Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet101/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Ilg’menit – FeTiO3. Tarkibida Fe – 36,8%, Ti – 31,6%, O – 31,6%. Nomi Uraldagi Ilg’men tog’i nomlaridan olingan. U trigonal singoniyali bo’lib tabiatda yo’g’on ustunsimon, plastinkasimon ko’rinishda paydo bo’ladi. Ilg’menit – temir kabi qora, bahzan po’latga o’xshash kul rang, yarim metall kabi yaltiraydi, qattiqligi – 5-6, solishtirma og’irligi – 4,7, kuchsiz magnitlik xususiyatga ega. Ilg’menit titan olishda asosiy mineral xisoblanadi. Ilg’menitlar asos intruziv jins-gabbroidlar bilan uzviy genetik bog’liq. Bunda ilg’menit, magnetit, apatitlar bilan birga uchraydi.
Kimberlitlarda esa ilg’menit-pirop, xromshpinelidlar bilan birgalikda yuzaga keladi. Magmatik jinslarda ilg’menit tabletkasimon, bahzan oltiburchakli shakllarda uchrasa, metamorfik jinslarda esa oddiy shaklda – psevdooktaedr ko’rinishda bo’ladi. Mavjud mahlumotlardan mahlumki ilg’menit qiyofasi uning ximiyaviy tarkibi bilan uzviy bog’liq.
Jadvalda ko’rish mumkin, ilg’menitning ximiyaviy tarkibi turli magmatik jinslarda sezilarli darajada farqlanadi.
Magnetit – FeoFe2O3. Magnetit tarkibida 72,4% temir bo’ladi. Magnetit tarkibida TiO2 bir necha foiz bo’lsa – titanomagnetit deyiladi, agar bir necha foiz xrom bo’lsa, unda xrommagnetit deb ataladi. U kubik singoniyali bo’lib, tabiatda oktaedrik, rombo-dodekaedrik qiyofalarda bo’ladi. Magnetitning rangi qora, yarim metall kabi yaltiraydi. qattiqligi 5,5-6, solishtirma og’irligi – 4,9-5,2. Kub bo’yicha ulanish tekisligi mukammal. Kuchli ravishda magnit tortish xususiyatlariga ega, ammo uni 580oga yaqin xaroratda qizdirganda magnit tortish xususiyati to’satdan yo’qoladi, sovuganda yana magnit tortadigan bo’lib qoladi. Magnetit turli jinslarda uchraydi va magmatik jinslarda xol-xol donador shakllarda bo’ladi. Magnetit pegmatitlarda xam paydo bo’ladi, ammo yirik uyumlari yuzaga kelmaydi. Kontakt metasomatik jarayonlarda magnetit yirik konlar xosil qiladi va piroksen, granat, amfibollar va sulg’fid minerallari bilan birga uchraydi. Dunyodagi mashxur konlar (Rossiya, Ukraina, Kanada, Xindiston) regional metamorfizmda paydo bo’ladi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling