turli geologik jarayonlarda yuzaga keladi, ammo ko’p miqdorda gidrotermal va ekzogen sharoitida paydo bo’ladi. Sof misning yuzaga kelishiga misol qilib Amerikaning Michigan shtatidagi «Yuqori ko’l» konini ko’rsatish mumkin. Gidrotermal sharoitda sof misning paydo bo’lishi quyidagicha ifodalanadi.
2FeCl2qCuCl2q3H2OqCuqFe2O3qHCl
Bahzan sof mis o’zgargan asosli intruziv jinslarning oralarida uchraydi. Ularning bu joyda mavjudligi xalg’kopirit va boshqa sulg’fidli birikmalarning parchalanishi tufayli yuzaga kelgan. Bunga misol Uraldagi Turg’insk va qozog’istondagi qalmoq tosh konlari:
Cu2Sq2O2qCuSO4qCu
CuOqCq2CuqCO2
Cu2OqH2SO4qCuSO4qH2OqCu
Ushbu tenglamadagi sof misning yuzaga kelishini sulg’fid konlarining oksidlanish zonasining ostki qismida joylashadi. U kuprit Cu2O, malaxit–Cu2(CO3)2·nH2O, bahzan xalg’kozin –Cu2S va boshqa minerallar bilan birgalikda uchrashi aniqlangan. Mis metall sifatida – elektrotexnikada, mashinasozlikda, xar xil asbob-uskunalar, tanga pul idishlar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |