Germaniyada ta’lim tizimlari. Germaniyada ta’lim tizimlari
Download 98.23 Kb.
|
германия таълим
Xalq universitetlari
Xalq universitstlariga XIX asr oxirlarida Skandinaviya namunasiga ko‘ra asos solindi. Uning ham amaliy, ham nazariy ahamiyati bor. Germaniya Federativ Rsspublikasining garbiy qismida qariyb 85 ta xalq universitetlari bo‘lib, joylarda ularning 3800 filiallari ham ishlab turibdi. Ular asosan jamoa, tuman yoki ro‘yxatdan o‘tgan jamiyatlar tasarrufidadir. Viloyatlar ularni pul mablag‘i bilan ta’minlab turadilar. Xalq universitetlarining ko‘pchiligi kechki, ularni internat xalq universitetlari to‘ldiradi. Xalq universitetlarida har yili 900 000 gacha kurslar tashkil etilib, 4-5 million tinglovchi malaka oshiradilar. Davlat malaka oshirganlarni ragbatlantiradi va bu maqsad uchun har yili 5,5 mln. marka mablag‘ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida tinglovchilarga mablag bilan moliyaviy yordam beradilar. Kurslar va o‘quv qo‘llanmalari xarajatlari to‘la yoki qisman davlat tomonidan to‘lanadi. Asosan ishsizlar o‘z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. YArim yil davomida malaka oshirish kurslarini tugatganlarning 75 foizi ish bilan ta’minlanadi. Xalq universitetlarida taklif qilingan o‘quv yo‘nalishlari xilma-xildir. Malaka oshirish sohasida kasaba uyushmalarining ham dastur-lari turli-tumandir. Xalq universitetlari nemis kasaba uyushma birlashmalari, ishchilar birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar. «Mehnat va hayot» – bu erda ishchilar yaa xizmatchilar korxona Nizomiga muvofiq sug‘urta va mehnat huquqi doirasida iqtisodiy va ijtimoiy siyosat kurslarida va boshqa kurslarda o‘qishlari mumkin. Korxonalar kengashi a’zolari, xodimlari va boshqa funksionerlar maxsus akademiyalarda malaka oshiradilar. CHerkovlar ham fuqarolar bilim darajalarini oshirishda faol qatnashadilar. Evangel cherkovi o‘zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo‘yicha konferensiyalar tashkil etadi. Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, texnologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar. Siyosiy partiyalarga yaqin bo‘lgan fondlar ham malaka oshirishni asosiy vazifalaridan biri deb biladilar. Bunga Kondrad Adinauer (XDS) fondi, Fridrix Zbert (SDPG) fondi, Fridrix Nauman (SVDP) fondi, Gans Zaydel (XSS) fondi, «Rsshanbogay» («Kamalak», «YAshillar») birlashgan fondlari kiradi. Aholi umumta’lim darajasini oshirishda 1000 dan ortiq kurslar tagakil etgan sirtqi xususiy institutlar ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 1989 yilda bu kurslarda qariyb 140000 kishi ta’lim oldi, shulardan 40000 kishi yangi federal viloyatdandir. Bu erda garbdagiga o‘xshab malaka oshirish bo‘yicha ko‘pqirrali muassasalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Germaniya Federativ Respublikasida tadqiqot ishlari 3 turdagi yo‘nalishda olib boriladi: oliy o‘quv yurtlarida, davlat va xususiy institutlarda, ilmiy-tekshirish bo‘linmalarida. Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish ularning qadimiy an’analaridir. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o‘shandan beri «tadqiqot va o‘qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplari bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda ham shunday oliy o‘quv yurtlari uchraydiki, ularda olimlar mustaqil yoki bir guruh holda tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadilar. Ammo yuqori chiqim bilan bogliq tadqiqotlar, eng avvalo tabiiy fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlarni yirik jamoalarda qimmatbaho tshnikani ishlatish orqali amalga oshirish mumkin. Ular juda katta mablag sarflashni talab etadiki, ba’zan bu summa milliardlarni tashkil ztadi. Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishi – fundamental amaliy tadqiqot bo‘lib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Bu ularning nazariy bilimlarini amalda tadbiq qilish imkoniyatini beradi. Dyusseldorf, Rettingon, Xaydelburg, Mayns va Myunxendagi oliy o‘quv yurtlari va Fanlar Akadsmiyasi mustahkam aloqa o‘rnatganlar. Ular o‘zaro ilmiy axborotlar bilan almashib turadilar, ijtimoiy fanlar, masalan, ensiklopediya nashr etish kabi uzoq muddatli loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydilar. Oliy o‘quv yurtidagi tadqiqotlarni Nemis Tadqiqotlari Jamiyatiiing yordamisiz tasavvur qilish mumkin emas. YUqoridagi ma’lumotlardan ma’lum bo‘ldiki, Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Germaniya davlatida, taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o‘rin olishda o‘zini oqlab kelayotgan ta’lim tizimi mavjud. Download 98.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling