Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr)


Download 29.71 Kb.
bet1/7
Sana25.01.2023
Hajmi29.71 Kb.
#1120095
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Germaniya va Fransiya


GERMANIYA VA FRANTSIYANING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR)


■ Reja:
.1. Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari
.2.GFR iqtisodiy mojizasi va uning sabablari
.3 Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat tomonidan tartibga solinishi.
.4.. Ikki jahon urushlari oralig'ida Fransiya iqtisodiyoti
5. Ikkinchi jahon urushidan so'ng Fransiya iqtisodiy rivojlanishi
6.. Mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish va xo'jalikni davlat tomonidan tartibga solish.

1. Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari


Birinchi jahon urushi Germaniya uchun boshqa kapitalistik mam- lakatlarga nisbatan mashaqqatliroq kechgandi.
Bu yerda sanoat ishlab chiqarishi 2 barobar qisqardi, g'oliblar barcha mustamlaka- larni tortib olishdi, Elzas va Lotaringiya imperiya yerlari qaytadan Fransiyaning tarkibiga qo'shildi. Ba'zi hisob-kitoblarga ko'ra ushbu yo'qotishlar natijasida Germaniya milliy boyligi ikki marotaba ka- maydi. Lekin eng og'ir salbiy natija bu g'olib mamlakatlar tomonidan qo'yilgan reparatsiya1 hisoblanadi, uning hajmi 132 mlrd.oltin markani tashkil etardi. Qisqa muddat ichida urushdan vayronaga aylangan Germaniya uchun ushbu mablag'ni to'lash imkoni yo'q edi. Reparatsion summani qoplash maqsadida g'olib mamlakatlar tomonidan Germaniyadan barcha qimmatbaho narsalar olib chiqib ketildi, 1923 yilda franko-belgiya qo'shinlari Germaniyaning 90% ko'miri va 50% metallini beruvchi Rur viloyatini bosib oldi va hech qanday to'siqlarsiz ushbu xom ashyolar olib chiqib keta boshlandi. Jami Germaniya reparatsiyalar hisobiga taxminan 20 mlrd. marka to'ladi. Reparatsiylarning asosiy og'irligi urushdan keyingi birinchi yillarga to'g'ri kelib, bunda Germaniya sanoatining yarmi vayronaga aylangan, kapital yetishmasdi, g'olib mamlakatlar esa to'lovlarni talab qilishardi. Avvaliga Germaniyadan barcha oltin olib chiqildi, so'ngra reparatsiyalar hisobiga ko'mir, sigirlar, parovozlar olib chiqib ketildi. Natijada markaning kursi pasayib ketdi. Mamlakatda kuchli inflyasiya yuz berdi.
Inflyasiya mayda burjuaziya, rante, urush davrida olib sotarlik natijasida pul mablag'lari to'plagan odamlarni kasodga uchratdi. Jamg'armalari bo'lmagan ishchilardan ko'ra mayda burjuaziya ko'proq zarar ko'rdi. Ish haqining o'sishi narxlar o'sishidan orqada qolganligi sababli ishchilarning moddiy ahvoli yomonlashib bo- rardi. Sanoat burjuaziyasi, korporatsiyalar inflyasiyadan manfaatdor edilar. Ular qadrsizlanib borayotgan qog'ozlar yordamida ishchilar- ga ish haqi, davlatga soliqlar va banklarga qarzlarni qaytarishardi. Banklarga qarzlarini to'laganlaridan so'ng sanoat korporatsiyalari mustaqillikka erishib moliyaviy guruhlar parchalanib ketdi. Shu sa- babdan inflyasiyadan banklar ham zarar ko'rganligini aytish mum- kin. Sanoat korporatsiyalarining xususiy kapitali esa zarar ko'rmadi: u pulda emas, balki real kapitalda - uskunalar, inshootlar, xom ashyo zaxiralari va mahsulotlarda mujassamlashgan edi. Inflyasiyadan foydalanib o'z mahsulotini xorijda pasaytirilgan narxlarda (lekin valyutaga) sotib yuqori daromad olish mumkin.
1924 yilda AQSh yordamga keldi. Ular "Daues rejasi"ni taklif etishdi. Rejaning mohiyati quyidagicha edi: AQSh (va qisman Angliya) Germaniyaga sanoatni tiklash uchun zaymlar berishadi, sano- atdan olingan daromadlar Angliya va Fransiyaga reparatsiyalarni to'lashga yo'naltiriladi, reparatsiyalarni olgan Angliya va Fransiya AQShga o'z harbiy qarzlarini qaytaradilar. Daues rejasi bo'yicha Germaniya 30 mlrd. oltin markaga yaqin mablag' oldi. Ushbu reja amal qilish davrida 8 mlrd. marka reparatsiyalarni to'ladi. Ushbu "oltin yomg'ir" ostida nemis sanoati tik- landi va rivoj topdi.
1929 yilda Daues rejasi "Yung rejasi" bilan almashtirildi. Yangi reja Germaniyaga yana imtiyozlar taqdim etdi. Reparatsiyalar sum- masi sezilarli darajada qisqartirildi va ularni Germaniya har yili ki- chik summalarda 1988 yilgacha to'lashi kerak edi. Ammo hatto bu variant ham noreal bo'lib qoldi: jahon iqtisodiy inqirozi boshlanardi - bunda hech kim reparatsiyalarni eslamasdi ham. Shu sababdan
1932 yilda Yung rejasi va u bilan reparatsiyalar ham to'liq bekor qilindi.
Daues rejasi qabul qilingandan so'ng monopoliyalar mustah- kamlana bordi. Bir-biriga qo'shilib ketishlar yo'li bilan yangi trestlar va konsernlar paydo bo'ldi. 1920 yilda "Po'lat trest" paydo bo'ldi. Bu o'z shaxtalari, elektrostansiyalari, mashinasozlik va kemasozlik zavodlariga ega sanoat saltanati edi. Bu borada "Po'lat trest" "Krupp konserni"ga o'xshash edi. O'z-o'ziga xizmat qiluvchi bunday ko'ptarmoqli monopoliya o'sha davrda Germaniya uchun xos edi.
1925 yilda kimyo kompaniyalarni qo'shilib ketishi natijasida mash- hur "Farbenindustri" kimyo tresti paydo bo'ldi.
Shunday qilib, XX asr 20-yy.da nemis sanoati tiklandi va yanada rivoj topdi. Lekin, 1929 yilga kelib Germaniya sanoat ishlab chiqarishi urushdan avvalgi davrga nisbatan bor yo'g'i 8%ga o'sdi. Ishlab chiqarishni o'sishi ichki bozorni torligi sabab chegaralanar edi: Germaniya aholisi inflyasiya davrida qashshoqlashdi va hanuz repar- atsiya to'lar edi. Potensial xaridorlar o'z jamg'armalaridan mahrum bo'lgan edilar. Ichki bozorni torligi ishlab chiqarish quvvatlarini to'liq band qilinmasligi va ishsizlikka olib kelardi. O'sish davrida ishlab chiqarish quvvatlari bor yo'g'i 70%ga band qilingandi, ishsi- zlar soni esa 4 mln.kishi edi.
Tabiiyki, 1929-1933 yy.dagi inqiroz Germaniyada o'ta chuqur shaklda namoyon bo'ldi. Sanoat ishlab chiqarishi 40%ga qisqardi. Ishlab chiqarish quvvatlarining 70% bekor edi. Ishchilarning yarmi ishsiz qoldi.
Inqiroz yillarida ijtimoiy munosabatlar keskinlashdi. Qabul qilin- gan aksilinqiroz chora-tadbirlar ishchilarga qarshi yo'nalishga ega edi. Qonun bilan ish haqi qisqartirildi, ishsizlik nafaqalari bekor qilindi, ishsizlarni to'playdigan mehnat lagerlarida qat'iy harbiy rejim o'rnatildi.
Mamlakatda inqilobiy holat shakllana bordi. Siyosiy kuchlar polyarizatsiyasi yuz berdi: mo'tadil partiyalar o'z pozitsiyalarini yo'qota bordi, so'l partiyalar kuchayib bordi. Bir qutbda fashistlar, ikkinchi qutbda sotsialkommunistlar kuchayishdi. Monopolistik burjuaziya tayanish mumkin bo'lgan yangi kuchni izlab oxir natijada Gitler partiyasini tanladi. Fransiyadan farqli o'laroq Germaniyada sotsialistlar va kommunistlar ittifoqi yuzaga kelmadi.
Fashistik Germaniya iqtisodiyoti
Germaniyada fashizm, boshqa mamlakatlardagi kabi, may- daburjua siyosiy harakati sifatida vujudga keldi. Bu uncha boy bo'lmagan, o'qimishli bo'lmagan, iqtisodiy rivojlanish natijasida jamiyatda o'z o'rnini yo'qotib borayotgan va albatta bundan no- rozi odamlar edi. Fashistik partiyaning shturm otryadlari mayda burjuaziya vakillaridan iborat edi. Gitler tomonidan e'lon qilingan shiorlar maydaburjuacha edi. U kapitalistik monopoliyalarni yo'q qilishni, xonavayron bo'layotgan hunarmandlar va mayda savdogarlarni himoya qilishni, ular uchun arzon kreditlar berishni va'da berdi. Shovinistik targ'ibot ham mayda burjuaziyaga qara- tilgan edi, chunki ular birinchi jahon urushi natijasida inflyasiya va reparatsiyalar natijasida eng katta talofat ko'rgan qatlam edi. Germaniya aholisining ushbu qatlamini ommaviy xonavayron bo'lishi ularni faollashtirdi va Gitler partiyasini kuchaytirdi. Gitler ortidan ishchilarning bir qismi ham ergashdi - uning partiyasi milliy-sot- sial ishchi partiyasi deb nomlanar ediku. Albatta, birinchi navbat- da bular ishsiz qolganlar edi.
Lekin, Gitler hukumat tepasiga kelgandan so'ng mayda burjuaziyaga emas, balki monopolistik burjuaziyaga to'g'ri keladi- gan siyosatni olib bordi. 1934 yilda Gitler "uzun pichoqlar tuni"ni o'tkazdi: uning tarafdorlari Rem (avval Gitlerning safdoshi) bosh- chiligidagi shturm otryadlarini qirib tashladi. Milliy-sotsialistlar o'z harbiy otryadlarini qirib tashlashdi. Bu voqeaning kelib chiqi- shi quyidagicha edi: mayda burjuaziya vakillari shturm otryad- lariga birlashib va Gitlerning shiorlariga ishonib monopoliyalarga qarshi kurashishni boshlashdi. Remushbu harakatni boshqarib shturm otryadlarini armiyaga qo'shilib ketishi va keyinchalik u bosh qo'mondon bo'lishini rejalashtirgan edi.2 Ammo Gitler hukumat tepasiga kelishda bergan yordami uchun monopoliyalarga daxlsizlik va generalitetga armiya yunkerlar qo'lida qolishini va'da bergan edi. Ushbu va'dalarni bajarish nuqtainazaridan "uzun pichoqlar tuni" o'tkazilgan edi.
Shu sababdan fashizm hukumat tepasiga kelgandan so'ng o'z ijtimoiy mohiyatini o'zgartirdi. U davlat monopolistik kapital- izmining, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning maxsus shakliga aylandi. Mamlakatning barcha xo'jaliklari davlat boshqaruvi organlari- ga bo'ysundirilib, unda asosiy rolni monopolistik burjuaziyaning yetakchilari o'ynar edi. Eng yuqorida xo'jalikning bosh kengashi qo'yilgan edi, unda "zambarak qiroli" Krupp va "elektrotexnika qiroli" Simens yetakchilik qilardilar. Bosh kengashga iqtisodiyot- ning asosiy tarmoqlarini (sanoat, savdo, kredit) mujassamlashtir- gan "xo'jalik guruhlari" bo'ysunardi, ularga esa o'z navbatida "tar- moq guruhlari" (kimyo, aviatsiya va boshqa sanoat turmoqlari) bo'ysunardi.
Iqtisodiyotning davlat sektori keskin kengayib ketdi. Mamlakatda Geringning davlat konserni eng yirik korporatsiyaga aylandi. Avvaliga u yaxudiylarning va boshqa repressiya qilingan- larning musodara qilingan mol-mulk evaziga rivojlangan bo'lsa, keyinchalik uning tarkibiga Germaniya okkupatsiya qilgan hudud- lardagi korxonalar qo'shila boshlandi. Avval boshdanoq fashis- tik hukumat bozor munosabatlariga zid ravishda narxlarni tartibga solishni boshladi. Xalq iste'moli tovarlariga narxlarning past darajasi belgilandi. Natijada bu tovarlar magazinlarda yo'q bo'lib qoldi va ularni endi qora bozorda juda yuqori narxlarda sotib olish mumkin edi. Shu sababdan oziq-ovqat kartochkalarini joriy etishga majbur bo'lishdi.
Qishloq xo'jaligi ham davlat nazoratiga o'tdi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari hisobga olinardi va davlatga belgilangan narxlarda topshirilishi kerak edi. Grossbauer va yunkerlar xo'jaliklari, ya'ni yirik kapitalistik xo'jaliklari "merosga qoladigan saroylar" deb e'lon qilindi: o'rta asr urf-odatlariga binoan mol-mulk faqatgina katta o'g'ilga meros bo'lib qolardi. Boshqa o'g'illar esa davlatga xizmat qilib o'zlariga "yashash hududi"ni egallashlari kerak edi.
Shunday qilib, Germaniya iqtisodiyoti markazlashtirilgan tizim- ga to'liq o'tkazilgan bo'lib, uni monopolistik burjuaziya yetakchilari boshqarardilar. Iqtisodiyot ustidan nazorat o'rnatilgandan so'ng gitler hukumati urushga iqtisodiy tayyorgarlikni boshlab yubordi. 1936 yilda 2-chi to'rt yillik reja qabul qilinib, uning asosiy vazifasi Germaniyani importdan iqtisodiy mustaqilligiga erishish va harbiy sanoat asosini tashkil etuvchi tarmoqlarni jadal rivojlan- tirish hisoblanardi. "Erzats" - sintetik materiallar va sintetik ben- zin, sintetik kauchuk ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratilar
edi. Germaniyada urush uchun zarur barcha mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi qo'yilgan edi, lekin mamlakatda kauchuk plan- tatsiyalari ham, neft konlari ham yo'q edi, shu sababdan natural resurslarni sintetik bilan almashtirishga majbur bo'lindi. 1940 yilda 3-chi to'rtyillik reja qabul qilindi, uning asosiy maqsadi harbiy ishlab chiqarish va harbiy-sanoat salohiyatini rivojlantirish edi. Fashistik Germaniyada rejalashtirish indikativ emas edi - boshqar- uvning ma'muriy metodlari ustuvorlik qilardi. Ekstremal holat- larda, urushga tayyorgarlik va urush holatlarida ushbu metodlar samarali ekanligini ko'rsatdi.
Birinchidan, harbiy ishlab chiqarish harbiy bo'lmagan tarmoqlar hisobiga rivojlandi. Urush olib borishda muhim deb hisoblan- magan korxonalar yopildi. Natijada mamlakat sanoat mahsulotin- ing 80%i harbiy mahsulotlari tashkil qildi, yetishmayotgan mahsu- lotlar esa okkupatsiya qilingan mamlakatlardan olib kelinardi. Ikkinchidan, okkupatsiya qilingan mamlakatlardan harbiy ishlab chiqarish uchun resurslar olib kelinardi. Ulardan iste'mol qili- nayotgan metallning yarmi, toshko'mirning choragi va neft mah- sulotlarining asosiy qismi olib kelinardi. Germaniya okkupatsiya qilingan mamlakatlarning mehnat resurslaridan ham foydalanar- di: urush oxiriga kelib uning hududida 10 mln.ga yaqin xorijiy ishchilar mehnat qilishardi va ularning mehnati, tabiiyki, juda past baholanardi.
Uchinchidan, sanoatni rivojlanishiga uning maxsus fashistik manbalari yordam berardi; jumladan, demokratik tashkilotlar mulklarini egallab olish (Ishchi bankining o'zida 5 mlrd. marka egallab olindi), ariec3 bo'lmaganlar mulkini musodara qilish, okkupatsiya qilingan mamlakatlarni talon-taroj qilish. Germaniya armiyasi tarkibida maxsus iqtisodiy qismlar mavjud bo'lib, ular turli-tuman boyliklarni (don zaxiralaridan to san'at asarlarigacha) to'plash va Germaniyaga jo'natish bilan shug'ullanishar edi.
To'rtinchidan, sanoatni rivojlanishiga ish haqiga qilinadigan xarajatlarni keskin qisqarishi turtki bo'ldi. Gitler ishsizlarni ish bilan ta'minlash va'dasi ustidan chiqdi, lekin ish haqi juda past darajada bo'lib, ishsizlik nafaqasidan sal yuqori edi xolos. Bu hol boshqa ishchilarga ish haqini pasaytirib uni "tenglashtirish" imkonini berdi. Yoshlar uchun majburiy mehnat joriy etildi, ya'ni barcha yosh nemislar majburiy tekin mehnat qilishlari zarur edi. Konsentratsion lager maxbuslari uchun majburiy tekin mehnat joriy etildi.
Shunday qilib, harbiy xo'jalikni tashkil etishda majburiy, tashqi iqtisodiy metodlar ustuvorlikka ega edi. Ushbu maxsus harbiy iqtisodiyot okkupatsiya qilingan mamlakatlar va hududlar nazorat ostidan chiqa boshlashi bilan yemirila boshlandi.

Download 29.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling