Germaniya 20-asr oxiri 21-asr boshi


[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 18.13 Kb.
bet2/2
Sana02.02.2023
Hajmi18.13 Kb.
#1147049
1   2
Bog'liq
GERMANIYA 20-ASR OXIRI 21-ASR BOSHI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filipp Sheyderman 1918-yil noyabrda respublikani eʼlon qilmoqda


20-asr boshlariga kelganda sanoat rivoji boʻyicha Germaniya Yevropada birinchi oʻrinni egalladi. Birinchi jahon urushiga tayyorgarlik koʻrayotgan Germaniya hukumati Fransiya-Rossiya ittifoqini buzib, Fransiyani yakkalab qoʻymoqchi boʻldi. Bu narsa amalga oshmadi, aksincha, 1907-yil Fransiya, Rossiya va Angliya birlashib, Antanta deb ataladigan ittifoq tuzishdi. Oʻz harbiy qudratiga ishongan hamda Angliya Rossiyani oʻllamaydi deb oʻylagan Germaniya birinchi jahon urushini boshlab yubordi. 1914-yil 1-avgustda Germaniya Rossiyaga, 3-avgustda Fransiyaga urush eʼlon qildi. 4-avgustda esa Angliya Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1917-yil AQSh Antanta tomonida turib Germaniyaga qarshi urushdi. 1918-yilning bahorida Germaniya armiyasi gʻarbga yurish qildi, biroq magʻlubiyatga uchradi. Sentabrda esa ingliz-fransuz qoʻshinlari tomonidan tor-mor etildi. Nihoyat, 1918-yil 5-oktabrda sulh soʻrab, Antantaga murojaat qiddi. 1918-yil 11-noyabrda Kompyenda yarash ahdi tuzildi. 9-noyabrda Berlinda qoʻzgʻolon koʻtarilib, monarxiya tuzumi agʻdarib tashlandi va Germaniya respublika boʻldi. 1919-yil fevralda Veymar shahrida chaqirilgan taʼsis majlisida ishlab chiqilgan Germaniya Respublikasi (Veymar respublikasi) konstitutsiyasi 31-iyulda qabul qilindi. Germaniya burjuaziyasining mavqei mustahkamlana bordi. Chet el, ayniqsa AQSh sarmoyasi Germaniyaning harbiy va sanoat iqtisodiyotini qayta tiklash imkonini berdi. Veymar respublikasi reaksion tusga kira bordi. 1929-yilda boshlangan jahon iqtisodiy boʻhroni Germaniya iqtisodiyotiga katta taʼsir qildi. Bu sharoitda natsional-sotsialistik partiya (1919-yil tuzilgan) faollasha bordi. 1932-yil mart—apreldagi prezident saylovida Adolf Hitler 13 mln.dan ortiq ovoz oldi. Oʻsha yil noyabr oyida hokimiyat natsional-sotsialistlar qoʻliga oʻtdi. 1933-yilda fashistlar diktaturasi oʻrnatildi. A. Hitler reyxskansler, keyinchalik esa davlat boshligʻi boʻlib oldi. Shu davrdan boshlab mamlakatda terror rejimi oʻrnatiddi. Antifashistlar qattiq taʼqib ostiga olindi. 1935-yil umumiy harbiy xizmat joriy qilindi.
Download 18.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling