Kassiterit – SnO2. Yunoncha «kassiteris» - qalayi demakdir. Tarkibida – Sn – 78,8%, aralashma xolda Nb, Ta, Ti uchraydi. U tetragon singoniyali. Kassiterit kristallari keng tarqalgan, ular mayda, bahzan 10 sm gacha yiriklarini uchratish mumkin. Uning rangi – to’q qo’ng’ir, bahzan qora smolaga o’xshash. U olmos kabi yaltiraydi. qattiqligi – 6-7, solishtirma og’irligi – 6,8-7,0, mo’rt mineral. Kassiterit genetik jixatdan nordon intruziv jinslar bilan uzviy bog’liq. Kassiterit kontakt-metasomatik sulg’fid konlarida paydo bo’ladi, bundan tashqari gidrotermal sharoitda kvarts-kassiterit va sulg’fid-kassiterit formatsiyali yirik konlarini xosil qiladi. Kassiterit mahdanlari qalayi olinadigan birdan-bir xom ashyo xisoblanadi.
Pirolyuzit – MnO2. Tarkibida – Mn – 63,2% bo’ladi. Tetragonal singoniyali, yashirin kristallangan, kukunsimon, qurumsimon, buyraksimon agregatlar ko’rinishida uchraydi. Rangi qora, u metallarga xos ko’kimtir tusda tovlanadi. Pirolyuzitning qattiqligi – 5-6, solishtirma og’irligi – 4,7-5,0. U HCl da eriydi va xlor ajralib chiqadi. Pirolyuzit – nurash jarayonidan xosil bo’ladi. Konlari CHiaturi – Gruziyada, Rossiyada, Xindistonda, Ganada, Braziliyada va Janubiy Afrikada mavjud.
Uraninit – UO2. Mineral nomi tarkibiga qarab berilgan. Uraninitning uranga boy xilini – Norvegiyali ximik – B.V.Breyogger (1851-1940) sharafiga breyoggerit, kam tarqoq elenmentlarga boy xilini shvetsiyali P.T.Kleva (1840-1905) nomiga kleveit deb atalgan. Uraninit kubik singoniyali oktaedr va rombik dodekaedr qiyofalarda bo’ladi xamda buyraksimon, oqiq shakllarda uchratish mumkin. Uning rangi qora, bahzan rangsiz binafsha xolda tovlanadi va yarim metall kabi yaltiraydi, odatda smolaga o’xshash qora. qattiqligi – 5-6, solishtirma og’irligi – 10-10,6. U kuchli radioaktiv metall. Uraninitning yirik uyumlari ishqorli va nordon jinslarning pegmatitlarida aniqlangan. Ularda toriy va kam tarqalgan elementlarning minerali – stryuverit, fergyusanit, blamstrandin va boshqalar bilan bir paragenezisda yuzaga keladi.
Uraninitning konlari gidrotermal jarayonlarda paydo bo’ladi. Bulardan tashqari ekzogen sharoitlarda xosil bo’lgan yirik konlarini uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |