Gidravlik bog’lovchilar


Download 191.5 Kb.
bet1/6
Sana06.05.2020
Hajmi191.5 Kb.
#103795
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Оқ портландцемент ишлаб чиқариш(1)


Kirish

Insonlarning chiroyli baland binolarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda, binolarning mustahkamligi va chiroyini ta’minlashda bog’lovchilarning o’rni juda muhimdir.

Bog’lovchi modda - bu tuyilgan kukunni ma’lum bir sharoitda suv bilan qorishtirganda quyuq holatga kelib, sekin bo’tqa holatidan qotish jarayoniga o;tib sun’iy toshga aylanadigan qurilish ashyolaridir.

Bog’lovchi moddalar bundan 4-5 ming yil avval sun’iy yo’l bilan xosil qilinganligi ma’lum. Misr, Yunoniston, Rum va Vavilonda oxak qorishmasi xamda gidravlik qo’shimchalardan tayyorlangan beton inshootlar hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda.

Bog’lovchilar organik, anorganik va organik-mineral guruhlarga bo’linadi. Anorganik yoki mineral bog’lovchilar kukunsimon bo’lib, mayday va yirik toldirgichlar bilan birga suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil bo’ladi va asta-sekin qotishi natijasida sun’iy toshga aylanadi. Anorganik bog’lovchilar ishlatilishiga va xossalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

Havoyi bog’lovchilar – ohak, gipsli bog’lovchilar va kaustik magnezit. Ular suv va nam ta’sirida bo’lmagan sharoitda qotish hossasiga ega.

Gidravlik bog’lovchilarfaqat havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish hususiyatiga ega. Masalan, gidravlik oxak, portlandtsement, giltuproqli tsement, putstsolan portlandtsement, toshqolli portlandtsement kengayuvchi tsementlar va boshqalar.

Kislotalarga chidamli bog’lovchilarning qotish jarayoni, keyingi mustaxkamligini ortishi kislotalar tasirida ham davom etaveradi. Bunga kislotaga chidamli tsementlar va eruvchan suyuq shisha asosida olinadigan qorishmalarni misol qilish mumkin.

Tsementning ixtiro qilinishi beton xossalarining, qurilish texnikasida yangi davr ochilishiga olib keldi. Gidrotexnik inshootlar qurish zarurati suvga chidamli bog’lovchi moddalarni izlashni talab etsa, temir-beton konstruktsiyalarning qurilishda keng ishlatilishi portlandtsementning yangi, tez qotuvchi, mustaxkam turlarini yaratish ehtiyojini tug’diradi. Tsementning sho’r suv ta’sirida buzilishi aniqlangach, bu boradagi tadqiqotlar natijasida, yangi tsement turi – sulfatga chidamli portlandtsement ixtiro qilindi.

Angliyalik tadqiqotchi Jozefo Aspdin shu sohada ish olib brogan. U 1824-yili yaratgan “sun’iy tosh ishlab chiqarishning usuli” ishi uchun patent oldi. Bu sun’iy tosh Portland shahri yaqinida qazib olinayotganligi sababli portlandsement deb atalgan.

Bir qancha tadqiqotlardan shu narsa aniqlandiki, Portland – sement klinkeri hosil qilish uchun xomashyoni qisman eriy boshlaguncha kuydirish kerak. Aks holda uch kalsiyli silikat hosil bo’lmaydi. Holbuki Portland - sement tarkibida ana shu silikatning borligi suvga chidamli boshqa sementlardan farqlanadi. 1000 – 11000C da, ya’ni karbonat angidrid gazi ajralib chiqib ketguncha bo’lingan haroratda esa xomashyo maromida qovushib pishmaydi. An shunday taxlillar asosida olimlar Portland – sement birinchi bo’lib rus quruvchi – muxandisi E. Cheliyev ixtiro qilganligini e’tirof etishdi. Zero, J. Aspdin 1000 – 11000C da Portland – sement klinkeri hosil qila olmagan. U yaratgan suvga chidamli ohakka yaqin bo’lgan semant hatto o’z vatani Angliyada ham tan olinmadi, lekin J. Aspdin bergan nom patent olinganligi tufayli hozirgacha ishlatilib kelinmoqda.

Hozir dunyoning 120 dan ko’p mamlakatida sement ishlab chiqariladi. Biroq bu sexda yetakchi mamlakatlar 15 ta bo’lib, ular butun sunyo sementining 85% ini, shundan 5 mamlakat 50% ini yetkazib beradi. Ba’zi mamlakatlarda sement ishlab chiqariah endigina yo’lga qo’yilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda sement ishlab chiqarish surati jadallashmoqda. Zamonaviy qurulish sanoatining asosi bo’lmish sement ishlab chiqarish va ishlatish har bir mamlakatlarning iqtisodiy qudratini belgilovchi omillardan biridir.

1926 – yilning iyunida Bekobod shahrida ilk bor sement ishlab chiqarila boshlandi. O’zbekiston sementchilari olimlar bilan hamkorlikda ish olib borib, uysozlik zavodlariga tez qotadigan, irigatsiya inshoatlari uchun sulfatga chidamli neft, va gaz quduqlari uchun tamponaj, pardozlash ishlariga oq rangli hamda boshqa hil sementlar ishlab chiqarishni o’zlashtirdilar. Dastlabki 3 yil davomida korxona portlandtsement ishlab chiqarishni o’zlashtirib,yiliga 28 000 tonnadan mahsulot berdi.O’sha vaqtlarda zavod zamonaviy hisoblangan soattiga 4 tonna kilinker ishlab chiqaradigan 45 m li aylanma pechga ega bo’lgan. Unda hom ashyo va klinkerni tuyuvchi shar tegirmonlar va 1000 kVt quvvatli elektro stansiyaga ega bo’lgan.

1936 – 1937 yillardagi birinchi rekonstruksiyadan keyin zavod yiliga 155 000 tonna mahsulot bera boshladi.Zavod 1959 yili qayta rekonstruksiya qilinib, ancha kengaytirildi.Ikkita 118 metrli aylanma pech o’rnatildi.1961 yili yana bitta 150 metrli pech ishga tushirildi. Natijada zavodning yillik quvvati 720 000 tonnaga yetdi.Endilikda zavod texnalogiyasi uzluksiz takomillashib,ulkan korxonaga aylandi. 1970 yili korxona quvvati 800 000 tonnani tashkil etgan bo’lsa,oxirgi X ta besh yillikda stement ishlab chiqarish 1 mln 50 000 tonnaga yetdi.

M.G’ulomov tavsiyasiga binoan Angrendagi past sifatli kaolinitli tuproqdan va Ohangoron ohaktoshidan juda yaxshi qovushib pishadigan yuqori mustahkamlikga ega bo’lgan oq sement olinmoqa.

O’zbekiston tsement ishlab chiqarish bo’yicha ittifoq davridayoq ittifoq bo’yicha to’rtinchi, o’rinni egallagan va Avg’oniston,Pokiston va Eron kabi mamlakatlardan o’zib ketgan edi.

Ittifoq davrida zavodlarimizga hom ashyolar boshqa davlatlardan olib kelingani uchun 1991 – yili milliy mustaqilligimizga erishganimizdan so’ng tsment zavodlardagi ish ohsayotgandi.Mamlakatimizda olib borilgan izchil islohatlar natijasida 1995 – yildan boshlab tsment zavodlari barqaror ishlay boshladi.Jahon standartlariga javob beradigan tsementlar ishlab chiqarila boshlandi.Eksport oshdi.Har yili 2 mln tonnage yaqin tsement eksport uchun mo’ljallanmoqda.

Respublikamizda chiqariladigan barcha tsementlarga 20 % gacha faol qo’shimchalar qoshiladi Asbesttsement va maxsus inshoatlar uchun ishlatiladigan tsementlarga faol qo’shilmalar ishlatilmaydi.Tsement klinkerini tuyishda Angren loyidan tayyorlangan faol qo’shilmalardan 40 % gacha qo’shish mumkun. Bunda tsement markasi pasaymaydi.

Shuni aytish kerakgi bog’lovchi moddalarning istiqboli ya’ni har taraflama rivojlanishi qurilish

ning barcha jabhalarida rivojlanishlarga sabab bo’ladi.



Mahsulotnnig fazilati

Oq portlandtsеmеnt – bu tarkibida ozgina 0,45% tеmir oksidi bo’lgan oq klinkеrni mayda tuyishdan xosil bo’ladigan gidravlik bog’lovchi modda.

Klinkеrni tuyayotganda 15% gacha gidravlik yoki 10% gacha inеrt qo’shilmalar qo’shishga, shuningdеk, tishlashish muddatlarini kеragicha o’zgartirib turish uchun SO3 ga xisoblaganda ko’pi bilan 3% gip solish ruxsat etiladi. Gips va qo’shilma tuyilganidan kеyin ana shu nav sеmеnt uchun bеlgilangan darajada oq bo’lishi kеrak.

Portlandtsеmеnt klinkеri minеrallari tarkibida qanday oksid borligiga qarab xar xil rangda bo’ladi. Masalan, kalsiy silikatlari oq, C3S, chunonchi, C2S dan oqroq. Ayniqsa uch kalsiy alyuminat oppoqligi bilan ajralib turadi. To’rt kalsiy alyumofеrrit tеmir oksidlari tufayli qoraroq tusda. Shu sababli odatdagi portlandtsеmеnt kulrang-yashil tusda bo’ladi. Dеmak, klinkеrda bo’yovchi oksidlar, ayniksa Fe2O3 bo’lmasa, bunday sеmеnt oq rangli bo’ladi. Shunday qilib oq porlandtsеmеn ishlab chiqarishdagi asosiy vazifa, tarkibida tеmir oksidi bo’lmagan yoki juda oz miqdorda bo’lgan xom ashyoni ishlatishdan iboratdir. Bunday klinkеrda S4AF xam dеyarli bo’lmaydi.

Biroq ma'lum ximiyaviy tarkibli xom ashyoni ishlatishning o’zi nixoyatda oq portlandtsеmеnt ishlash uchun kifoya qilmaydi. Bo’yovchi oksidlar sеmеntga yoqilg’i kulidan yoki tuyayotganda sharlardan yo tеgirmonning po’lat toplamidan o’tishi mumkin. Shuning uchun klinkеrni kuydirayotganda kulsiz suyuq va gazsimon yoqilg’i ishlatiladi. Klinkеr kuydirib bo’lgan zaxotiyoq «oqlanadi». Buning uchun qaytarish muxit ta'siriga uchratiladi. Shunda klinkеr tarkibida bo’lgan Fe2O3 kurinishidagi tеmir oksidi kamrak buyaydigan Fe3O4 ga aylanadi va sеmеnt yanada oqaradi.

Xom ashyo aralashmasi va oq sеmеnt klinkеri maxsus qattiq, kam yеyiladigan po’lat yoki chinni plitalar koplangan shar tеgirmonlarda maydalanadi.

Oq portlandtsеmеnt klinkеrini ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo tariqasida nixoyatda oppoq matеriallar ishlatiladi: sof oxaktosh yoki bo’r va kaolinlar (kupincha kaolin sanoati chiqindilaridan foydalaniladi).

Oq portlandtsеmеnt suvda qorgandan kеyin kamida 30 min dan so’ng tishlasha boshlashi, kеchi bilan 12 soatdan kеyin tishlashib bo’lishi lozim (istе'molchi bilan kеlishilsa, tishlashish mudatlari boshqacha bеlgilanishi xam mumkin).

Sеmеntning tuyilish maydaligi 021 nomеrli elakdan batamom elanib utishiga va 009 nomеrli elakda ko’pi bilan 15% qoldiq qolishiga qarab aniqlanadi.

Siqilishdagi mustaxkamlik chеgarasi bo’yicha oq portlandtsеmеnt 250; 300 va 400 markalarda ishlab chiqariladi. Klinkеrda ancha miqdorda C3S va C3A bo’lgani uchun oq sеment tеz mustaxkamlana boradi.

Oq portlandtsеmеntlar tashqi va ichki mе'morchilik-bеzash, xaykaltaroshlik, bo’yash ishlarida qo’llaniladi.

Oq sеmеntlar yig’ma bеton buyumlar ishlab chiqarishda ya'ni:

binolarning tashkarisini qoplash (qoplama plitalar va arxitеktura dеtallari)da;

yirik dеvor bloklar va panеllarga qoplashda;

xonalarning ichiga koplanadigan koplama plitalar ishlashda;

rangli korishmalarni tayyorlash va boshka soxalarda kеng ishlatiladi.

Ana shu sеmеntlarda foydalangandan qoplamaning tannarxi shu maqsadda ishlatiladigan boshqa matеriallar (kеramik, tabiiy toshlar) tannnarxiga qaraganda kamayadi. Birok ko’pga chidashi jixatidan ba'zan kеramik va tosh qoplamalardеk bo’la olmaydi. Shu sababli bir qator xollarda bino oldini bеzashda ko’p bеton ishlatib bo’lmaydi. Sеmеnt og’irligining 0,1 – 0,15 % miqdorida gidrofob qo’shilmalari ishlatilsa bir muncha ko’pga chidaydigan bo’ladi.

Texnalogik qism.

1.Sexlarning ishlash rejasi

Bog’lovchni ishlab chiqarish zavodlari odatda ikkita asosiy sexga ega bo’ladi. Ular: kuydirish va maydalash tsexlari. Bazi bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish sexlarida zavodlarida uchinchi sex tuyish sexlari ham mavjud bo’ladi.

Tayyor mahsulotlarning ombori bilan kuydirish sexlari uchun ishni sutkada uch navbat bo’yicha va bir yilda uzluksiz hafta bo’yicha 350 kun deb hisoblaydi,qolgan 10 kunni har yili tuzatish uchun ajratiladi. Asosiy ish olib bormaydigan yoki ishlab chiqarishda ikkilamchi rol o’ynaydigan tsex va bo’limlar ikki navbat ish tarkibida ishlashi mumkin.

Maydalash sexlari uchun ish tartibi esa bir yilda uzluksiz hafta bo’yicha 305 kun,navbat navbat soni esa bir sutkada ikkita deb qabul qilingan,uchinchi navbatda esa asbob-uskunalarni tuzatish ishlari olib boriladi.

Bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish zavodlari uchun,agar sexlar bir-biridan omborlar bilan bo’linmagan bo’lsa,unda kuydirish va maydalash tsexlari bir ish tartibida ishlashi kerak.

Jadval №1



N

Sex bo’limlari

nomi


Bir

yilda


kunlar

soni


Bir sutkada

navbat


soni

Ish

navbati-


ning

vaqti


Bir yillik

ishlash


vaqti

(soat)


Ishlatilishi

va

vaqti



(soat)

Ish vaqtining

bir yillik

fondi

(soat)


1

maydalash

sexi


305

2

8 soat

2440

4880

7320



2.Tsexda ishlab chiqarish.

Har bir ishlab chiqarish jarayonida,yetkazib berishda, saqlashda, foydalanishda va boshqa jarayonlarda albatta talofatlar, braklar umuman olganda yo’qotilishlar bo’ladi. Shuning uchun hisoblanganda albatta bu jarayonlarni ham hisoblash zarur.



Bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish zavodlari uchun talofatlar 1 – 3 % gacha olinadi.Har texnalogik jarayon uchun ishlab chiqarishni hisobi quydagi formula bo’richa hisoblanadi.

П=

Bu yerda:П - hisoblaydigan jarayonni ishlab chiqarish.

П - loyihalashtirilayotgan tsexning bir yillik ishlab

chiqarishi.

Б - ishlab chiqarishdagi talofat.
Jadval №2


Sex bo’limlari

nomi


Mahsulot

ning


nomi

Bir yilli

ishlab chiqarishlar



soni

Ishlab



chiqarish,



tonna


(kg)


yilda

sutkada

navbatda

soatda

Maydalash

Oq sement

1500000



5070

2535

316

Korxonaning ishlab chiqarish hisobi
П=


Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling