Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■
GFR iqtisodiy mo'jizasi va uning sabablari
Download 137.32 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5366410036891362700
14.2. GFR iqtisodiy mo'jizasi va uning sabablari
GFRning ikkinchi jahon urushigacha bo'lgan sanoat ishlab chiqarish darajasiga erishish boshqa Yevropa mamlakatlariniki- dan kechroq (1951 yilda) yuz berdi. Bunga faqatgina harbiy vay- ronagarchiliklar sababchi emasdi. Mamlakatda harbiy sanoatni tugatish, monopoliyalarni parchalash bo'yicha islohotlar va Ger- maniyaga qo'yilgan reparatsiya iqtisodiyotni tiklanishini sekin- lashtirardi. Ammo shundan so'ng GFR sanoati jadal rivojlana boshladi. 1950- 1966 yy.da sanoat ishlab chiqarishining o'rtacha yillik o'sish sur'atlari 9,2%ni tashkil etdi. 1948 yildan 1990 yilgacha bo'lgan davrda GFRda sanoat ishlab chiqarishi 12 marotaba o'sdi, boshqa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ushbu ko'rsatkich 5,7 ma- rotabaga teng edi. GFRda rivojlangan kapitalistik mamlakatlar sanoat mahsulotlarining 9% ishlab chiqarilar edi. Urushda mag'lub bo'lgan Germaniyaning jadal iqtisodiy o'sishi va 50-yy.da jahonda 2-chi o'ringa chiqib olishi "iqtisodiy mo'jiza" deb nomlandi. Birinchidan, davlatning muvafaqiyatli aralashuvi va past darajada harbiy xarajatlar natijasida asosiy kapitalning yangilanishi. Urushgacha bo'lgan davrdagi ishlab chiqarish darajasiga boshqa mamlakatlarga qaraganda kechroq erishilgani uchun, asosiy kapitalning yangilanishi ham kechroq amalga oshirildi. Kechroq de- gani yuqoriroq texnik asosda degani, chunki shu bir necha yil farq oralig'ida ishlab chiqarish texnikasi ancha rivoj topgan edi. Kapitalni yangilanishi asosan davlat yordamida amalga oshirildi, chunki parchalanib tashlangan korporatsiyalar tomonidan texnik qayta qurishni amalga oshirishning imkoni yo'q edi. Shu sababdan, urushdan keyingi birinchi yillarda korporatsiyalar daro- 169 madlarining solig'i 90-94%ni tashkil etdi va bu mablag'larni davlat sanoatni tubdan yangilanishga sarfladi. 50-yy.da harbiy xarajatlarga davlat budjetining bor yo'g'i 5-6% sarflanishi rekonstruksiyaga katta mablag' sarflash imkoniyatini yaratdi: Potsdam kelishuvi Germaniyaning qurollanishini taqiqla- gan edi. Shu sabadan, boshqa mamlakatlarda qurol-yaroqni ta- komillashtirishga sarflanadigan mablag'lar Germaniyada eksperi- mental zavodlar va sexlar, ilmiy tadqiqotlarga sarflandi. Natijada GFR sanoatning texnik darajasi bo'yicha boshqa mamlakatlardan ustunlikka ega edi. Ikkinchidan, urushdan keyingi davrda fashistik hukumat tomonidan ko'p yillar davomida rivojlanishga yo'l qo'yilmayotgan harbiy bo'lmagan tarmoqlarni rivojlantirish imkoni paydo bo'ldi. Ushbu tarmoq tovarlariga talabni qondirish uchun, boshqa mamlakatlardan farqli o'laroq, yangi zavodlarni qurish kerak edi. Shu sababdan, 50-yy.da GFR sanoatiga kapital qo'yilmalar milliy mah- sulotning chorak qismiga teng bo'lardi (Angliya va AQShda bu ko'rsatkich 17%dan oshmas edi). Lekin bu vaqtinchalik omillar edi. Nemis sanoati rivojlanayot- gan va jamlangan talabni qondirayotgan vaqtda, boshqa mamlakatlarda korxonalarning rekonstruksiyasi davom etdi, ichki bo- zor yana toraydi. Ichki bozor torayib borgan sari sanoat mahsulotlari eksporti oshib bordi. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlar orasida sanoat ishlab chiqarishi bo'yicha 3-o'rinni egallagan GFR eksport bo'yicha 2-o'rinni egallardi. U Yaponiya eksportiga nisbatan ancha ko'p to- varlar va deyarli AQShni eksporti hajmida tovarlar eksport qilardi. 1989 yilda rivojlangan kapitalistik mamlakatlar eksportining 11,4% GFRning hissasiga to'g'ri kelsa 12% AQSh ulushini tashkil etgan. GFR Angliya va Fransiyaning birgalikda eksportidan ko'proq tovar olib chiqar edi. Download 137.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling