Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet98/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Kuprit –Cu2O. Mineral nomi yunoncha «kuprum» – mis so’zidan kelib chiqqan. Tarkibida mis miqdori – 88,8% ni tashkil etadi. Kubik singoniyali. Odatda donador bahzan xolsimon xillarda uchraydi. Rangi qizil, metall kabi yaltiraydi. Kupritning qattiqligi 3,5-4, solishtirma og’irligi 5,8-6,2. Ulanish tekisligi kub bo’yicha mukammal. Kupritga xos xususiyatlarga olmosdek yaltirashi, qizil rangi. U misning gipergen zonalarida keng tarqalgan bo’lib, bornit, xalg’kozin, kovellin, aynama mahdan (bleklaya ruda) lar bilan birga uchraydi.
Korund – Al2O3. Tarkibida Al – 52,91% va O – 47,09%, aralashma sifatida birozgina xrom bo’lsa rangi qizil tusli, Fe3jigar rang, Mn – pushti, Ti – aralashsa ko’k va Fe qora ranglarda bo’ladi. Korund trigonal singoniyali bo’lib, odatda kristallari to’g’ri tuzilgan ustunsimon, bochkasimon, piramidal ko’rinishlarda uchraydi. Uning rangi ko’kish, sarg’ish-kulrang, bahzan shaffof bo’ladi. Korundning turli rangli - qimmatbaxo xillari xam uchraydi. Ko’k sapfir va qizil rubin. U shisha kabi yaltiraydi. qattiqligi – 9, solishtirma og’irligi – 3,95-4,0, ulanish tekisligi yo’q. Korund odatda glinozemga boy, kremnezemi kam intruziv jinslarda sienit, anortozitlarda uchraydi, xamda kontakt metasomatik jarayonlarda xam yuzaga keladi, kengroq miqdorda regional-metamorfizm natijasida yuzaga kelgan jinslarda xosil bo’ladi.
Gematit – FeO3. Nomi – «gematikos»: rangi qonga o’xshash. Tarkibida Fe – 70%, O – 30%, kam miqdorda Ti bilan Mg ishtirok etadi. U trigonal singoniyali bo’lib, plastinkasimon, romboedrik, bahzan kichik taxtachasimon kristallar xolida uchraydi. Bulardan tashqari zich yaxlit massalar xolida, varaq-varaq agregatlarga o’xshash ko’rinishlarda bo’ladi. Gematit rangi – kulrang, qora. Uning chizig’i olchadek qizil, shaffof, bahzan yarim metall kabi yaltiraydi. Gematitning qattiqligi – 5,5-6,0, solishtirma og’irligi – 5,2, ancha mo’rt bo’ladi. U HCl da sekin eriydi.
Gematit asos, o’rta va nordon intruziv jinslarda paydo bo’ladi, bahzan gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Regional metamorfizm xosilasi kristallik slanetslarda va kontaktli metamorfik jinslarda ko’p uchraydi.
Gematit temir olishda asosiy sanoatbop xom-ashyo xisoblanadi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling