Geosiyosiy ta limotlar tarixi
Download 0.76 Mb.
|
Бахшанда
Asosiy tahdidlar
Geografik va etnik omillar tufayli yuzaga kelgan mintaqaviy masalalar O‘zbekiston uchun asosiy xavf hisoblanadi. Sovet davridan beri meros bo‘lib qolgan umumiy muammolar, eski xo‘jalik tizimlari va ulkan ob’ektlarni barpo qilish bo‘yicha rejalar mintaqaviy «nizo sababi» bo‘lib qolmoqda. Afg‘oniston AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketishi oqibatida Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarda yangi fuqarolik urushi xavfi va uning Markaziy Osiyoga ta’siri borasida jiddiy xavotirlar mavjud. Bu muammo birinchi navbatda Afg‘onistonga chegaradosh davlatlar, jumladan O‘zbekistonga ta’sir qiladi. O‘zbekiston hukumatining ta’kidlashicha, AIRdan «AYSAF» chiqib ketganidan so‘ng vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmaydi, aksincha, yanada keskinlashadi. Mazkur omillar terrorchilik tahdidlari va ekstremistik faoliyatning o‘sishini izohlab beradi. Natijada, mintaqadagi davlatlar doimiy tarzda kurash olib borishi zarur bo‘lgan beqarorlik manbai vujudga keladi. Afg‘oniston muammosi bo‘yicha kuchli siyosiy yechimning yo‘qligi vaziyatni murakkablashtirib, ichki kelishuvga erishishga to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekiston an’anaga muvofiq ravishda Afg‘oniston muammosining tarixiy yechimiga nazar tashlashga chaqiradi, chunki ikkala davlat ham azaldan yagona madaniy maydonda yashab kelgan. O‘zbekiston qo‘shni davlat sifatida Afg‘onistonning yangi hukumatiga ko‘mak berish va uning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini tanladi hamda munosabatlarni faqatgina ikki tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozirda O‘zbekiston milliy manfaatlarni hisobga olgan holda, Afg‘oniston bilan aloqalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlamoqda va ular tomonidan rivojlanish bo‘yicha tanlangan yo‘lni hurmat qiladi. Shu tariqa, O‘zbekiston qo‘shnisidagi ichki nizolarga aralashib qolish yoki har qanday harakatlarni qo‘llab-quvvatlash borasida betaraf bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston mazkur mamlakatda tinchlikni va tanazzulga yuz tutgan iqtisodiyotni tiklashga oid turli tashabbuslar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. 2011 yilda ishga tushirilgan «Xayraton-Mazari-Sharif» temir yo‘li liniyasi mintaqaning kelgusi hayotida muhim o‘ringa ega bo‘ldi, chunki ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyo davlatlarining dengiz portlariga chiqishida muhim bo‘g‘im hisoblanadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling