Tarmoqlariga


Download 1.19 Mb.
bet1/13
Sana21.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1367957
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
100 Tayyor Pandemiya davridagi iqtisodiy inqirozlar va uning xususiyatlari



MUNDARIJA
KIRISH.....................................................................................................................3
I BOB. KORONAVIRUS PANDEMIYASI VA GLOBAL INQIROZNING IQTISODIYOT TARMOQLARIGA SALBIY TAʼSIRINING NAZARIY ASOSLARI VA USLUBIYATI
1.1. Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining mazmuni va mohiyati……….........................................................................................................5
1.2. O'zbekiston va uning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga pandemiyaning ta'siri....................................................................................................................10
1.3. Rivojlangan davlatlarda pandemiya davridan chiqib ketishda tadbiq qilgan usullari.....................................................................................................................13
II BOB. O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY O‘SISHNI HOLATI VA TIZIMLI TARKIBIY O‘ZGARISHLARNI DAVOM ETTIRISH BO‘YICHA 2020-2021-YILLARDAGI AMALIY HARAKATLAR REJASI
2.1. Covid-19 pandemiyasining iqtisodiy tarmoqlarga ta’sirining tahlili va olib borilgan islohotlar natilalari…...………………………………………………….19
2.2. Pandemiya davrida ijtimoiylashuv masalalari, ularning rivojlanish bosqichlari hamda aholini ijtimoiy himoya qilish choralari…….……………………………..27
XULOSA................................................................................................................34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.........................................36
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Pandimiya tufayli jahon iqtisodiyoti turli jabhalarida pasayish kuzatilayotganligi ya’niki savdo tarangligi va siyosatning noaniqligi yuqori bo'lgan hozirgi sharoitda global o'sish prognozi ancha zaiflashganligi, hamda o’tgan yil davomida jahon iqtisodiyotining keng ko'lamli o'sishining sekinlashuvi xalqaro savdo oqimi va global ishlab chiqarish faolligining keskin pasayishi, tariflarning ko'tarilishi va savdo siyosatining tez o'zgarishi sharoitida biznes ishonchining pasayishi, aksariyat mintaqalarda investitsiyalar o'sishini sekinlashayotganligi ko’rishimiz mumkin va shu bilan birga Covid-19 pandemiyasi O’zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qildi, pandemiyaning salbiy ta’siri 2020 yilning birinchi yarmiga to’gri keldi va bu iqtisodiyot uchun o’g’ir sinov bo’ldi. Lekin o’z vaqtida cheklash va qo’llab quvvatlash, samarali choralar, hamda iqtisodiy tadbirlarni samarali qo’llab bilish natijasida O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va dunyo iqtisodiyotiga yetkazilgan zararni inqiroz cho‘qqisidan o‘tilganidan so‘ng, umumiy tarzda hisoblash mumkin bo‘ladi. Iqtisodiyotga pandemiyaning o‘zi emas, balki u bilan bog‘liq cheklovlar salbiy ta'sir ko’rsatdi. Biroq, pandemiya davrida amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, qat'iy choralarni ko‘rmaslik falokatli oqibatlarga va ko‘plab qurbonlarga olib kelishi mumkin. Bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotni imkon qadar qo‘llab-quvvatlash va uning tezda tiklanib olishiga umid qilish asosiy maqsadga aylangandi. Turli xalqaro moliya institutlari ma'lumotlariga ko‘ra, pandemiya davrida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish tezligi pasaydi. Inqirozdan oldingi davrda bu ko‘rsatkich Jahon banki tomonidan 5,7 foiz miqdorida bo‘lishi, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori ko‘rsatkichga aylanishi bashorat qilingan edi. 2020-yil boshida esa Osiyo taraqqiyot banki (OTB) iqtisodiyotni qisqa vaqtda ichida tiklanib olish sharti bilan bu ko‘rsatkichni 4,7 foiz deb hisoblagan. Jahon banki o‘z xulosasida Markaziy Osiyoda iqtisodiy inqiroz keskin bo‘lishini bashorat qilgan holda, bu ko‘rsatkichni -4,4 foiz va -2,8 foiz degan. O‘zbekiston uchun o‘sish 1,6 foiz bo‘lishi bashorat qilingan, bu esa inqrozdan oldingi 5,7 foizdan ancha pastdir. Jahon banki o‘z bashoratida ko‘pgina omillarning noaniq bo‘lib qolayotganiga urg‘u bergan. Yakunda aynan shularga asosan hudud malakatlaridagi iqtisodiy o‘sishning qanday ekani ma'lum bo‘ladi.
Albatta iqtisodiy o‘sishning pasayishiga O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari (Xitoy, Rossiya, Turkiya) iqtisodiyotidagi pasayish ham ta'sir qildi. Yana bir muhim omil – xomashyo bozorlaridagi pasayish bilan bog‘liq ishbilarmonlik faolligining sustligi. Shuningdek, neft narxining pasayishi ham sezilarli darajada ta'sir qildi. Ko‘p jihatdan mana shu tashqi omillar barqarorlashsa, O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘sish bo‘lishi mumkin edi. Optimistik prognozlarga ko‘ra, agar pandemiya jilovlansa, yuqorida tilga olingan mamlakatlar iqtisodiyoti uchinchi chorakda tiklanib olishga harakat qildi. Shundan so’ng karantin choralari yengillashtirildi va bosqichma-bosqich bekor qilindi, bu esa iqtisodiyot yana normal iziga qaytishiga imkon berdi. Masalan, mehnat migrantlaridan pul o‘tkazmalarining ko‘p qismi keladigan Rossiyaning iqtisodiyoti ikkinchi yarim yillikda tiklanib olishi bashorat qilingan edi. Tahlilchilar so‘zlariga ko‘ra, bunga «zaxiralarni to‘ldirib olish va tovar yetkazib berishning me'yordagi tezligini tiklab olish uchun tezkor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishidan kelib chiqadigan kechiktirilgan iste'mol yordam berdi»

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling