Geometrik орtiка L. Yorug'likning qaytish qonuni


Sochuvchi linzada tasvir hosil qilish


Download 263.53 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi263.53 Kb.
#1597874
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Geometrik îðtiêà L. Yorug\'likning qaytish qonuni

Sochuvchi linzada tasvir hosil qilish. Sochuvchi linzada ham linzaga nisbatan buyumning joylashishida yuqorida sanab o'tilganidek turli hollar bo'lishi mumkin. Biroq sochuvchi linzalarda buyum unga nisbatan qayerda joylashsa ham tasvir mavhum, to'g'ri va kichiklashgan bo'ladi. Sochuvchi linzada tasvir doimo linza bilan uning fokusi oralig’ida hosil bo’ladi: (2-rasm). Sochuvchi linzada haqiqiy tasvir hosil qilish uchun linza, sindirish ko’rsatkichi linza materialining sindirish ko’rsatkichidan katta bo’lgan muhitga joylashtirilishi kerak bo’ladi.
6. Optik asboblar
Optik asboblarni ikki turga ajratish mumkin. Birnchi turdagi asboblardan buyum tasvirini ekrandda ko'rish yoki uni fotoplastinkaga tushirish kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday optik asboblarga proeksiyon apparat, fotoapparat kiradi.
Ikkinchi tur asboblar bevosita inson ko'ziga yordamchi bo'lib, ular buyum tasvirini yaqinroq, aniqroq, kattalashtirib ko'rsatishda xizmat qiladi. Bu asboblar lupa, mikroskop, teleskoplardan iborat. Quyida optik asboblardan ba'zilarining tuzilishi va vazifasi bilan qisqacha tanishamiz.
Praeksion apparat. 1-rasmda proeksion apparatning tuzilish sxemasi ko'rsatilgan. Proeksion apparatda buyum (rasmda u tog'ri chiziq shaklida berilgan) 0 nuqta ob'ektivning ikkilangan fokus masofasi bilan fokus masofa o'rtasida qo'yiladi. Shu sababli ekranda uning kattalashtirilgan haqiqiy, ammo teskari tasviri hosil bo'ladi.
Agar buyum shaffof bo'lsa, uning orqasiga S yorug’lik manbai qo'yiladi. Aniq tasvir uchun ekranni bir tekis yoritish va yorug’lik oqimini kuchaytirish kerak bo'ladi. Shu maqsadda orqaga ketgan nurlarni qaytarib undan foydalanish uchun manba orqasiga ko'zgu–reflektor qo'yiladi. Bu yorig'lik oqimini oshirishga imkon beradi. Shuningdek, manba va buyum o'rtasiga К linzalar sistemasi-kondensor qo'yiladi. Kondensor o'rni shunday tanlanadiki, u yorug’lik manbai tasvirini ob'ektivda hosil qiladi. Bu bilan buyum tasviri aniq va bir tekis yoritilishga erishiladi. Proeksion apparat yordamida ekranda buyumning kattalashgan tasviri olinadi.

Download 263.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling