Geslarda generatorlarni ishga tushirishni avtomatik tizimlari va ularni hisoblash


Download 0.84 Mb.
bet1/4
Sana25.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1118387
  1   2   3   4
Bog'liq
dadaxanov marufjon


GESlarda generatorlarni ishga tushirishni avtomatik tizimlari va ularni hisoblash.
Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya kilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik sxemalardan foydalinadi. Avtomatika sxemalari asosiy xujjat xisoblanadi va ular funksional, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga bo’linadi.

Rasm-7: Generatorni avtomatik isshga tushirish sxemasi
Avtomatika elementi deb o’lchanayotgan fizik kattalikni birlamchi o’zgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari to’rt xil tarkibiy belgilanish sxemalaridan iborat bo’ladi:

  • Oddiy bir martali (birlamchi) to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirish;

  • Ketma-ketli to’g’ridan-to’g’ri o’zgartirish;

  • Differensial sxemali;

  • Kompensatsion sxemali.

Oddiy o’lchash o’zgartirgichlari bir dona elementdan tashkil topgan bo’ladi. Ketma-ketli o’zgartgichlarda esa oldindagi o’zgartirgichning kirish ko’rsatkichi keyindagi o’zgartgichning chikishi xisoblanadi. Odatda birlamchi o’zgartirgich sezgirlik elementi (SE), oxirgi (keyingi) o’zgartirgich esa chikish elemeti deb yuritiladi. O’zgartirgichlarning ketma-ketligi ulanish usuli bir martali o’zgartirishda chikish signalidan foydalanish kulay bulgan sharoitda kullaniladi. Differensial sxemali ulchash o’zgartirgichlari nazorat kilinayotgan kattalikni uning etalon kiymatlari bilan solishtirish zarurati bo’lganda kullaniladi. Kompensatsion sxemali o’zgartirgichlar usuli esa yuqori aniklik bilan ishlashi, universalligi xamda o’zgartirish koeffitsiyentining tashki ta’sirlarga deyarli bog’lik emasligi bilan ajralib turadi.


Rasm-8: Tokli himoya qurilmasi sxemasi

Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo’lib, quyidagi funksiyalardan birini bajaradi:


- nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko’rinishdagi signalga o’zgartirish (birlamchi o’zgartgich - datchiklar);
- bir energiya ko’rinishidagi signalni boshqa energiya ko’rinishidagi signalga o’zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va xakozo o’zgartgichlari);
- signal tabiatini uzgartirmasdan uning kattaliklarini uzgartirish (kuchaytirgichlar);
- signalning kurinishini uzgartirish (analog-rakam, rakam analog uzgartkichlari).
- signalning formasini uzgartirish (takkoslash vositalari),
- mantikiy operatsiyalarni bajarish (mantikiy elementlar),
- signallarni taksimlash (taksimlagich va kommutatorlar),
- signallarni saklash (xotira va saklash elementlari),
- programmali signallarni xosil kilish (programmali elementlar),
- bevosita jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar).
Tizim nafaqat tarmoq kuchlanishining mavjudligini, balki uning nominal qiymatini yuqori va pastki chegaralarda, shuningdek fazalar orasidagi kuchlanish farqini ham kuzatish imkonini beradi. Parametrlar ruxsat etilgan chegaralardan oshganda, generatorlar majmuasiga avtomatik o’tish amalga oshiriladi. Аvtomatik zahira kiritish (АVR) ning ba’zi modellarida yelektr stansiyasining normal va to’g’ri ishlashini ta’minlash uchun barcha kerakli parametrlarni mustaqil dasturlash mumkin.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling