Germaniya Federativ Respublikasida soliqqa tortish Reja


Fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantirishga qaratilgan imtiyozlar


Download 37.38 Kb.
bet6/6
Sana10.02.2023
Hajmi37.38 Kb.
#1188486
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Germaniya byudjet

Fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantirishga qaratilgan imtiyozlar.

GFR sanoat korxonalari o ‘zining asosiy faoliyatida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlar (NIOKR)ni amalga oshirishda ko‘pincha foydalanishning dastlabki yillarida belgilangan me’yorlarga nisbatan oshirilgan amortizatsiyani ko‘paytirish yoMi bilan ishlab chiqarish fondlarini hisobdan chiqarish usulini qoMlaydilar. Dastlabki yilda koeffltsiet odatda me’yoming 1,3% dan oshmaydi.
Qishloq xo jaligida ham mahsulot tannarxiga «Jadal amortizatsiya usuli» qo llanadi. Masalan, asbob-uskunalar sotib olingandan keyin birinchi yili ular qiymatining 50%gacha qismini hisobdan chiqarishga ruxsat etiladi. Foydalanish normativ muddati 10 yilgacha boMgan yordamchi uskunalarga dastlabki 3 yilda ular qiymatining 80%gacha qismini hisobdan chiqarish mumkin.
Qishloqdagi binolar va inshootlaming me’yoriy xizmat ko‘rsatish muddati 25 yil, amortizatsiya me’yori - yiliga 4%dir. Bunday holda foydalanishning dastlabki 3 yilida ular qiymatining 30%gacha qismini hisobdan chiqarish mumkin. Shundan keyingi yillarda ishlab chiqarish harajatlarini hisobdan chiqarish uchun amortizatsiyani hisoblash tondlaming qoldiq qiymatidan amalga oshiriladi.
Yuqorida bayon qilingan masala yuzasidan GFR qonunlarida ikkita tartib amal qiladi. Savdo huquqi asosida korxonalar o‘z ixtiyori bilan «Jadallashtirilgan amortizatsiya usuli»ni qo’llash huquqiga egadir, soliq huquqiga muvofiq esa fondlarning emirilishini hisobdan chiqarish ana shu fondlaming me’yoriy xizmat qilish muddatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Moliya idoralari soliqlarni belgilashning to‘g‘riligini taftish qilishda odatda fondlami hisobdan chiqarish jadal usulini qo’llaydigan sanoatchilaming sa’y-harakatlariga rozi bo‘ladilar. Amortizatsiyani hisoblashning qaror topgan tajribasi mablag‘larni eng yangi texnika va texnologiyani sotib olishga yoki ishlab chiqishga yo'naltirish uchun tezlik bilan jamg‘arish imkonini beradi.
GFRda mamlakat eksportini rivojlantirishga davlat ko‘magining biron-bir shakli rasman qoMlanilmaydi. Buning ustiga GFR eksportda davlat tomonidan dotatsiyalar berishni bekor qilishni yoqlab chiqmoqda. Mamlakatda eksportni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri har qanday tavakkallardan eksport bitishuvlarini sug‘urta qilishdir. G’arbiy Germaniya eksportyorining bankdan kredit olishida eksportni sug‘urta qilish ayniqsa katta ahamiyatga egadir, chunki ko‘p hollarda kredit beruvchi banklar bitishuvni sug‘urtalash shaklida o‘zlari uchun kafolatni talab qiladilar. Har yili eksport bitimlarini sug‘urta qilish uchun GFR hukumati sug‘urta limitlari belgilaydi. Bu fondning hajmi G’arbiy Germaniya iqtisodiyoti eksport potentsiali ehtiyojlariga muvofiq belgilanadi.
G’arbiy Germaniya firmalarining chet elga tovar chiqarishda qo‘shilgan qiymat solig’i (14%) to’lashdan ozod qilinishi GFRda eksportning rivojlanishga bilvosita solig’i tovarlaming ayrim guruhlari bo‘yicha jiddiy farq qiladi. Masalan, ko‘pgina xom-ashyo tovarlari va chala mahsulotlar uchun (GFRsanoati ulami import qilishdan manfaatdordir) bojxona bojlari belgilanmaydi yoki ulaming hajmi unchalik katta bo’lmaydi.
Tayyor buyumlarga bojxona bojlari yuqoridir. Biroq bu yerda ham muayyan farqlar bor. GFR firmalari ham jahon bozorida, ham ichki bozorda kuchli mavqega ega bo’lgan tovarlarga kam bojlar belgilangan.

XULOSA
Soliqlarni qo‘llanilib kelinishi qadimiy tarixga egadir. Soliq milliy daromadni bir qismi bo‘lib, majburiy va qaytarib bermaslik printsipi asosida aholidan va yuridik shaxslardan davlat tomonidan o‘z harajatlarini qoplash uchun olinadi. Iqtisodchi olimlarning fikricha, «Soliqda davlatni borlig‘ini iqtisodiy ifodasi gavdalanadi».
Quldorlik va feodalizm davrida natural xo‘jalik asosiy rolni o‘ynagani uchun soliq natural — yig‘im sifatida qoMlangan (oziq-ovqat, armiya uchun oziq-ovqat, em-xashak va hokazo).
Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bilan davlatlar daromadida pul soliqlarini roli oshib boradi. Bu har bir kishidan (jon boshidan) olinadigan soliq, yer solig’i va hunarmandchilik soliqlaridir. Bundan tashqari egri soliq hisoblangan aktsizlar ham qo’llanilgan.
Soliqning og’irligi, asosan, dehqonlar zimmasiga tushib, ijaraga olish (ulgurji, ko'tarasiga sotib olmoq) qo’llangandan keyin yana ham ogMrlashgan. Ijaraga olish - savdogarlarga mavhum davrga va ma’lum to’lov asosida aholidan yigMsh uchun davlat soliqlari va boshqa daromadlami to‘plash huquqini beradi. Bundan tashqari, ma’lum tovarlarni sotish huquqiga ham ega bo’ladi. Davlat bilan tuzilgan shartnoma bahosi bilan savdogar yigMb olgan summasi o‘rtasidagi farq uning foydasini tashkil qilgan.
Davlat va xususiy ijaraga olish tizimi quldorlik davridan kelib chiqib, feodalizmni emirilishi va kapitalistik ishlab chiqarish usuli vujudga kelish davrida juda keng tarqalgan va kapitalni boshlangMch jamg‘armasiga asos bo’lgan.
Ijaraga olish tizimi natural xo‘jalikning ustunligi, davlat xazinasiga mablag4 to‘playdigan moliya apparatining «bo‘shlik» qilish natijasida yuzaga kelgan.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Shamsutdinov F, Shamsutdinova Sh – “Germaniya soliq tizimi”

  2. Abdurahmonov O – “Xorijiy mamlakatlar soliq tizimi”

  3. Alimboyev S va boshqalar – “Soliqlar”

Download 37.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling