Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet87/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Uglerod guruxi minerallari


Bu guruxga olmos va grafit kiradi. Ular bir-birlaridan fizik xususiyatlari bilan keskin farq qiladi.
Olmos – S. Nomi grekcha – «adamas» yengilmas degan mahnoni anglatadi. U tabiatda o’ta qattiqligi va turli shakli: oktaedr, rombododekaedr va kub qiyofalarida mavjud (4-rasm). Olmosning oddiy ko’z bilan payqamaydigan xillaridan tortib, to yuz va ming karatli (1 karat – 0,2 g) va undan xam yirik kristallari uchraydi. Dunyodagi eng yirik olmos kristali – 3106 karatli «kullinan», 1905 yilda J.Afrikada topilgan (21-jadval).


Dunyodagi yirik olmos kristallari xaqida mahlumotlar (V.A.Milashev bo’yicha).
21-jadval

Yirik olmos nomi

Og’irligi (karat xisobida)

Topilgan joyi va yili

Kullinan

3106

J.Afrika, 1905

Ekstselg’sior

971,5

J.Afrika, 1983

Sg’erra Leone yulduzi

968,9

G’.Afrika, 1972

Buyuk Mogol

787

Xindiston XVII asr

Prezident Vargas

726,6

Braziliya, 1938

Nizomii

440

Xindiston, 1935

Viktoriya

428,5

J.Afrika, 1880

Toji-Maxal

146

Xindiston

SHox Akbar

119

Xindiston, 1918

Olmosning rangi, shaffofligi turlicha: rangsiz, shaffof, oq, xavorang, yashil, sarg’ish, jigarrang, qizg’ish, to’q kulrang, bahzan qora. Olmosning ichki tuzilishi uning xosil bo’lish sharoiti xaqida qo’shimcha mahlumot beradi. Masalan, yuqori xaroratda yuzaga kelgan olmos – oktaedr qiyofasida, rangsiz bo’ladi, xaroratning asta-sekin pasayishi natijasida uning shakli rombododekaedrdan kub shakliga qarab o’zgaradi va rangi quyuqlashib qora bo’ladi. Olmosning qattiqligi 10. Mutloq qattiqligi kvarts qattiqligidan ming marta, korund qattiqligidan 150 marta ortiq. Olmos mo’rt bo’lib, ulanish tekisligi (III) bo’yicha o’rtacha mukammal. Solishtirma og’irligi – 3,4-3,5, kuchsiz elektr o’tkazuvchan. Tabiatda olmosning o’ta sifatli, chiroyli xillari bilan birga yomon xillari uchraydi: 1)Bort shaklsiz, darzliklardan tashkil topgan, mayda qo’shimtalarga boy. 2)Ballas – shulasimon, sharsimon mayda zarrali turi. 3)Karbonado – zich kristalli, qora rangli bahzan mayin, g’ovak donali agregatlardan iborat.



4-rasm. Olmos.


Olmosning tub konlari genetik jixatdan alg’pinotipli–o’taasos jinslar–dunit, kimber-lit va peridotitli magmatik jinslar bilan uzviy bog’liq. Dunyodagi eng yirik konlari kimberlitli magmaning yer yuziga yaqinlashgandagi kuchli portlashi natijasida sodir bo’ladi (J.Afrika, Tanzaniya, Zoir, Angola, Botsvana va boshqalar). Bularda olmos, olivin, xromshpinelid, xromdiopsid, pirop, ilg’menitlar bilan birga uchraydi va ular olmos uchun mansub mineral xisoblanib, olmos to’g’risida qo’shimcha xabar beradi. Ehtiborli tomoni kimberlitlardagi eklogit ksenolitlardagi olmosning uchrashi, olmos kristallariga qo’shilib ketgan minerallardan granat, xromga to’yingan piroksen (enstatit), olivinlar olmos konini izlashda darakchi xisoblanadi.
Laboratoriya usulida olingan eksperimentlarning natijasiga binoan olmos konlari yuqori mantiyaning 100-200 km chuqurlikda yuqori bosim 5-9 KB, kuchli xarorat 1470-1970oda kimberlitli va eklogitli magmalarning kristallanishidan xosil bo’ladi. Bulardan tashqari ayrim olmos donalari serpentinitlashgan gartsburgitlarda va lertsolitlarda (Rossiyaning Karyak tog’larida xamda Kamchatkadagi dunit-piroksen formatsiyalarida aniqlangan. Xozirgi vaqtda laboratoriya usulida sunhiy olmos olish bo’yicha yaxshi natijalarga erishilmoqda.
1953 yili shved mutaxassislari birinchi marta sunhiy olmosni laboratoriyada 3270oli xaroratda va 10 KB bosimda olishga muvofiq bo’lishgan. Keyingi yillarda ko’p mamlakatlar sunhiy olmos olishni tezlashtirdi va oqibatda olmos olish uchun xarorat 1470-1770o atrofidaligi aniqlandi. Sunhiy olmos olishda grafit ishlatilmasdan oddiy ko’mirdan foydalanishgan. Olmosning aksariyat qismi cho’kindi – sochma jinslardan ajratib olinadi – Zoir, Angola, Sg’erra Leoneda mamlakatlari misolida. Dunyo bo’yicha qazib olinadigan olmosning 75-95% sochma konlar xisobidan olinmoqda. Olmosning mutloq shaffof xili qimmatbaxo – brilliantlar tayyorlashda ishlatiladi. Texnik maqsadlarda esa olmosning mayda xillari va sifati zaiflari ishlatib kelinmoqda.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling