Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet90/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Oltingugurt - S. Ko’pincha toza xolda bo’ladi, ammo bahzan– gil, yoki organik moddalar, neft tomchilari, gaz va boshqalar bilan mexanik aralashma xolda bo’ladi. Ayrimda oltingugurt tarkibida 5% selen bo’lishi mumkin. Rombik singoniyali, ayrimda rombodipiramidal shakllarda uchraydi. Oltingugurt yaxlit, tuproqsimon massalar xolda topiladi. Buyraksimon, oqiq - tomma shakllarda bo’ladi. Rangi –to’q sariq, limon-sariq, asal-sariq, sariq, kulrang-sariq, qo’ng’ir va qora. Kristallari olmosdek, bahzan yog’langandek yaltiraydi. Toza kristali nurni yaxshi o’tkazadi. Oltingugurtning qattiqligi – 1-2, ancha mo’rt, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og’irligi 2,05-2,08. U elektr va issiqlikni yomon o’tkazadi (yaxshi izolyator). Oltingugurtni boshqa o’ziga o’xshash minerallardan ajratish belgilari – rangi, kichik qattiqligi, mo’rtligi yaltirashi va boshqalar.
Sof tug’ma oltingugurt yer po’stining ustki qismida joylashgan. Oltingugurt turli yo’llar bilan yuzaga keladi: 1) vulqon xarakatida qator gazlar bilan oltingugurt xavoga uchadi, bahzilari vulqon mo’rilari, jins yoriqlarida yopishib qotadi. Xozirgi vaqtda vulqonli mamlakatlarda Rossiya (Kamchatka, Kuril orollari), Yaponiya, Italiyaning vulqonlar uchraydigan joylarida solfator manbalarida erigan xolda chiqadi va soylar va jarliklarda oqimlar ko’rinishida qotadi; 2) mahdan konlari oksidlanish zonalarining ostki qismida sulg’fidlarning, ayniqsa, piritning parchalanishidan paydo bo’ladi; 3) cho’kindi gips qatlamlarining parchalanishidan xam xosil bo’ladi.
Oltingugurt sanoatning turli tarmoqlarida zarur element xisoblanadi. U turli kislotalar tayyorlashda rezina, bo’yoq, gugurt, mushaklar va ayniqsa qishloq xo’jaligi zarar- kunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.

Oltingugurtli va shunga o’xshash birikmalar yer po’stida keng tarqalgan birikmalar xisoblanadi. Bu gurux minerallari ximiyaviy birikmalarning turlariga qarab – oltingugurtli, selenli, tellurli, margimushli va surmali turlarga bo’linadi. Ushbu gurux minerallari sanoatda juda katta axamiyatga ega va turli xil konlar xosil qiladi. Oltingugurt bilan birikma xosil qiluvchi minerallar soni 40 ortiq va ularning aksariyati metall xisoblanadi.


Rentgenometrik mahlumotlariga binoan sulg’fidlar va shunga o’xshash birikmalarni ion birikmalar qatoriga va ikkinchidan sof tug’ma elementlar qatoriga qo’shish mumkin. qutblanish xodisasi kristall strukturalarda qarama-qarshi zaryadlangan qo’shni ionlar elektronlarini qisman birlashishga olib keladi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling