Gidravlik yo’qotishni ikki turi. Tezlik va sarfni o’lchash usullari hamda asboblari reja: G


Download 1.02 Mb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#1024920
1   2   3
Bog'liq
6,GIDRAVLIK YO’QOTISHNI IKKI TURI.TEZLIK VA SARFNI O’LCHASH USULLARI HAMDA ASBOBLARI

Vq(jq-j) =(P1-P2)f0 (13)

U holda ishqalanish kuchi e‘tiborga olinmaydi; (13) tenglama asosida qalqovichdagi bosimlar farqi:


(14)
ΔP – bosimlar farqi, Pa.
(14) tenglama bosimlar farqi qalqovichning hajmi, kesim yuzaga, qalqovich va muhitning solishtirma og’irliklariga, ya‘ni o’lchash jarayonida o’zgarmaydigan kattaliklarga bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, sarf o’dchanayotgan bosimlar farqi o’zgarmas. O’lnayotgan muhitning rotametr devorlari va qalqovich orasidagi o’tish tezligi
(15)

bu еrda - o’tish tezligi, m/s; (15) tenglamadan


(16)

(15) va (16) tenglamalarni tenglashtirsak, oraliq oqim tezligiga ega bo’lamiz




(17)

Oqimning xalqa oralig’idagi tezligi va uning yuzasi ma‘lum bo’lgach o’lchanayotgan muhitning hajmiy sarfini aniqlash mumkin:




(18)

bu еrda Qq – o’lchanayotgan muhitning hajmiy sarfi, m3/soat. Α – sarf koeffitsienti, bu eksperimental kattalik bo’lib, suyuqlikning qalqovichga ishqalanish ta‘sirini muhit uyurmasi hosil bo’lgandagi bosim sarfini nazarda tutadi. Ildiz ostidagi kattaliklar doimiy bo’lgani uchun ularni K koeffitsient bilan almashtirish mumkin. Unda




(19)

Bu bog’lanish chiziqli bo’lgani sababli rotametrning shkalasi teng bo’linmali bo’ladi. Rotametrlarning α sarf koeffitsienti analitik usulda aniqlash qiyin bo’lgan bir qator kattaliklarga bog’liq. Shuning uchun har bir rotametr eksperimental ravishda darajalanadi. Sarf tenglamasiga kirgan barcha kattaliklar darajalanish shartlariga muvofiq bo’lgandagina shkalaning bu tarzda darajalanishi aniq bo’ladi. Qalqovichning ustki qismi qiya kesiklar tarzida ishlanadi, shu sababli qalqovich vertikal o’q atrofida aylanadi. Qalqovich naycha ichida uning devorlariga tegmay aylanadi, bunda uning sezgirligi oshadi.


Tajriba va sanoatda shisha va metall korpusli rotametrlar chiqariladi. Metall korpusli rotametrlar shkalasiz o’lchov asboblaridir.
2-rasmda shisha naychali rotametrning tuzilish sxemasi kursatilgan. Bu asbob korpus 5 ga ustunlar 4 yordamida urnatilgan konussimon naycha 2 dan iborat. Naycha ichida pastdan yuqoriga oqadigan suyuqlik yoki gaz oqimi ta‘sirida vertikal harakat qiluvchi qalqovich 1 bor. Asbobning shkalasi 3 bevosita naycha ustida darajalanadi. Hisoblashlar qalqovichning ustki gorizontal tekisligi bo’yicha olib boriladi.
Shisha konik naychali rotametrlar suv bo’yicha 3000 l/soat va havo bo’yicha 40 m3/soat o’lchov chegarasiga; 0,6 MPa (6 kgk/sm2) gacha ish bosimiga mo’ljalangan.
Shkalasiz rotametrlar ko’rsatuvchi yoki qayd qiluvchi ikkilamchi differensial-transformatorli asbob tarkibida ishlatiladi. Rotametrlar ortiqcha ishchi bosim ta‘siridagi muhit sarfini o’lchash uchun 1,6 va 6,4 Mpa (16 va 64 kgk/sm2) o’lchash chegarasi bilan chiqariladi. Bu asboblar kattaroq ortiqcha bosimlarga ham muljallab chiqariladi. Bundan tashqari, doimiy 0…5 mA tokli chiqish signali bilan ishlaydigan rotametrlar ham mavjud. Ularning suv bo’yicha o’lchash chegarasi 16000 l/soat. Tarkibiga ikkilamchi asbob kirgan rotametrlarning aniqlik sinfi 2,5.
ADABIYOTLAR



  1. Islom Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Toshkent, O’zbekiston, 1997.

  2. B.E.Muhamedov Metrologiya. Texnologik ko’rsatkichlarini o’lchash usullari va asboblari Toshkent, - O’qituvchi. 1991.

  3. Г.М.Иванов, Н.Д.Кузнецов, В.С.Чистяков. Теплотехнические измерения и приборы. М: Энергоатомиздат. 1984.

  4. В.С.Чистяков. краткий справочник по теплотехническим измерениям. –М: Энергоатомиздат. 1990.

  5. Н.Д.Кузнецов В.С.Чистяков. Сборник задач и вопросов по теплотехническим измерениям и приборам. . –М: Энергоатомиздат. 1986.

  6. Гольцман В.А. Приборы контроля и средств автоматизации тепловых процессов. М.: Высшая школа. 1980.

  7. SHoyunusov Sh.SH. Issiqlik texnika o’lchovlari fanidan ma‘ruza matnlari. ToshDTU. 2000.

  8. SHoyunusov Sh.SH., Raximdjanov R.T. Issiqlik texnika o’lchovlari fanidan tajriba ishlari uchun-uslubiy qo’llanma. ToshDTU. 1999.

  9. Рахимджанов Р.Т., Шоюнусов Ш.Ш., Алимов Х.А. Теплотехнические измерения. Учебное пособие для бакалавров обучаюшихся по направлению «Теплоэнергетика» ТашГТУ 2002.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling