Germaniya Federativ Respublikasida soliqqa tortish Reja
Download 37.38 Kb.
|
Germaniya byudjet
Germaniyada soliq tizimi.
Soliq tizimi - qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan belgilanib, ijro organlari tomonidan undiriladigan soliqlar yig'indisi, shuningdek, soliqlar tuzilish tamoyili va usullaridir. Bu tizimning ahamiyati va tarkibini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy qurilishi belgilaydi. Hozirgi sharoitlarda soliq tizimi davlatning moliyaviy zahiralarim ta’minlashga qaratilgandir. Asosiy soliqlarga daromad solig'i, jumladan, ish haqidan undiriladigan soliq, yer solig'i, korporatsiya soliqlari molmulk solig'i, kapital daromadga solinadigan soliq, aktsizlar va qo shilgan qiymat soliqlari kiradi. Soliqlar hajmini va umumiy davlat daromadida tutgan o‘mini bilish uchun yana quyidagi ma’lumotlarga murojaat qilamiz. Soliqlar tizimida daromad soligM yetakchi o'rinni egallaydi. Bu soliq har yili absolyut summada emas, balki byudjet daromadlaridagi nisbiy miqdorda ham o‘smoqda. Agar daromad solig’i 1970 yilda butun byudjet daromadming 35,4 foizini tashkil qilgan bo’lsa, 1994 yili bu ko‘rsatkich 40,7 foizga teng bo’ldi. Daromad soligM GFRda jismoniy shaxslardan undiriladigan eng muhim to‘g‘ri soliqlardan biridir. Bunday soliqqa yollanma ishlarda ishlaydigan, erkin kasbdagi shaxslaming daromadlari (gonorarlar), kapital daromadga, bank qo'yimlaridan tushadigan foizlar, ijara, turar-joy molarini ijaraga topshirish, shaxsiy faoliyat va boshqalar tortiladi.Teng daromadga teng soliq (uning manbaidan qat’iy nazar) tamoyili soliqqa tortishning asosidir. 1988 yilning yanvar oyidan boshlab soliqqa tortilmaydigan minimum daromad bo‘ydoklar uchun 4762 DM va oilali uqarolar uchun 9505 DMni tashkil qildi. Bo'ydoqlardan yiliga 4753 markadan 18056 markagacha, oilali fykapolardan esa 9505 markadan 36070 markagacha 22 foiz miqdorida soliq ushlab qolinadi (eng kam stavkada). Tegishli ravishda 18036-36071 markadan 130031-260063 markagacha bo‘ydoqlar va oilali fuqarolardan daromad o‘sib boruvchi stavka asosida 22 foizdan 56 foizgacha soliqqa tortiladi. Yuqorida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shuni xulosa qilish mumkinki, Germaniya Federativ Respublikasida jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligMning stavkalari jahon soliq tizimida qo‘llaniladigan stavkalardan ancha yuqoridir. Germaniyada bu xil soliq hisoblanishi ko‘p mehnat va vaqt resurslarini talab qilishiga qaramasdan, ancha mukammal va differentsiyalanganligi uni boshqa mamlakatlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligMni hisoblanishi, undirilishi usullaridan farq qilishini ko‘rsatadi. Soliqni aniqlanishida juda ko‘p omillar hisobga olinadi: oilaviy ahvol, ishlaydiganlar soni, mehnat faoliyatining qanday turdaligi, qaysi mutaxassislik bo‘yicha daromad olayotgani va h.k. Bu ma’lumotlar o‘z navbatida yana bir necha kategoriyalarda klassifikatsiyalanadi. Chegirmalar, imtiyozlar juda keng miqyosda ishlatiladi. Bunday katta informatsion ma’lumotlar bazasi soliq qonunchiligi asosida aniq va o ‘z vaqtida hisoblanadi. Katta hajmdagi bu ma’lumotlami kompyuterga kirgizish, guruhlash, aniqlash, hisoblash uchun yollanma ishchilar (uy bekalari, talabalar va boshq.). Germaniyada jismoniy shaxslar soliqqa tortiladigan daromadlarini taxminan shaxsan hisoblab chiqishlari mumkin. Bu ma’lumotlar albatta moliya, soliq organlari tomonidan tekshirib chiqiladi. Katta shtatga ega boMgan soliq maslahatchilari hisob-kitobni olib borishda fuqarolarga tegishli maslahatlarberishadi. Chizmadan jismoniy shaxslar yil davomida oladigan daromadlarini summasi, ulaming manbasini qayd qilib borishlari kerakligi ko‘rinib turibdi. Soliqqa tortiladigan daromad miqdorini hisoblab chiqishda «ishlab chiqarish harajatlari», «xizmat va mehnat faoliyati bilan bogMiq harajatlar» va «oilani ta’minlash bilan bogMiq harajatlar» shaklida ko‘plab chegirmalar qoMlaniladi. Masalan, bolalikdan toManadigan toMovlar, ishga borish va ishdan qaytishda sarflanadigan transport harajatlari, hayotni sug‘urta qilish bilan bog’liq har-xil sug‘urta turlari va malakasini oshirish harajatlari soliqqa tortilishdan ozod etiladi. Oiladagi bolalar soni hisobga olinadi, xususiy uy qurish va boshqalarga imtiyoz beriladi. Hunarmandchilik solig‘i ikki qismdan - kapital solig‘i va daromadga solinadigan soliqdan tarkib topadi. U GFR moliyasida obshchinalar byudjeti daromadlarida muhim manba hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo'jaligi hamda shaxsiy mehnat faoliyatidan tashqari har qanday faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan hunarmandchilik korxonasi uning soliqqa tortiladigan ob’ekti hisoblanadi. Erkin kasb egalari ham bunday soliqqa tortilmaydi. Hunarmandchilik solig*i bilvosita soliqlar qatoriga kiradi. Uni undirish foydani asosiy soliqlaridan biri - korporatsiya solig‘i to‘langunga qadar taqsimlash tartibida amalga oshiriladi. Shunday qilib, u bevosita soliqqa tortiladigan foydani kamaytiradi. Hunarmandchilik daromadidan: 1. Foyda — 110 marka 2. Ustama va chegirmalar saldosi - +7 3. Soliqqa tortiladigan summa — 117 marka 4. Soliqning baza stavkasi - 5% 5. Soliq summasi (117*5:100)=5.85 Hunarmandchilik kapitalidan: 1. Ishlab chiqarish fondlari qiymati - 1000 marka 2. Ustama va chegirmalar qoldig'i (saldo) +19 marka 3. Soliqqa tortiladigan summa 1019 marka 4. Soliqning baza stavkasi - 0,2% 5. Soliq summasi (1019*0,2:100)= 2,04. Yer solig'i ob’ektli - real soliqlar qatoriga kiradi. Shuning uchun soliq miqdorini aniqlash yer uchastkasining xususiyatlari va qiymatida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Yer egasining vaziyati esa deyarli hech istisnosiz, qarab chiqilmaydi. Yer uchastkalariga qurilish qilingan taqdirda yer solig 1 ishlab chiqarish harajatlariga kiradi. Ijtimoiy turar joy qurilishi sohasida u turar joyni saqlash uchun harajatlar qoplanadigan kvartira haqiga kiritilgan. Yer solig’i to‘g‘risidagi (1974 yildagi) qonunchilikka muvofiq soliq quyidagi turga ajraydi: yer solig’i A (qishloq va o‘nnon xo‘jahgi korxonalari uchun) va yer soligM V (kompaniyalar va xususiy shaxslarning yer uchastkalari va qurilishlari uchun). Soliq stavkalari quyidagi turlarga ajraydi. - Qishloq, o‘rmon xo‘jaligi korxonalari uchun- 0,6 % - Yerlaming qurilish qilingan va qilinmagam uchastkalari uchun - 0.35% - Bitta oila uyi egallagan yer maydoni uchun boshlang’ich qiymati 75 ming marka bo’lsa - 0,26 % - Uy qiymatining koldig‘i -0,35% - Ikkita oila uyi egaliangan yer maydoni uchun - 0,31%. Odatda yer solig’i yilning har choragida bo‘nak to’lovlari shaklida о’tgan yilgi tushumlar darajasiga qarab undiriladi. To’lanishi lozim bo’lgan soliq summasi uch yilda bir marta, ko‘chmas mulkda sodir bo ladigan о zgarishlarga qarab, qayta hisob-kitob qilinadi. Download 37.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling