Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet85/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Oltin – Au. Tabiatda oltin toza xolda uchraydi– 98-99%, bahzan aralashmada 65-75% atrofida. Oltin tarkibida kumush 30%, mis esa 9,2% bahzan 20% bo’lsa – kuproaurit deyiladi.
Oltinning kub singoniyadagi xili tabiatda kam tarqalgan. Bahzan oktaedr, rombododekaedr qiyofasida uchraydi. Rangi – tilla sariq (kumushga boyi och sariq). Oltin odatda yaltiroq metall, qattiqligi 2,5-3. Oltin egiluvchan va cho’ziluvchan. U osonlik bilan pachoqlanib yupqa varaqchalarga aylanadi.
Tabiatda oltin yupqa – dispers xolda bo’ladi. Oltinning bir oz qismi sulg’fid minerallarida pirit, xalg’kopirit va arsenopiritlarda joylashadi. Oltinning yirik kristallari mavjud, ammo kam uchraydi. CHilida sochma cho’kindi jinslar oralarida 153 kg sof oltin topilgan. Avstraliyada (Uelg’sda) 93,5 kg, Rossiyaning CHelyabinsk viloyatida (Mias) 36,0 kg og’irlikdagi oltin topilgan. Oltin kislotalarda erimaydi (faqat KCN da eriydi).
O’taasos magmatik tog’ jinslarda oltinning miqdori boshqa magmatik jinslarga nisbatan 10 barobar ko’p (3·10-6%) bo’ladi, ammo oltinning aksariyat konlari nordon magmaning gidrotermal maxsulidan paydo bo’ladi. Masalan, Zarmiton (SH.Nurota) va Muruntov (qizilqum) oltin konlari shu xolda yuzaga kelgan. Oltin kvarts tomirlarida va bahzan shtokverk shakllarida sulg’fid minerallari, telluridlar, sheelitlar bilan birga uchraydi (3-rasm).



3-rasm. Sof oltin.


O’rta va pastxaroratli mayda dispersli oltin konlari esa asos, o’rta va nordon vulkan jinslari bilan genetik bog’liqligi aniqlangan. Masalan, Baley, CHelyabinsk, Rossiya, Akenobe i Ikuno Yaponiya. Oltin konlari mayda zarrachali oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan oltin sulg’fid minerallarida o’simta ravishda va kvarts tomirlarida yuzaga keladi.


Gidrotermal jarayonlarda yuzaga kelgan sulg’fid-oltin konlarining oksidlanish zonasida limonit, azurit, qo’rg’oshin, vismut, surma oxiralari bilan birga assotsiatsiyada qayta yuzaga kelgan maxsulot sifatida uchraydi. Oltin asosan pul va valyuta sifatida xamda bezak ishlarida, zebi-ziynat buyumlarini tayyorlashda, meditsinada, fizik va ximik asboblar tayyorlashda va boshqa ko’plab maqsadlarda qo’llaniladi.
Platina – ‘t guruxi minerallari. Sof tug’ma platina guruxiga mansub minerallar xilma-xil, ular platina, iridiy, osmiy, palladiy, rodiy va boshqalar. Platina guruxi minerallari orasida poliksen va palladiyli platinalar yer po’stida keng tarqalgan (20-jadval).

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling