Tarmoqlariga
Download 1.19 Mb.
|
100 Tayyor Pandemiya davridagi iqtisodiy inqirozlar va uning xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi
- 1.1. Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining mazmuni va mohiyati.
Kurs ishining maqsadi: Covid-19 pandemiyasi O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini o’z vaqtida cheklash va samarali choralar, hamda iqtisodiy tadbirlarni samarali qo’llab bilish natijasida O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish.
Kurs ishining vazifasi : COVID-19ning iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganish va uning har bir indikatori va sektori kesimida, alohida tadqiqotlar orqali amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida tòliq ma’lumotga ega bòlish. Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, jami ___ sahifani tashkil etadi. I BOB. KORONAVIRUS PANDEMIYASI VA GLOBAL INQIROZNING IQTISODIYOT TARMOQLARIGA SALBIY TAʼSIRINING NAZARIY ASOSLARI VA USLUBIYATI 1.1. Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining mazmuni va mohiyati. Iqtisodiyot voqea va hodisalarning bir butunligini, ularning yaxlit tizim ekanligini ifoda etuvchi jarayon va munosabatlar yig‘indisidir. Bugungi kunda iqtisodiy jarayonlarning tobora chuqurlashib borayotganligi, bir iqtisodiy jarayonning ikkinchi bir jarayonni keltirib chiqarishini taqozo etadi. Shundan kelib chiqqan holda, 2019 yilda boshlangan koronavirus epidemiyasi global iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatdi: fond bozorlarining indekslari tushib ketishi; kompaniyalar mablag‘larni tejash maqsadida o‘z byudjetlarini qisqartirishi; korxonalar qisqartilgan ish tartibiga o‘tishi; qo’shni davlatlarning o‘z chegaralarini yopishi va boshqalar. Inqiroz – taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday obʼyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obʼyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil roʻy beradi, baʼzan esa hammasi kompleks tarzda baravar boʻladi. Bunday holda jamiyatning umumiy inqirozi boshlanadi. Iqtisodiyotning qaysidir sektorida qandaydir bir salbiy holat yuzaga kelsa, qolgan jabhalar ham bundan ziyon koʻradi. Buni “domino effekti” deyishadi. 2019 yilda dunyo iqtisodiyoti ayni shu effekt qurboniga aylangan edi. Koronavirus yetib borgani yoki bormaganidan qatʼi nazar, rivojlangan mamlakatlar qatori eng qoloq davlatlar iqtisodiyoti ham zarar koʻrdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining iqtisodiy prognoziga koʻra, dunyoda YaIM koʻrsatkichining 2020-yil yakunlari boʻyicha oʻsishi 2,4 foizni tashkil qilgan. Bu miqdor 2019-yil boʻyicha 2,9 foizga teng bo’ldi. 2020 yil yakunlarida 2019-yildagiga nisbatan yana 0,5 foiz pasayish boʻlgan. Demak, mazkur kasallikning tarqalishidan barcha davlatlar iqtisodiy zarar koʻrdi, makroiqtisodiy koʻrsatkichlari joriy yil yakuniga kelib pasaydi, hatto ayrim hollarda qulashi ham kuzatildi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan eʼlon qilingan prognozlar esa yuqoridagilardan bir oz farqli. Xususan, unda qayd etilishicha, butunjahon YaIM koʻrsatkichi keskin qulaydi, yaʼni 2020-yil nihoyasida 3 foiz kamaydi, 0,1 foizga tushdi. Biroq 2021-yilda bu ko’rsatkich, iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanishi natijasida 5,8 foizlik marraga erishildi. Xitoy misolida koronavirusning naqadar xavfli oʻlat ekanligini tushunib yetgan mamlakatlar zudlik bilan unga qarshi choralar koʻra boshladi. Dastlabki bosqichda barcha chegaralar yopildi, davlatlar hududida karantin rejimi eʼlon qilindi, korxona hamda tashkilotlarda masofaviy mehnat faoliyati joriy etildi va eng muhimi, virusga qarshi kurashish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga koʻmaklashish uchun alohida jamgʻarmalar tashkil etildi. Ushbu fondlar pandemiyaning iqtisodiy asoratlarini yumshatishga qaratilgan boʻlib, birinchi navbatda, aholi zaif qatlamini himoya qilishni davlat oldiga eng asosiy vazifa sifatida qoʻydi. Jamgʻarmalarni shakllantirishda aksariyat davlatlar koʻproq tashqi qarz mablagʻlaridan foydalandi. Jumladan, Oʻzbekistonda ham Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari manbaining qariyb 6 foizi (598,5 milliard soʻm) Davlat byudjeti hissasiga toʻgʻri keldi. Qolgan qismi xorijiy moliyaviy tashkilotlar qarzi hisobiga shakllantirildi. Mazkur jamgʻarma tomonidan, avvalo, iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutildi. Misol uchun, korxona va tashkilotlarga iqtisodiy yordam koʻrsatildi. Davlat kafilligi taqdim etildi. Mamlakat aholisi hamda tashkilotlarning kredit va boshqa qarzlari qoplab berildi (kredit taʼtili evaziga). Eng katta zarar koʻradigan soha — turizmga nisbatan soliq yukini kamaytirish, litsenziyalarni bekor qilish, talablarni yumshatish kabi choralar tatbiq etildi. Yollanma xodimlar qoʻllab-quvvatlandi va ish oʻrinlari qisqarib ketishining oldi olindi. Binobarin, davlat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlar ish haqi va unga tenglashtirilgan mablagʻlar bilan taʼminlandi. Ehtiyojmand oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berib turildi hamda tibbiy xizmat koʻrsatiladi. Stipendiya va nafaqalarning oʻz vaqtida berilishiga eʼtibor qaratildi. Ikkinchidan, pandemiyaga qarshi kurashda faoliyat olib boruvchi tibbiyot xodimlari ragʻbatlantirilib, yangi tibbiy maskanlar barpo etildi va zarur tibbiy jihozlar xarid qilindi. Va eng muhimi, mamlakatda ijtimoiy tartib saqlandi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan pandemiyaning salbiy roli kasallangan odamlar soni bilan emas, balki iqtisodiy oqibatlari yoki asoratlari bilan aniqlandi. Xoʻsh, bu nimalarda namoyon boʻldi? Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling