Germaniya va frantsiyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr) ■


§ Ikki urush oralig'ida Fransiya iqtisodiyoti


Download 137.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana25.01.2023
Hajmi137.32 Kb.
#1118642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5366410036891362700

§ Ikki urush oralig'ida Fransiya iqtisodiyoti  
Birinchi jahon urushidan Fransiya iqtisodiyoti katta zarar ko'rgandi: sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 40%ga, 
qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 1/3 qismga qisqardi. Ammo urush iqti-sodiy o'sishni jadallashuviga imkoniyat 
yaratib berdi.
1. Fransiyaga Elzas va Lotaringiya imperiya yerlari qaytarildi. 1871 yilda franko-pruss urushidan keyin 
Germaniyaga o'tib ket- gan hududlar hisoblanadi. Lotaringiya - katta ruda zaxiralariga ega metallurgiya 
hududidir. Lotaringiyani qo'shilishi natijasida Fransiya Yevropada temir rudasi qazib olish bo'yicha birinchi 
o'ringa chiqib oldi. Elzas rivojlangan tekstil sanoatiga ega bo'lib, uni qo'shilishi natijasida Fransiya tekstil 
sanoati quvvati 1.5 barobarga oshdi. Elzas va Lotaringiyalarni qo'shilishi natijasida Fransiyada "qadimgi" 
tarmoqlar (metallurgiya va tekstil) 20-yy.da o'z ishlab chiqarishini ko'paytirdi, bu davrda boshqa mamlakatlarda 
ushbu tarmoqlar turg'unlik holatida edi.
2. Fransiya Germaniyadan reparatsiya sifatida 8 mlrd.oltin mar- ka olgan edi. Ushbu reparatsiyalarning asosiy 
qismi toshko'mir bilan to'langan edi. Hukumat ko'mirni sanoatchilarga o'ta past narxlarda sotib ishlab chiqarish 
xarajatlarini qisqartirardi va raqo- batbardoshlikni oshirardi.
3. Urush oqibatidagi vayronagarchiliklarni tiklash natijasida asosiy kapital yangilandi va bu Fransiya sanoat 
o'sishiga sababchi bo'ldi. Bu o'sha davr uchun noyob hodisa edi.
Fransiyada 20-yy.dagi sanoat o'sishi boshqa mamlakatlarniki- ga nisbatan uzoqroq davom etdi (1930 yil 
yozigacha). 1930 yilga kelib Fransiya sanoat ishlab chiqarishi 1913 yilga nisbatan 40%ga o'sgan edi. O'sha 
davrda sanoat o'sish sur'atlari Fransiyada AQSh, Germaniya, Angliyanikidan yuqori edi.
Jahon iqtisodiy inqirozi Fransiyada boshqa mamlakatlardan ko'ra kechroq (1930 yilda) boshlandi. Fransiya 
sanoati ishlab chiqarishni kengaytirayotgan sharoitda boshqa malakatlarda pasayish yuz berayotgan edi.
Inqiroz davrida sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilishi 1/3 qismga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarilishi 40%ga 
qisqardi. Fransiyada kech boshlangan inqirozni tugashi ham kech bo'ldi (1936 yil). Ba'zi tarmoqlar (ko'mir, 
kemasozlik) ikkinchi jahon urushi bosh- langunga qadar ham inqiroz holatidan chiqa olishmadi.
Inqirozdan keyin yangi sanoat o'sishi yuz bermadi. Inqiroz o'rnini depressiya egalladi, so'ngra sezilar-sezilmas 
jonlanish yuz berdi. Agar inqirozgacha fransuz sanoati boshqa mamlakatlarga nisbatan tezroq o'sgan bo'lsa, endi 
u yana ulardan orqada qolardi. 1938 yilda 1913 yildagi kabi hajmda mahsulot ishlab chiqarilgan edi. Qishloq 


xo'jaligida ham turg'unlik holati edi. 1938 yilda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 1913 yildagi ko'rsatkichga 
nisbatan bor yo'g'i 10%ga oshgan edi.
XX asr 20-yy.da Fransiya iqtisodiy o'sishini ta'minlagan omil- lar 30-yy.ga kelib o'z ta'sirini yo'qotdi, ishlab 
chiqarish kuchlari esa past darajada qolaverdi. Fransuz tovarlari jahon bozorida juda past raqobatbardoshlikka 
ega edi. Ikkinchi jahon urushiga kelib Fransiya hanuzgacha agrar mamlakat hisoblanar edi: qishloq xo'jaligida 
aholining 37%, sanoatda esa - 25% band edi. Sanoat tarkibi ham qoloq edi. 20-yy.da og'ir sanoatning "yangi" 
tarmo- qlari jadal rivojlangan bo'lsa ham yengil sanoat katta ustunlikka ega edi: tekstil, poyabzal va oziq-ovqat 
sanoatlarida sanoat ish- chilarining yarmidan ortig'i band edi.
XX asrning 20-30 yy.da Fransiya sanoatida "Komite de forj" harbiy-sanoat konserni, "Kyulman" kimyo 
konserni kabi monopo- liyalar kuchayib bordi, ammo, umuman olganda, ishlab chiqarishni 
konsentratsiyalashuvi va sanoatni texnik jihozlashuvi jahatidan
Fransiya boshqa yetakchi mamlakatlardan orqada qolar edi. Ikkinchi jahon urushi arafasida sanoatda band 
bo'lgan ishchilarning 40% hunarmandchilik ustaxonalarida qo'l mehnati bilan, ish-chilar soni 10 tagacha bo'lgan 
ishlab chiqarishlarda band edilar. Modabop tovarlar ishlab chiqarish katta ahamiyat kasb etmasdan, an'anaviy 
ixtisoslashuv Fransiyani orqaga tortar edi.
Birinchi jahon urushiga qadar Fransiyani dunyo sudxo'ri deb nomlashardi. Urushdan keyin Fransiya haqida 
bunday fikr bildirib bo'lmasdi. Oktyabr inqilobi natijasida Fransiya Rossiyada chetga olib chiqilgan kapitalning 
yarmidan mahrum bo'ldi: sovet hukumati oldingi hukumatlarni qarzlarini tan olmadi va Fransiya zaym- larini 
qaytarishdan voz kechdi, Rossiyaning ko'mir va metallurgi- ya sanoatiga sarflangan kapitallar esa ushbu 
sanoatlarni davlat mulkiga o'tkazilishi natijasida yo'qotildi.
Undan tashqari, urush davrida Fransiya, boshqa Yevropa mamlakatlari kabi, AQShga qarzdor bo'lib qoldi va 
endi kapital ek- sporti bo'yicha jahonda 4-o'rinni egallar edi.
Bunda kapitalni zaym shaklida emas ishlab chiqarish shaklida olib chiqish hajmi oshdi. Bu ko'proq kapital 
mustamlakalarga olib chiqilishi bilan bog'liqdir. Urushgacha bo'lgan davrda eksportning 10% mustamlakalarga 
yo'naltirilgan bo'lsa, 30-yy. oxiriga kelib bu ko'rsatkich 30%gacha ko'tarildi. Fransiya endi mustamlakalarni 
o'zlashtirishni boshlagan edi. Lekin mustamlakalarga zaymlar ber- ilmaydi, mustamlakalarga olib chiqilgan 
kapital ularning iqtisodi- yotiga sarflanadi.

Download 137.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling