Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»
Download 107 Kb.
|
Nemis tarixiy maktabini paydo bo’lishi va uni rivojlantirish bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi»
- Vilgehn Georg Fridrix Rosher
- tarixiy flziologik
- Karl Knis
Fridrix List (1789-1846) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug'iidi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»x\\ tuzdi. 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. 1832-yildan F.List Yevropaga qaytib, AQSHning Leypsigdagi elchisi bo'lib ishladi. U o'zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolarni keng o'rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo'lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o'zining «Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o'rtaga qo'ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to'g'risidagi ta’limot unga asos bo'lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyati kabilami ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo'shdi. F.Listning ta’limotiga ko'ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo'lib qolishi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi.
List ta’limotida xo'jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to'g'risidagi g'oyalar katta o'rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bos- qichga: badaviylik, cholponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manu- faktura, dehqonchilik — manufaktura — savdo bosqichlariga bo'ladi. Bunday bo'lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o'sishini har tomonlama qo'llab-quwatlash, biryoqlama rivojlanishdan qishloq xo'jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikmi isbotlashdan iborat edi. List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa, uning yirik namoyan- dasi bo'lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo'lib faoliyat ko'rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo'lgan qiymat va daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga, ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy tizimini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo'jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko'rmasdan, barchasiga umumiy «tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majburiy kiritayotganini ta’kidlaydi. Listning iqtisodiy nazariyasi o'z tarixi va xo'jaligining xususiyatiga ko'ra jahon hamjamiyatining so'nggi qatorlaridan o'rin olgan mamlakatlaming iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo’lidagi dastlabki urinish edi. Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand) Gettingem va Leypsig universitetlarining professori Vilgehn Georg Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843-yilda u «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari» kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlaming obyektivhgini rad qilish bu ta’limotning o'zagidir. Rosher tarixiy flziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yo‘lini, unga xos bo‘lgan feodal sarqitlami (dehqonlaming yer egalariga bo‘ysunishi, hunar- mandlarning uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) tarixan oqlashdan va ko‘klarga ko‘tarib maqtashdan, faktlami to‘plashdan va shu faktlami tarixiy o'xshashliklar asosida izohlashdan iborat. Rosher o'zining nazariy qoidalarida qiymatni iste’mol qiymatidan (foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’mol uchun mo‘ljallangan har qanday mehnatni tushundi. Tarixiy maktab g'oyalarini Karl Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan o‘rgandi. 1853 yilda uning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning qarashlarini himoya etish va muntazamlashtirishga harakat qildi. K.Knis alohida iqtisodiy qonunlar yo‘q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy qonunlar bor deb da’vo qildi. Uning fikricha, siyosiy iqtisod faqat iqtisodiy hodisalami tasvirlab berishi mumkin, u nazariy umumlashmalami berishga qodir emas. Knis millat turmushining iqtisodiy sharoitlari uchun individ (shaxs), jamiyat va davlatning mas’uliyatini eklektik (qorishma) tarzda birlashtirmoqchi bo'ldi. Download 107 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling