Gerbitsidlar haqida tushuncha


Download 246.5 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2023
Hajmi246.5 Kb.
#1303743
  1   2
Bog'liq
Gerbisidlarni qoʻllash usullari va muddatlari


Mavzu: Gerbisidlarni qo’lash usullari va muddatlari
Reja:

1. Gerbitsidlar haqida tushuncha


2.Begona o'tlarning dexqonchilikdagi zarari
3. Begona o'tlarning biologik xususiyatlari
4. G'o'zada uchraydigan begona òtlarga Qarshi kurash choralari
Gerbitsidlar (lot. herba - o’t, o’simlik va caedo — o’ldiraman) — begona o’tlarni yo’qotishda qo’llaniladigan kimyoviy moddalar. Q. x.da dala, bog’ va tokzorlar, o’tloqlardagi, yo’l yoqalaridagi begona o’tlarga qarshi qo’llaniladi. G.ning bir necha xil preparat ko’rinishlari mavjud: suvda eriydigan kukunlar (dalapon va b.), suv b-n aralashib suspenziya hosil qiluvchi kukunlar (paxton, kotoran, kotofor, prometrin, gezagard, atrazin, agelon va b.), suv b-n aralashib emulsiya hosil qiluvchi emulsiyalanuvchi konsentratlar (treflan, dual, banol va b.), to’ldirgich hamda ta’sir qiluvchi moddalardan tashkil topgan granula (donador preparat)lar (granulali dalapon va b.).
G. ta’sir qilish xususiyatiga ko’ra yoppasiga va tanlab ta’sir etuvchi preparatlar guruhlariga bo’linadi. Yoppasiga ta’sir qiluvchi G.danbarcha turdagi o’simliklarga (aerodromlarda, yuqori voltli liniyalar o’tgan joylarda va b.), tanlab ta’sir etuvchilardan esa dala ekinlari, bog’lar, o’rmonzorlardagi begona o’tlarga qarshi foydalaniladi. G.larning bu guruxlari o’rtasida qat’iy chegara ko’yib bo’lmaydi, chunki ko’pgina preparatlar kam miqsorda ishlatilganda tanlab ta’sir etuvchi bo’lsa, yuqori miqdorlarda yoppasiga ta’sir etishi mumkin. G.ning tanlab ta’sir qilishi ekinlar va begona o’tlar turiga, o’sish va ularning rivojlanish fazalari hamda tuproq iqlim sharoitlariga bog’liq. Tanlab ta’sir etuvchi G.ni ekishdan oldin, ekish davrida, ekin yoki begona o’tlar unib chiqqunga qadar yoki unib chiqqandan so’ng qo’llash mumkin. Masalan, treflan yoki prometrin, odatda, ekishdan oldin, boronalashga qadar dalalarda bir yillik begona o’tlarga qarshi sepiladi. Bunda G.ning tanlash xususiyati tuproq turiga, yog’ingarchilik miqdoriga hamda preparatning tuproqda saqlanish muddatlariga bog’liq. Ekish davrida G. (mas, dalapon, kotoran, daxlor, dual, kotofor yoki prometrin paxta dalalaridagi bir yillik o’tlar, atrazin yoki agelon esa makkajo’xori dalalaridagi begona o’tlarga qarshi) ekish agregatiga o’rnatilgan maxsus moslamalar b-n solinadi. Ekin unib chiqqunga qadar ham yuqoridagi G.ning birontasidan foydalanish mumkin. Bunday hollarda G.ning tanlash xususiyati urug’ning tuproqda joylashadi chuqurligiga, uning unib chiqish tezligi (quvvati)ga va preparatning tuproqqa saqlanish muddatiga bog’liq. Ta’sir qilish usuliga ko’ra: sirtdan (o’simlik to’qimalariga tekkan qisminigina nobud qiladigan; mas, mineral moylar, nitrafen, DNOK. va b.) va singib ta’sir qiluvchi (o’simlik tanasiga shimilib, singib uning tomir va to’qimalari orqali harakatlanib, umumiy zaharlanishga olib keladigan kimyoviy moddalar; mas, atrazin, agelon va b.) G. mavjud. Singib ta’sir qiluvchi G. kuchi sirtdan ta’sir ko’rsatuvchi G. nikiga nisbatan sustroq. Ularning ta’siri juda sekin namoyon bo’lib, sarflanadigan eritma hajmiga, tomchilar o’lchamiga, purkashning qay darajada tekis chiqishiga bog’liq. Singib ta’sir qiluvchi G. ildizi juda chuqur o’sadigan ko’p yillik begona o’tlarga qarshi yaxshi samara beradi.

Download 246.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling