Germaniya – iqtisodiyoti qudratli davlat
Download 0.8 Mb.
|
Germaniya 1
Germaniya – iqtisodiyoti qudratli davlat I jtimoiy bozor iqtisodiyotida aholi farovonligi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan. Germaniya urbanizatsiya darajasinihoyatda yuqori bo‘lgan mamlakat bo‘lib, zamonaviy ilmiy-texnologik asosida industriallashgan davlatdir. GFR dunyo mamlakatlari ichida mahsulotlarni ishlab chiqarish va iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarda turuvchi davlatlardan biri. Jahon mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning (YAMM) 7-8 foizi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning 27-28 foizi GFRga to‘g‘ri kelmoqda. Germaniya aholisining 27-28 foizi asosan mamlakatning sanoati rivojlangan iqtisodiy rayonlarida yashashib, mamlakat YAMMning 23-24 foizini ishlab chiqarmoqda. Germaniya jahonning yirik va iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri. Mineral xom ashyo resurslariga boy. Masalan, ularga toshko‘mir, temir va marganes rudasi, nikel, kobalt, volfram, molibden, mis, xrom, qo‘rg‘oshin, qalayi, uran, kaliy tuzi, gilmoya va h.k. kiradi. GFR iqtisodiyotida mashinasozlik sanoati yuqori darajada rivojlangan sohadir. Mashinasozlik sanoatida, ayniqsa, metalni qayta ishlash sohasida, metallurgiya, elktrotexnika, konchilik, to‘qimachilik sanoati, shuningdek, qishloq xo‘jalik, mashinasozlik tarmoqlari keng rivojlangan. Telekommunikatsiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, mexanika va optik apparatlarni ishlab chiqarish sohalari ham mamlakat iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Germaniya Federal statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda Germaniyadan birgina Rossiyaga eksport qilinadigan mahsulotlar taxminan 25,9 milliard yevroga teng bo‘ldi. Rossiya mahsulotlarini Germaniya hududiga olib kirish 31,4 milliard yevroni tashkil qiladi. Besh yil ichida birinchi marta mamlakatlar o‘rtasidagi tovarlar importi va eksporti hajmi oshib bordi. 2 017-yilda 2016-yilga nisbatan tovarlar eksporti 20,2 foizga, import esa 18,7 foizga o‘sdi. Bundan oldin Germaniyadan eksport qilinadigan tovarlar miqdori to‘rt yilga qisqardi. 2012-yilda Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasining eng yuqori ko‘rsatkichlari (eksport 38,1 milliard yevro, import esa 42,8 milliard yevroni tashkil qildi) kuzatilgandi. Germaniya eksporti va tovar importi 2017-yilda rekord o‘rnatdi. Germaniyaning Federal statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijga yetkazib berish hajmi 6,3 foizga oshib, 1,279 trillion yevroni tashkil qildi. Evropa Ittifoqi davlatlari ulushi umumiy eksport hajmidan 750 milliard yevroga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 foizga ko‘tarilib, 1,035 trillion yevroni tashkil qildi. Natijada 2017-yilda mamlakat tashqi savdo balansining profitsiti sakkiz yil ichida birinchi marta kamayib, 244,9 milliard yevroni tashkil qildi. Professional xizmat ko‘rsatuvchi PwC gigantining hisobotida 33 yil ichida iqtisodiyoti eng qudratli maqomiga ega bo‘lishi kutilayotgan mamlakatlar qatorida Germaniya kuchli o‘ntalikda alohida e’tirof etilgan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling