Gerbitsidlar haqida tushuncha
Download 246.5 Kb.
|
Gerbisidlarni qoʻllash usullari va muddatlari
1)Begona o’tlar, (begona o’simliklar )— odamlar ekmaydigan, ammo ekinlar orasida o’sib, ularga zarar yetkazadigan, ma’lum bir maydonda o’sishi maqsadga muvofiq bo’lmagan o’simliklar. Begona o’tlar madaniy o’simliklar hosilini kamaytirib, qishloq xo’jaligiga katta zarar yetkazadi. Jahon miqyosida Begona o’tlar tufayli hosil nobudgarchiligi 20 mlrd. Dollarni yoki umumiy hosilning 14,5% ni, O’zbekistonda paxta va boshqa ekinlar hosilining 15 — 20% ni tashkil etadi. Begona o’tlar kuchli rivojlangan ildiz sistemasi bilan madaniy o’simliklarga nisbatan tuproqdagi oziq modda va namlikdan ko’proqfoydalanadi, ularning rivojlanishi hamda yuqori hosil to’plashiga to’sqinlik qiladi. Yaxshi rivojlangan bir tup g’umay tuproqda 3-4 m2 maydonni eg’allashi mumkin. Parazit Begona o’tlar (zarpechak, shumg’iya) o’ta xavfli bo’lib, oziq moddalarni bevosita madaniy o’simlikning o’zidan so’radi va ularni nobud qiladi.
Begona o’tlar noqulay tuproq-iqlim sharoitlariga bardoshli bo’lganligi bois madaniy ekinlardan oldin unib chiqib, oziqa moddalari, suv, yorug’likni ko’proq o’zlashtiradi. Dala ishlarini sifatli o’tkazishga to’sqinlik qilib, sarf-xarajatlarning oshishiga olib keladi. Tadqiqotlarga ko’ra, begona o’tlar hisobiga qishloq xo’jalik ekinlari hosilining 10 foizdan ko’prog’i boy beriladi. 1 tonna don hosili tuproqdan 46 kg/ga azot, 22 kg/ga fosfor va 28 kg/ga kaliy o’zlashtirsa, o’t bosgan dalada lattatikan o’rtacha 140 kg/ga azot, 30 kg/ga fosfor, 120 kg/ga kaliy sarflaydi. Olabo’ta esa 40 kg/ga azot, 70 kg/ga fosfor, 100 kg/ga kaliyni o’zlashtiradi. Begona o’tlar g’o’zani oziqlantirish uchun solingan mineral o’g’itlardagi oziq moddalarning 20 foizgachasini o’zlashtirishi mumkin. Aniqlanishicha, g’o’zaning quruq massasida 1,2–2,2 % azot, 0,6–1,2 % fosfor, 1,5–2,4 % kaliy bo’lib, begona o’tlarda esa bu ko’rsatkich mos ravishda 2,5–4,5, 0,5–2 va 5 foizni tashkil etadi. Fo’zaga nisbatan suvni 2 baravar ko’p o’zlashtiradi. Hisob-kitoblarga ko’ra, 1 m2 o’t bosgan daladan 30 kunda 139 kilogramm suv bug’lansa, o’tsiz dalada esa bu ko’rsatkich 37 kilogrammni tashkil etadi. O’t bosgan dalalarda harorat 1,5–3, hatto 2–4 °S gacha pasayib ketadi. Aksariyat begona o’tlar kuchli rivojlanib, ekinlarni siqib qo’yadi. Yaxshi rivojlangan bir tup g’umay 3–4 m2 maydonga soya berishi mumkin. Begona o’tlar dalalarda turli kasallik va zararkunandalar manbaidir. Ma’lumki, o’rgimchakkana, ko’kqurt tunlami, shira va tripslar dastlab begona o’tlarda rivojlanib, so’ngra g’o’zaga o’tadi. Shu bois begona o’tlarni yo’qotish g’o’za va boshqa ekinlarning hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, uvatlar, tashlandiq yerlar, dala burchaklari va ariq bo’ylaridagi begona o’tlarni yo’qotish zarur. Aks holda ularning urug’lari uzoq masofalarga tarqalib, ekinzorlarni o’t bosishiga olib keladi. Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitida 200 turdan ziyod begona o’tlar uchraydi. Biologik xususiyatlariga ko’ra, begona o’tlar bir va ko’p yillik (bir pallali va ikki pallali) hamda tekinxo’r (parazit) begona o’tlarga ajratiladi. Fo’za dalalarida 74 turga mansub begona o’tlar tar¬qalgan bo’lib, ulardan 45 tasi bir yillik, qolgani ko’p yillikdir. Bo’ritaroq, shamak, itqunoq, semizo’t, ityzym, eshaksho’ra kabi bir yillik begona o’tlar ko’proq uchraydi. Bir yillik begona o’tlarning ildizlari kalta bo’lib, asosan urug’lardan ko’payadi. Bir tup sho’ra 200 mingdan 1 milliongacha, ituzum 100–500, semizo’t 80–500, qo’ypechak 5–250 minggacha urug’laydi. Ko’p yillik begona o’tlardan qo’ypechak, takasoqol, qizilmiya, bo’ztikan asosan kurtagi va urug’idan, g’umay, qamish, salomalaykum, ajriq, qirqbo’g’im esa ildizpoyasi orqali ko’payadi. Fumay va ajriqni yo’qotish ancha qiyin. G’umayning ildizi tuproqning 100–150 sm chuqurligiga yetadi, 100000 donagacha urug’ beradi. Urug’lari unuvchanlik qobiliyatini 3–4 yilgacha yo’qotmaydi. Sug’oriladigan yerlarda zarpechak, chirmovuq, shumg’iya kabi tekinxo’r begona o’tlar ko’p uchraydi. Zarpechak nafaqat urug’i, balki poyasining bir bo’lakchasi bilan ham ko’paya oladi. Begona o’tlarning keng tarqalishiga sug’orish paytida ularning urug’lari va vegetativ poyalarini oqib kelishi, ekish oldidan tuproqqa ishlov berish sifatsiz o’tkazilgani, g’o’za va boshqa ekinlar qator oralariga o’z vaqtida ishlov berilmaganligi, chimdan foydalanish, chirimagan go’ng solish va sifatsiz shudgor qilishlar sabab bo’ladi. Ayniqsa, so’nggi yillarda sharbat usulida sug’orishda chirimagan go’ngdan foydalanilayotganligi begona o’tlarning keng tarqalishiga olib kelmoqda. 3) Begona o’tlarga qarshi turli tadbirlar: agrotexnik, biologik (almashlab ekish, oraliq va takroriy ekin ekish, shudgorlash va boshq.), mexanik (chopiq, o’toq) va kimyoviy (gerbisidlar sepish) kurash choralari qo’llaniladi. Biologik usullar. Tadqiqotlarga qaraganda, almashlab ekish dalalarni begona o’tlardan tozalashda katta ahamiyatga ega. Ilmiy izlanishlar asosida beda ekilgan dalalarda beda-boshoqli va qoplovchi ekinlar hisobiga maysalarning muayyan qalinligini hosil qilish va saqlab turish, begona o’tlarni izchil kamaytirish imkonini beradi. Hozir har xil tuproqlarda jadallashtirilgan almashlab ekishning 2:1 va 1:2:1 tizimlari qabul qilingan. Beda ekilgandan so’ng begona o’tlar 56, oraliq ekin sifatida kuzgi javdar, silos uchun ekilgan makkajo’xoridan keyin esa 50 foizgacha kamaygan. Ekinlarni navbatlash ko’p yillik begona o’tlarni, ayniqsa, qo’ypechak va salomalaykumni kamaytiradi. Oraliq ekinlar ham dalalarda begona o’t tarqalishini ancha kamaytiradi. Masalan, oraliq ekinlar ekilmagan paytda 1 m2 maydonda 14,5 ta bir yillik va 411 ta ko’p yillik begona o’t bo’lsa, ko’kpoya uchun ekilgan kuzgi javdardan so’ng begona o’tlar soni mos ravishda 1,3 va 108 taga to’g’ri kelgan. Beda bilan g’allani qo’shib ekish ham begona o’tlarni yo’qotishda yaxshi samara beradi. Agrotexnik va mexanik tadbirlar. Shudgorlash ishlarini o’tkazishda ikki yarusli pluglarning yetishmasligi va texnikalarning ma’naviy eskirganligi oqibatida dalalar ko’p yillik begona o’tlar bilan yuqori darajada zararlanmoqda. Hozirda Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarining deyarli barcha tumanlarida, Andijon, Farg’ona, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining 70–80 % maydonlarida ko’p yillik begona o’tlardan ajriq keng tarqalgani kuzatilmoqda. Afsuski, boshqa mintaqalarda ham bunday dalalarni ko’plab uchratish mumkin. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini, ya’ni qo’l mehnati 2–2,5 barobargacha (chopiq ishlari 4–5 martagacha o’tkaziladi), yonilg’i-moylash materiallari xarajati 10–15 % (15–17 l/ga) oshishiga, ishchilarga qo’shimcha haq to’lashning 8–10 % ko’payishiga va paxta hosilining 7–8 s/ga. Ga kamayishiga, oqibatda esa mahsulot tannarxining ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. Begona o’tlarga qarshi kurashda tuproqni qo’sh yarusli plug bilan chuqur haydash, kuzgi shudgorlash, bahorda haydash, chizel’ yordamida yumshatish, begona o’t ildizpoyalarini terib-yig’ib olish, boronalash, diskalash, rotasion yulduzchalar bilan ishlash, kul’tivasiyani o’tkazishda ishchi organlar to’liq o’rnatilishini ta’minlash, chopiq qilish va begona o’tlarni o’tash kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Tuprog’i sho’rlanib turadigan sharoitda, ya’ni chigit ekish oldidan, albatta tuproq sho’ri yuviladigan yoki sholi ekish uchun ajratilib, dastlab suv to’ldiriladigan dalalarda o’t bosishi keskin kamayadi. Ayniqsa, bunda ekish oldidan qo’ypechak, semizo’t va ituzumlarga qarshi suv bostirish yaxshi samara beradi. Chigit ekish oldidan dalalarga disk yoki tishli boronalar yordamida ishlov berish yaxshi samara beradi. O’rtachirchiq tumanidagi «Oq ota» fermer xo’jaligining ajriq bilan 100 foiz zararlangan dalasida 2 yil davomida tajriba o’tkazdik. Tajriba dalasi kuzda 40–45 sm chuqurlikda shudgorlanib, chigit ekish oldidan 3 marta boronalandi. Borona paytida ajriq ildizlari daladan tashqariga chiqarib tashlandi. Chigit ekish oldidan «Kotoran» (1,2 kg/ga), «Stomp» (2,0 l/ga) «Intera» (2,0 l/ga) preparatlari qo’llanildi. Natijada bir yillik begona o’tlarning soni 90–95, ko’pyillik o’tlar, jumladan, ajriq soni 55–63 foizgacha kamaydi. Fo’zadan keyin kuzgi bug’doy ekilganda chimqirqar o’rnatilgan omoch bilan 30–35 sm haydash natijasida begona o’tlar soni kuzgi bug’doy tuplash davriga kelib 45–57 % kamayganligi kuzatildi. Eng yaxshi natijaga kuzgi bug’doydan bo’shagan maydonda yozgi haydov o’tkazilgan va yana kuzda don ekish oldidan 25–28 sm. Ga haydab ekilganda 50 s/ga. Dan ko’p hosil olishga erishildi. Bu esa 2 marta haydashga ketgan xarajatlarni don hosili bilan qoplashni ta’minladi. Birinchi va ikkinchi yilgi xarajatlar 3–4 yilda o’z mevasini beradi. Ayni paytda yurtimizda 70–80 % maydonga kuzgi bug’doy g’o’za ichiga ekilayotganligi begona o’tlar ko’payishiga olib kelmoqda. Ikkita asosiy ekinning muttasil Ekilishi va begona o’tlarga qarshi kurash ishlari sust olib borilganligi oqibatida dalalarda tuproq unumdorligi pasayib bormoqda. Masalan, tajribada ajriq bilan zararlangan dalada g’o’za ichiga kuzgi bug’doy ekilganda eng past – 15 s/ga hosil olindi. Fo’za dalalarida uchraydigan begona o’tlarga qarshi kurashda biologik, kimyoviy va agrotexnik choralar qo’llashni, ya’ni tuproqni qo’sh yarusli omoch bilan 30–40 sm chuqur haydash, yangi tipdagi taroklash agregati bilan taroqlash olib borish, erta bahorda yerni chizel’ yordamida yumshatish, boronalash, begona o’tlarning ildiz-poyalarini terib yig’ib olish. Ajriq bilan yuqori darajada zararlangan maydonlarda taroqlash agregati bilan taroqlab so’ng borona yordamida daladan chiqarilsa va birinchi yili agar 40–45 sm chuqurlikda chimqirqar qo’llab haydalsa, bu maydonda erta bahorda va ekish oldidan qolgan ajriq ildizlaridan tozalansa, ajriq bilan zararlanish 75–80 % kamayadi. Bu tadbirlarni, ya’ni taroqlash agregati bo’lmagan holda 2–3 marta chizel’-borona bilan tirkalgan holda o’tkazish lozim. So’ng haydash ishlari olib boriladi. Har ikkala holatda ham ajriq ildizlari qo’lda terib chiqiladi. Bu tadbirlarni o’tkazish xarajatlari begona o’tlardan toza maydonlarda ekishgacha jami 84864,73 so’mni tashkil qilsa, begona o’tlar bilan zararlangan maydonlarda jami 136749,87 so’mni, ya’ni bir marta yurilganda, ba’zi operasiyalarni 2–3 marta o’tkazish hisobiga jami 193782,58 so’mni tashkil etadi. Lekin, yuqorida keltirilgan begona o’tlar tomonidan zarar hisobiga yiliga 30–45 % yo’qotilgan hosilni tadbirlarni qo’llash natijasida 2–3 yilda qoplash va undan ham yuqori hosil olishga erishish mumkin. 2–3 yilda ajriq ildizi kamayganligi sababli taroqlash ishlarini chizel’-borona bilan o’tkazish mumkin. Zarar keltirayotgan begona o’tlardan organika sifatida foydalanish natijasida tuproq unumdorligini tiklash va ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida birinchi yil 40–45 sm ikki yarusli yoki chimqirqar o’rnatilgan omochlar bilan haydalsa, keyingi yil 30–32 sm haydash o’tkazilsa ajriq va boshqa begona o’tlar tuproqning pastki qismida chirishiga va ularning unib chiqishini keskin pasayishiga olib keladi. Begona o’tlarning tarqalishiga ishlov berish agregatlariga ish vaqtida ahamiyat berilmaslik natijasi desak ham bo’ladi. Masalan, boronalash vaqtida dalani ikki tomonida borona chiqishi bilan undagi begona o’tlar ildizlarini tozalab, daladan tashqarida yoqib yuborish lozim. Vegetasiya davrida kul’tivatorlar ish organlariga o’ralgan ajriq ildizlarini o’z vaqtida tozalamaslik oqibatida sun’iy ravishda ko’payadi. Agar bir odamga begona o’tlarni chopiq qilish uchun 0,15 sotixga 5590 so’m haq to’lansa, begona o’tlar bilan yuqori darajada zararlangan maydonlarda 30–35 % ortiq to’lashni talab etadi. Shu ma’noda, begona o’tlar ko’payishining oldini olish eng avvalo dehqonga bog’liq. Dala chetlarida o’sayotgan begona o’tlarni ham yo’qotish muhim ahamiyatga ega. Aksariyat dalalarning suv kirish joylari ajriq bilan zararlangan, buni yo’qotish uchun bor texnikadan kuzda (sentyabr’ oyida), o’tlar ko’karib turganda, ularga qarshi «Dafosat» gerbisidini gektariga 4–6 kg me’yorda sepib, 10–15 kundan so’ng chizel’-borona tirkalgan holda chizel’ qilib tozalanadi, qo’lda terib olinib, yoqib yuboriladi. Har bir tadbir birinchi yil xarajat talab etsa-da keyingi yillarda bu xarajatlar olingan hosil hisobiga qoplanadi. Begona o’tlar, ya’ni ajriq va qamish yuqori darajada bosgan dalalarda ikki yil davomida g’o’za yoki beda yetishtirish, oraliq ekinlar ekish ham ular sonini kamaytiradi. Begona o’tlar bilan yuqori darajada zararlangan dalalarda g’o’za ichiga kuzgi bug’doy ekish man etiladi. Gerbisidlarni qo’llash. G'o’za maydonlarida begona o’tlarga qarshi gerbisidlar keng ko’lamda qo’llanilmoqda. O’zbekiston O’simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar tomonidan qator yangi gerbisidlar sinalib, yaxshi natija berganlari ishlab chiqarishda qo’llanilmoqda. Chigit ekishdan avval bir yillik ikki pallalik va g’allasimon begona o’tlarga qarshi «Treflon», «Nitran» gerbisidlari purkalgandan so’ng zudlik bilan tuproqqa chizel’-boronalar yordamida aralashtiriladi. Aks holda gerbisid quyosh nuri va shamolning ta’sirida begona o’tlarga samaradorligi pasayib ketadi. Chigit ekish bilan bir vaqtda «Alkenza», «Kotoran», «Kotoneks», «Stomp», «Gezegard», «Samuray», «Amir» kabi gerbisidlar bir yillik, ikki pallalik va g’allasimon begona o’tlarga qarshi ishlatiladi. Ular sepilgach begona o’tlar urug’lariga ta’sir etib, unib chiqishi bilan sarg’ayadi. 5–7 kundan keyin yosh nihollar nobud bo’ladi. Gerbisidlarning begona o’tlarga ta’sir etish kuchi 1,5–2 oy davom etadi va bir chopiq o’rnini qoplash imkonini beradi. Fo’zaning o’suv (shonalash) davrida bir va ko’p yillik g’allasimon begona o’tlarga qarshi «Fyuzilad-super», «Dalzlak-super», «Nabu pantera», «Fyuzelad forte», «Shogun» kabi gerbisidlar ishlatilmoqda. O’tlar unib chiqqan muddatda ishlatilganda gerbisidlarning samaradorligi yuqori bo’ladi. Paxta hosilining asosiy terimidan so’ng begona o’tlarga qarshi ishlatiladigan «Dafosat», «Raundap», «Uragan-forte» gerbisidlarining ta’siri 3–5 kun o’tgach seziladi. Begona o’tlarning asosiy o’suv nuqtasi o’sishdan to’xtaydi hamda ular 7–15 kun o’tgach nobud bo’ladi. Natijada g’o’za o’simligi tuproqdagi suv va ozuqa moddalarni o’ziga o’zlashtirish imkoni vujudga keladi. Havo harorati va namlikning yetarli bo’lishi gerbisidlarning begona o’tlarga ta’sir etishini tezlashtiradi. Shu bilan bir vaqtda gerbisidlarni ishlatish vaqtida havo va tuproq haroratining past, shamolning tezligi 2–3 m/sek dan yuqori bo’lishi esa samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Gerbisidlardan foydalanilganda ularning sarflash miqdorini haddan ziyod ko’paytirib yuborish esa g’o’za nihollarining tup sonlarini kamayishiga olib keladi. Ularning sarf-miqdori iqlim-tuproq sharoiti hisobga olinib, begona o’tlarning turiga qarab aniqlanadi. Gerbisidlar begona o’tlarning asosiy qismi unib chiqqandan so’ng hamda 2–6 barg chiqargach bir yillik begona o’tlarning balandligi o’rtacha 12–15, ko’p yillik begona o’tlarniki esa 8–12 sm bo’lgan muddatlarda purkash maqsadga muvofiq. Download 246.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling