Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija
Download 7.25 Mb.
|
78 Геология мажмуа 2012 tay
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grinokit – CdS.
- Real’gar – AsS
Sfalerit – ZnS. Nomi yunoncha «Sfaleros» - aldamchi degan manoni bildiradi. Tabiatda birnecha xillari mavjud: Kleyofon – oq rangli (deyarli aralashmalari yo’q), marmatit - qora rangli (temirga boy). Poshibramit (kadmiyga boy). Ularning tarkibida Zn – 67,1%, S – 32,9%. Aralashma sifatida – Fe – 20%, Mn – 8%, Cd – 2,5-9,2%, Cu– 2,5% gacha. Sfalerit kubik singoniyada kristallanadi. Yaxshi shakllari kam uchraydi, ammo bahzi bo’shliqlarda yuzaga kelib to’g’ri tetraedr qiyofasida uchraydi. Yaxlit donali kristallaridan iborat ulanish tekisligi yaxlit ko’rinib turadi. Bahzan kristallarning yiriklari xam uchraydi. Rossiyaning CHita viloyatidagi Klichkin konida sfaleritning 10 sm kristali bo’lsa, AqSHning Jopein konida 1 t og’irlikda tetraedr va rombododekaedr ko’rinishida topilgan. Rangi qora yoki jigarrang olmos kabi yaltiraydi. qattiqligi 3-4, ancha mo’rt, u elektr o’tkazmaydi. Suyultirilgan HNO3 da eriydi va oltingugurt ajralib chiqadi. Sfalerit ko’pincha galenit va mis sulg’fidlari bilan birga uchraydi.
Sfalerit ekzogen sharoitida deyarli yuzaga kelmaydi. Olinadigan ruxning qariyb yarimi polimetall konlardan olinib, ushbu konlarda sfaleritning miqdori galenitnikidan yuqori bo’ladi. Sfalerit rux olish uchun asosiy manba, ammo qo’shimcha ravishda kadmiy va galliy elementlari ajratib olinadi. Grinokit – CdS. Kadmiy aldamchisi deyiladi va kamdan-kam uchraydi. Tarkibida – 77% kadmiy bor. Geksagonal singoniyada kristallanadi va bochkaga o’xshash yoki o’tkir piramida shakllarida bo’ladi. Bahzan kukun, gard, tuproqsimon xolatlarda topiladi. Uning rangi sariq, qizg’ish-sariq, to’q qizg’ish-sariq, yaltirashi olmosdek, qattiqligi 3-3,5. U mo’rt mineral, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og’irligi – 4,9-5,0. U kislotalarda eriyotganda H2S xidini chiqaradi. Kadmiyning salmoqli konlari yo’q. Grinokit polimetall konlarning oksidlanish zonalarida aniqlangan, bular - qizil-Espe (qozog’iston), (Sibilevsk koni J.Ural), Arshibram koni CHexoslovakiya, Pensilg’vaniya (AqSH). Real’gar – AsS tarkibida As – 70% va S – 29,2% bo’ladi. Nomi arab so’zidan olingan realg’gar – «shaxta changi» mahnosini anglatadi. U monoklin singoniyali. Kristall tuzilishi prizmatik xolda uchraydi. Odatda prizmaning cho’zinchoq o’qi bo’yicha chiziqchalar bilan qoplanadi, bahzan donador agregatlar, bahzan gard, po’st va tuproqsimon massalar xosil qiladi. Realg’garning rangi sarg’ish-qizil, bahzan to’q qizil, u yarim shaffov, olmosdek yaltiraydi. Realg’gar qattiqligi 1,5-2, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og’irligi 3,4-3,6. Realg’gar vaqt o’tishi bilan sarg’ish-qizil kukunga aylanadi. Elektr toki o’tkazmaydi. Tabiatda realg’gar xar doim auripigment bilan birga uchraydi. Realg’gar konlarida uning yirik kristallari 1-2 sm kattalikda uchraydi (Luxumsk koni – Gruziya). Download 7.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling