Tarmoqlariga


Download 1.19 Mb.
bet5/13
Sana21.04.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1367957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
100 Tayyor Pandemiya davridagi iqtisodiy inqirozlar va uning xususiyatlari

1.2.3-rasm3

Vaziyat may oyida sezilarli ravishda yaxshilandi va taqchillik haqidagi xabarlar soni taxminan 6 foizgacha qisqardi. Kasallik tarqalishni boshlaganida xalqaro mehnat migratsiyasi ham keskin to‘xtab qoldi, bu aholi farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, chunki pul o‘tkazmalarining tezda qisqarib borishi kambag‘allik darajasi ortishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Biron-bir miqdorda pul o‘tkazmalarini oluvchi uy xo‘jaliklarining ulushi aprel oyida o‘tgan yildagi xuddi shu davrga nisbatan 54 foizga qisqardi, may oyida esa bir oz tiklandi. Ko‘pgina mavsumiy mehnat muhojirlari ishlarini yo‘qotdilar va uylariga qaytib keldilar. Aprel oyida oila a’zolari hozirgi kunda xorijda ishlayotgan uy  xo‘jaliklari ulushi 13 foizgacha tushib ketdi edi (2019 yilda ushbu ko‘rsatkich taxminan 17 foiz bo‘lgan). 2020- yil aprel oyida hanuzgacha xorijda qolayotganlar orasidagi faol bandlik 88 foizdan taxminan 73 foizga tushganligini ko’rishimiz mumkin.
1.3. Rivojlangan davlatlarda pandemiya davridan chiqib ketishda tadbiq qilgan usullari
Global inqirozning respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz xolatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora - tadbirlar to‘g‘risida” va “Kornovirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab – quvvatlashga doir qo‘shimcha chora - tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonlari qabul qilindi va amaliyotda joriy etilmoqda.
Farmonda ko‘rsatib o‘tilgandek jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda respublikamizda insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi.
Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab -quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Globallashuv va integratsiyadan, ikki va undan ko‘p tomonlama iqtisodiy aloqalardan inqirozgacha ko‘p naf ko‘rgan mamlakatlar koronavirus pandemiyasidan juda ko‘p zarar ko‘rmoqda. Ular koronavirusga chalinganlarning soni jihatidan dunyoda peshqadam bo‘lmoqda.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling