Tarmoqlariga
O'zbekiston va uning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga pandemiyaning ta'siri
Download 1.19 Mb.
|
100 Tayyor Pandemiya davridagi iqtisodiy inqirozlar va uning xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.1-rasm 1 1.2.2-rasm 2
1.2. O'zbekiston va uning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga pandemiyaning ta'siri
Boshqa mamlakatlardagi kabi, COVID-19 pandemiyasi O‘zbekistonning ham iqtisodiy barqarorligini jiddiy sinovlar ostiga qo‘ydi. Oqibatda, jahon iqtisodiyoti tarixdagi eng chuqur retsessiyalardan biriga uchradi. Jahon bankining tahlillariga ko‘ra, 2020 yilda umumjahon daromadlar darajasi 1870 yildan buyon ilk marotaba boshqa davrlarga nisbatan ko‘proq pasaydi. Pandemiya butun dunyo bo‘ylab 70 milliondan 100 million nafargacha odamlar o‘ta qashshoq bo‘lib qolishiga olib keldi. O‘zbekistonliklar uchun ushbu inqirozning hajmi qanday bo‘ldi? O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ushbu inqirozning O‘zbekistonga jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlarini ko‘rsatib, har oyda mamlakatning barcha mintaqalarida joylashgan 1500 dan ortiq uy xo‘jaliklaridan to‘planadigan ma’lumotlarga tayandi. Tadqiqot kasallik tarqalishni boshlagan vaqtdan olib borilayotganligini hisobga oladigan bo‘lsak, aprel va may oylarida to‘plangan ma’lumotlarni avvalgi davrlar bilan solishtirish mumkin. Shunda pandemiya sharoitidagi inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini baholash mumkin bo‘ldi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdi-ki, bandlik, daromadlar va aholi farovonligining boshqa ko‘rsatkichlari keskin yomonlashgan. Jahon bankining hisob-kitobiga ko‘ra, kasallik tarqalishni boshlaganidan buyon kambag‘allik darajasi (odam boshiga kuniga 3.2 AQSH dollar miqdoridagi chegaraviy ko‘rsatkichni qo‘llagan holda) COVID-19 pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi 7.4 foiz bilan taqqoslaganda 8.7−10 foizgacha o‘sgan. Bu esa, shu yilning o‘zida yashash darajasining pasayishi oqibatida, qo‘shimcha kamida 448 ming fuqaro kamabag‘allikka uchrashi mumkinligini anglatdi. Bunday ko‘lamdagi inqirozdan to‘liq qutilib chiqish uchun O‘zbekiston jamiyatining barcha vakillaridan ulkan sa’y-harakatlar talab etildi. 1.2.1-rasm1 1.2.2-rasm2 Butun mamlakat bo‘ylab millionlab fuqarolar, hech bo‘lmaganda vaqtincha, o‘z ishlaridan va daromadlaridan ayrildilar. L2CU tadqiqotining ma’lumotlariga ko‘ra, kamida bitta boquvchisi bo‘lgan uy xo‘jaliklarining ulushi aprel oyida 40 foizdan ortiq bandga tushib ketdi va may oyida normadan ancha pastroq darajada qoldi. Respondentlarning 12 foizi may oyida ishini yo‘qotganligi yoki to‘xtatganligi haqida xabar berishgan, bu ko‘rsatkich 2019-yil boshida 1 foizga teng edi. Mehnat bozori holatining prognoz ko‘rsatkichlari ham xavotir uyg‘otdi. Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi e’lonlar soni 2019 yil ko’rsatkichlarini 2020-yil ko’rsatkichlari bilan taqqoslaganda 75 foizga qisqarganligini, shuningdek turizm, restoranlar va ta’lim kabi xizmat ko‘rsatish sohalarida esa 90 foizga qisqarganligini ko’rishimiz mumkin. Hattoki qurilish va transport kabi inqirozdan eng kam ta’sir ko‘rgan kasb yo‘nalishlarida ishchilarga talab ham 50 foiz va undan ko‘proqqa qisqargan. Savdo nuqtalarida mahsulotlarning yetishmasligi pandemiyaning ilk bosqichlarida jiddiy muammo bo‘lgan edi. 2020- yil aprel oyida 16 foizdan ortiq fuqarolar mahalliy darajadagi shunday muammolar to‘g‘risida xabar berishgan. Ayniqsa, non va un mahsulotlarini yetkazib berishda taqchillik ko‘proq kuzatildi (3-chizma). Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling