Tarmoqlariga
Download 1.19 Mb.
|
100 Tayyor Pandemiya davridagi iqtisodiy inqirozlar va uning xususiyatlari
II BOB. O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY O‘SISH HOLATI VA TIZIMLI TARKIBIY O‘ZGARISHLARNI DAVOM ETTIRISH BO‘YICHA 2020-2021-YILLARDAGI AMALIY HARAKATLAR REJASI
2.1. Covid-19 pandemiyasining iqtisodiy tarmoqlarga ta’sirining tahlili va olib borilgan islohotlar natilalari Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash, iqtisodiy farovonlikka erishish yo’lida qator davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda va izchil amalga oshirilmoqda. Pandemiyaning butun jahon iqtisodiyotiga ta’siri sharoitida barcha sohalarda bo’lgani kabi ijtimoiy hayotda qo’llab-quvvatlashga doir tezkor va strategik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi”da ham ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari sifatida aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, taʼlim va fan sohasini rivojlantirish hamda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirish ijtimoiy farovonlikni va jamiyat manfaatlarini ta’minlash masalalariga qattiq e’tibor qaratilganligi iqtisodiyotdagi salbiy tebranishlar, pandemiya sharoitida juda qo’l keldi4. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga qilgan Murojaatnomasida ijtimoiy sohadagi islohotlar mohiyat e’tiboriga ko’ra mamlakat rivojini inson salohiyati va uning asosida inson kapitalini yuksaltirish asosida amalga oshirishni nazarda tutadi. Shu boisdan ham Murojaatnomada inson kapitalini takomillashtirish orqali jamiyat va davlatni rivojlantirish g’oyasi markaziy o’rinni egalladi. Ijtimoiy rivojlanish jarayonlarini yanada faollashtirish maqsadida O’zbekiston Prezidentining o’tgan to’rt yil mobaynida “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda “Sotsiologik tadqiqotlar o’tkazishni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni va boshqa kompleks huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi5. Zero, insonni o’zgartirish borasida dunyodagi amaliyot unga kiritilayotgan investitsiya, xususan inson kapitali salmog’i va sifatiga bevosita bog’liqdir. Agar dunyoda insonning 3 yoshidan 22 yoshigacha bo’lgan davrida unga kiritilgan investitsiya 19-22 marta foyda keltirsa, O’zbekistonda bu ko’rsatkich 4 martani tashkil qilmoqda. Shu boisdan insonni samarali ijtimoiylashtirish va sifatini tubdan yaxshilash innovatsion taraqqiyotga jadal o’tishni ta’minlaydi. Hozirgi pandemiya va oldingi iqtisodiy inqiroz sharoitida aholini ijtimoiy qo’llabquvvatlash, ijtimoiy muammolarni hal qilishda ijtimoiy xizmatlarning ahamiyati toboro ortib borayotganligini kuzatish mumkin. Ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy tadbirkorlikning ajralmas qismi bo’lib, jamiyat barqarorligi va farovonligini ta’minlashda muhim ro’l o’ynaydi. Miqdor va sifat o’zgarishlarini ko’zlab amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dastavval ta’lim va tibbiyotga bo’lgan davlat e’tiborini tubdan o’zgartirishni talab etadi. Bugungi kunda ta’lim va tibbiyotga bo’lgan davlat e’tibori tubdan o’zgardi. Davlat, jamiyat va shaxs uchligida ijtimoiy mo’ljal o’zgarib, ilk daf’a shaxs (inson) omili birinchi darajali maqomga ega bo’ldi. Bugungi kunda ijtimoiy rivojlanish jarayonlariga davlatning inson omiliga , inson kapitaliga e’tibori yuksalganligi bor haqiqat. Amerikalik tadqiqotchi M.Porter, “Har qanday davlatning iqtisodiy raqobatbardoshligi va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy muhit barqarorligining sifati jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar vakillarining intellektual taraqqiyot darajasi, kasbiy faollik hamda eng muhimi ijtimoiy ahillik, hamjihatlik, o’zaro hamkorlikdagi faoliyatda adolatlilik va odamlarning bir-biriga nechog’li ma’naviy bog’langanlik holatiga bevosita bog’liqdir”, deydi6. Ijtimoiy rivojlanishni ta’minlashda E.Fromm dunyoni moddiy emas, ma’naviy-ruhiy tushunish ko’proq zarur, degan yondashuvni ilgari surdi7. Buning uchun esa, ijtimoiy jarayonlarni tashkil etishning o’ziga xosligi, shu davrda yuz bergan psixologik holatlar, shu psixologik holatni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy muhitni atroflicha o’rganish zarur. Mamlakatimizda insonni komillikka erishtirishning milliy modeli ishlab chiqildi. Ijtimoiylashtirishga shaxsni bosqichma-bosqich rivojlantirish orqali erishish mexanizmi shakllandi. Ushbu mexanizmning asosiy dastagi va vositasi sifatida inson kapitali, undan samarali foydalanishning qulay va maqbul yo’nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning alohida o’rni tadqiq qilingan8. Xizmatlar, xususan, ijtimoiy xizmatlar sohasining rivojlanishi hozirgi zamon iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotda ijtimoiy xizmatlar o’sishining asosiy omillarini ilmiy bilimlar, nomoddiy shakldagi to’plamlar, axborot texnologiyalari va ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati integratsiyasi kabi omillar tashkil etadi. Iqtisodiyotning ushbu sektori iqtisodiy sub’yektlarning turli xil faoliyat turlarini o’z ichiga olib, ishlab chiqarishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu faoliyatning yakuniy natijasi tayyor mahsulot emas, balki ko’rsatilgan takomillashgan xizmatlardir. Xizmatlarning hozirgi ijtimoiy muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan sohasi ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy tadbirkorlik hisoblanadi. Ijtimoiy tadbirkorlik - bu ijtimoiy muammolarni innovatsion yechimini topish, jamiyatda tadbirkorlik orqali ijtimoiy muammolarni hal qilishga asoslangan iqtisodiy faoliyatdir. Ijtimoiy xizmat – jamiyatning kam ta’minlangan, qashshoq yoki zaif qatlamiga yordam berish uchun mo’ljallangan davlat yoki xususiy xizmatlar. Ijtimoiy xizmat atamasi ushbu xizmatlarni ko’rsatish bilan shug’ullanadigan kasbni ham anglatadi. Ijtimoiy xizmatlar XX asrda ijtimoiy mas’uliyat g’oyalarining paydo bo’lishi va tarqalishi natijasida rivojlandi. Ijtimoiy farovonlikning asosiy muammolari - qashshoqlik, nogironlik, kasalliklar va shu kabi jamiyatning eng og’riqli nuqtalarini o’z ichiga oladi. Jamiyatlar rivojlanib borgan sari, ijtimoiy guruh a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasida insoniyatni farovon turmush kechirishga to’sqinlik qiladigan omillarga nisbatan yechimlar va javoblar paydo bo’la boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda shaxsiy ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy ta’minotning qonuniy, ixtiyoriy va xususiy sektorlarini o’z ichiga olgan “aralash farovonlik iqtisodiyoti” ni tashkil etib kelgan. Shaxsiy ijtimoiy xizmatlarning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lsada, ular umumiy ijtimoiy xarajatlarning ozgina qismini tashkil qiladi. XIX asrning 80-yillardan boshlab zamonaviy ijtimoiy ta’minot tizimlarining rivojlanishi nafaqat ijtimoiy siyosatning maqsadi va hajmining tubdan o’zgarishini, balki shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarning sabablari haqidagi iqtisodchi olimlar va oddiy xalqning fikrlarini keskin o’zgarishiga ham olib keldi. Deyarli o’sha davrdan boshlab AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa joylardagi hayriya tashkilotlari jamiyati va shunga o’xshash tashkilotlar faoliyati va ularning ta’sir doirasi Ikkinchi Jahon urushi boshlangunga qadar keng tarqald9. XX asr boshlarida hayriya ishlarini “ilmiy” tamoyillar bo’yicha milliy kelishilgan tartib qoida va xizmatlar standartlariga muvofiq tashkil etishning turli xil sxemalari shakllandi. Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya va keyinchalik Yaponiyada yetakchi hayriya tashkilotlari qonun va jamoat organlari bilan birgalikda ishladilar, bu uslub 1909 yilda Britaniya Qirollik Komissiyasi “Kambag’allikka qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunning muhokamasiga bag’ishlangan ma’ruzasida tasdiqlangan. Zamonaviy ijtimoiy xizmatlarning kelib chiqishini XIX asrlarda Britaniyada birinchi tibbiy almonerlarning paydo bo’lishi bilan izohlash mumkin, bu amaliyot Shimoliy Amerika va G’arbiy Yevropaning aksariyat mamlakatlarida tez o’zlashtirildi. Almonerlar dastlab uchta asosiy vazifani bajarganlar: yuqori narxdagi tibbiy xizmatdan foydalanishga qiynaladigan bemorlarning moliyaviy imkoniyatlarini va mablag’larini aniqlash, sog’lig’i yomon bo’lgan va boquvchisini yo’qotgan bemorlar va ularning oilalarini qo’llab-quvvatlash uchun maslahat xizmatlarini ko’rsatish va boshqa shakllardagi amaliy yordam berishdan iborat. Boshqa joylarda moddiy yordam, ta’lim farovonligi va kambag’allarni uy-joy bilan ta’minlaydigan dunyoviy va diniy hayriya birlashmalari ijtimoiy xizmatlar sohasidagi xodimlarni ish bilan band qila boshladilar. Londondagi Royal Free Hospital 1895-yilda birinchi almoner sifatida Meri Styuartni yollagan. Uning roli kasalxonada davolanishni so’ragan odamlarni bepul davolanishga “imtiyozli” deb topishdan iborat edi. Tez orada bu yo’nalish asosida turli ijtimoiy dasturlar ham rivojlandi va 1905 yilga kelib boshqa kasalxonalar ham shu kabi ijtimoiy xizmatlarni yaratdilar. Bu vaqtga kelib yangi kasbni nazorat qilish uchun kasalxonalar almonerlari kengashi tuzilgan edi. Qo’shma Shtatlarda ishga qabul qilingan birinchi professional tibbiy ijtimoiy xodimlar Garnet Pelton va Ida Kannonlar bo’lib, 1905 yilda Massachusets shtatidagi kasalxonada faoliyat olib borganlar. Doktor Richard Klark Kabot bu vazifani yaratishda asosiy advokat bo’lgan, chunki u sil kasalligi va sanitariya sharoitlari o’rtasida bog’liqlik borligiga ishongan. Pelton ham, Kannon ham faoliyat olib borishdan oldin hamshiralikka o’qigan. Tez orada bu yondashuv boshqa Amerika kasalxonalariga ham keng yoyildi va 1911 yilda 14 ta turli shaharlarda 44 ta ijtimoiy xizmat bo’limlari tashkil etildi. Ikki yil o’tgach, ijtimoiy xizmat bo’limlari soni 200 taga yetdi. 1905 yildan keyin ko’pchilik ijtimoiy ishchilar hamshiralikka o’qitildi. Amerika kasalxonalari ijtimoiy ishchilar assotsiatsiyasi 1918-yilda rasmiy ta’lim va kasalxonalar amaliyoti o’rtasidagi aloqalarni oshirish uchun tashkil etilgan. 1929-yilda tibbiy ijtimoiy xizmatlar bo’yicha o’nta universitet kurslari mavjud edi. Taxminan shu vaqt ichida psixiatriya va psixologiya shifoxonalarda ijtimoiy xizmatlar bilan raqobatlasha boshladi. Bu ijtimoiy muammolarni kamaytirgan bo’lsada, bemorlar bilan ishlashga ko’proq ilmiy asoslanish zarurligini taqozo etdi. Dunyo bo’ylab ishlaydigan onalar sonining ko’payib borishi kunduzgi tibbiy xizmatning oddiy nazoratidan tortib, ta’lim va sog’liqni saqlash dasturlarini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqardi. Ba’zi mamlakatlarda sanoat tarmoqlari o’zlarining ishchilari uchun bunday ijtimoiy qo’llab-quvvatlash imtiyozlarini yaratishni talab qilishadi. Endilikda ijtimoiy tashkilotlarning institutsional va homiylik harakatlari asosan oilaviy kelishmovchilik, moddiy qiyinchiliklar, ota-onalarning mas’uliyatsizligi, qarovsiz qoldirishi tufayli oilasi doimiy yoki vaqtincha buzilgan yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratiladi. Ijtimoiy xizmatlarning 5 ta muhim tamoyillari mavjud bo’lib, ular yaxlitlikdan individual qadr-qimmatga, shafqatli xizmatga, ijtimoiy adolatdan tortib inson munosabatlariga qadar barcha jihatlarni o’z ichiga oladi. Ushbu asosiy tamoyillar ma’lum maqsadlarga xizmat qiladi, shuningdek ijtimoiy xodimlarning kasbiy majburiyatlarini va qonuniy manfaatlarini aniqlashga yordam beradi (1-jadval). Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling