1. Boybo`ri ukasi Boysaridan zakot olish uchun uning huzuriga nechta mahramini yuboradi? J: 14 mahramini
Download 19.3 Kb.
|
1 Alpomish dostoni
1 Alpomish dostoni. 1.Boybo`ri ukasi Boysaridan zakot olish uchun uning huzuriga nechta mahramini yuboradi? J: 14 mahramini 2.”Majlisi kun bo`lsa, to`rdan joy tegmay, piyoladan choy tegmay, bo`sag`aning oldida kovishga joy bermay, kovish bilan aralashib, it yiqilish bo`lib, paygabetda yotar edi”. Bu ta`rif qaysi personaj haqida? J: Yortiboy oqsoqol. 3.Alpomishga “Boybo`ri o`lib , moli senga qoldimi?”- deya do`q urgan personaj kim? J: Qultoy. 4.Barchin Alpomish haqida ko`rgan tushini qaysi kaniziga aytib undan tushning ta`birini so`raydi? J: Suqsuroy. 5.”Ko`kqamish ko`lidan suqsur uchirdim, Suqsurni izlagan lochin bo`laman”. Ushbu so`zlarni Alpomish kimga aytgan? J:Qorajonga 2 Ikki eshik orasida 1.Ikki eshik orasida romanida urush davridagi o`zbek onalarining siymosi qaysi obrazda mujassamlashgan? J:Qora amma 2.Qora amma nechta farzandini yerga bergan edi? J:Oltita 3.Romandagi “taqdir kulib boqmagan, onasidan erta yetim qolib,otasi tarbiyasida ulg`aygan qiz” kim? J: Robiya 4.” …qovjiragan guldek ko`zimning oldida so`lib boryapti. Yoshi o`ttizga qarab ketyapti.Sovchilar “qari qiz” deb qadamini uzib qo`yganigayam ancha bo`ldi”. Parcha qaysi asardan olingan va kim haqida? J: Ikki eshik orasi romani, Robiya haqida. 5.”Ikki eshik orasi” romanidagi oqsoqolning ismi…? J: Orif 3. Xamsa
1.Xamsa asari qachon yaratilgan? J:1472-1476-yillarda 2.”Layli va Majnun” dostonida sevishganlarning ilk uchrashuvi qaysi faslga to`g`ri keladi? J: Bahor fasliga 3.Alisher Navoiy 1484- yilda qaysi uchta dostonni yaratgan? J:”Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “ Sab`ayi Sayyor” kabi ishqiy-sarguzasht dostonlari 4.”Farhod va Shirin” dostonini muallif qanday doston deb ataydi? J: Shavq dostoni 5.Dostonlar qanday muqaddima qismlari bilan boshlanadi? J: Hamd va na`t qismlari bilan. Yani Hamd-Yaratuvchimiz Allohni ulug`lash,unga shukronalik, Na`t esa – payg`ambarimiz Muhammad alqovidir. 4. Sohibqiron 1.Sohibqiron asarida Amir Temurning o`z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani qaysi timsol orqali aks ettirilgan? J:Sulton Boyazid 2.Sohibqiron asarida Amir Temurning ezgu amalli kishilarni taqdirlashi qaysi timsol orqali aks ettirilgan? J: Qosimbek 3.”Sohibqiron” dramatik dostoni qachon yozilgan? J: 1996-yilda 4. Sohibqiron dramatik dostonida Buqalamunning asl ismi….? J:Itolmas 5.Sohibqiron dramatik dostonida Amir Temur qo`shinining o`ng qanotini kimga topshiradi? J: O`g`li Mironshohga. 5.Me`mor 1. Mirmuhsinning Me`mor romani qachon yozilgan? J:1974-yilda 2. Me`mor asarida Movarounnahrni “Dunyodagi eng mamlakat” deya kim ta`riflagan? J: Me`mor 3.Me`mor asaridagi Badianing muhabbatiga sazovar bo`lgan yigit kim? J:Zulfiqor 4.Me`mor asarida aravakash yigit kim edi? J:Horunbek 5.Me`mor umr bo`yi ichib kelgan, suvi totli daryo qaysi edi? J: Zarafshon 6. Guliston 1.Guliston asari qachon yozilgan? J: 1258-yilda 2.Sa`diyning qaysi asaridagi bir hikoyatdan yomon xotin davosiz dard, hayosiz dushman kabidir degan xulosa chiqadi? J: Guliston asarida 3.”Guliston” asarida qaysi shoh buloq boshiga “ Ko`plar ham bu chashma boshiga yetdi, suv ichdi, dunyodan ko`z yumib ketdi….” Degan so`zlarni yozdirgan? J: Jamshid 4.”Qorning to`q asa arpa noni yaxshi ko`rinmas “ misralari She`roziyning qaysi asaridan olingan? J: Guliston 5.”Erta kun arpaga zor bo`lmay desang, Bukun ek. Shoyadki bug`doy non yesang” hikmatli so`zlar kim tomonidan aytilgan? J: Sa`diy She`roziy 7. Ichindagi ichindadir 1. Rumiy “Ichingdagi ichingdadur” asarida qaysi asaridagi murakkab falsafiy muhokama va mushohadalarni soda shaklda tushuntirib bergan? J: Masnaviy 2.Qaysi ijodkor uchun muhabbat butun borliqni harakatni keltiruvchi kuch edi? J:Jaloladdin Rumiy 8. Ot kishnagan oqshom 1.”Ot kishnagan oqshom” Ziyodulla kalni kim doim o`rtoq Qurbonov deb chaqirardi? J:Pochtachi 2.”Ot kishnagan oqshom” asarida “shu-shu deb turadigan, familiyasi ham “Shu”dan boshlangan baliqchi kim? J: Shukurov 3.”Ot kishnagan oqshom” asarida bozorda mayizning narxi osmonda akanligini aytib, Ziyodulla kalni mayiz sotishga undagan hamsoyasi….? J:Qulmat polvon 4. Oldiniga kal deganlaridan ranjigan, keyin esa kal demaganlardan ranjigan Ziyodulla kal qaysi asar qahramoni? J: Ot kishnagan oqshom qissasi 5.”Ot kishnagan oqshom” asarida Ziyodulla kal otining nomi…..? J: Tarlon 9. Ufq 1.”Ufq” trilogiyasining “Qochoq” parchasidagi rais tog`aning ismi kim? J: Rayim 2.”Ufq trilogiyasidagi Tursunboyning sevgilisining ismi kim? J:Zebi 3.Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi haqida kim:”Bu kitobni kitobxon boshdan oyoq shavq bilan, hech qayerda tutilmasdan, ishtahasi bo`g`ilmasdan o`qib chiqadi… Kitobda qimirlagan har bir jonning qayg`usi, quvonchi, muhabbati, g`azabi, og`zidan chiqadigan har bir so`zi rost”,- deydi? J:Abdulla Qahhor 4.”Odam qiyofasi yillar o`tishi bilan, sharoit ta`siri bilan o`zgarib ketishi mumkin. Faqat odamning ko`zi o`zgarmaydi”.Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J:”Ufq” trilogiyasi “Qochoq” parchasidan 5.”Ufq” trilogiyasida Kasalmandligi uchun urushga olinmagan, odamlar uchun har qanday yumushni bajarishga tayyor bo`lgan, hatto mehnat haqi olishdan ham bosh tortgan qahramon kim? J:Nizomjon 10.Qorako`z Majnun 1.”Qorako`z Majnun” hikoyasi qachon yaratilgan? J:1999-yil yanvarda 2.Qorako`z Majnun asarida “U yoshligida juda chiroyli qiz bo`lgandi. Sochlari taqimini o`pardi. Taraganda shamshod taroq ushlagan qo`llari sochining uchigacha yetmasdi”,- deb kimga ta`rif berilgan? J: Saodat ayaga 3.”Qorako`z Majnun” hikoyasida Saodat aya qiz nevaralariga, kelin-u qizlariga albatta nima olib borardi? J: O`sma 4.”Qorako`z Majnun” hikoyasida “ Ellik bir yoshda yetmish yashar chol bo`lib qo`ya qopti”- deb kimga nisbatan aytilgan? J:Bo`rixonga 5.”Qorako`z Majnun” hikoyasi uchun nimalar epigraf tarzida keltirilgan? J:Baqara surasi, 217-oyat; Al-jome al-Kabir, hadisi sharif 11. Ulug`bek xazinasi 1.Mirzo Ulug`bek oltin quymalarini tilla tangalarga almashtirishda Ali Qushchiga kim yordam bera olishini aytadi? J: Xo`ja Salohiddin zargar 2.Mirzo Ulug`bekning suyukli navkari kim edi? J:Bobo Husayn Bahodir 3.Ulug`bek xazinasi romanida Kech qal`asi dorug`asi kim edi? J:Amir Kamoliddin 4. Mirzo Ulug`bekni “shohi shashir” – buzuq shoh deb e`lon qilgan kim? J:Gavharshodbegim 5. Ulug`bek bobosidan qolgan xazinani nimaga sarflash niyatida edi? J:Saltanatni obod qilmoq, madrasa qurib ilm-fan rivojiga sarflamoq 12.Alvido bolalik 1.”Baxtli bolalik emas, alvido bolalik deya insho yozsak bo`lmaydimi” – degan o`quvchining ismi? J:Zoirali 2.Alvido bolalik asarida Qamariddinning qanday nuqsoni bore di? J:Ko`zlari g`ilay edi 3.Alvido bolalik asarida “Otasi aravakash, dars tugashi bilan somonbozorga yuguradi”- degan ta`rif kim haqida? J:Ergash 4. Alvido bolalik qissasidagi adabiyot fani o`qituvchisining ismi kim edi? J:Samad aka 5.Alvido bolalik asarida “Pul dengiz bo`lib mavjlanadi ularning uyida.Biroq o`zlari xohlaganicha ishlata olmaydi.”- parcha kim haqida? J:Otaulla 13.Dunyoning ishlari 1. Dunyoning ishlari qissasi haqida qaysi adib “…dostondek o`qiladi. Uni o`qib o`z onalarimizni o`ylab ketamiz.” -degan? J: Said Ahmad 2. Dunyoning ishlari qissasidagi “Qarz” hikoyasida Hakima aya qo`shni bolalarga nimalar olib beradi? J:Tufli, ko`ylak, uch oyoqli velosiped 3. Dunyoning ishlari qissasidagi “Gilam paypoq” hikoyasidagi tabib buvaning ismi kim? J: Hoji buva 4. Qaysi hikoyada onasi undan “ Meni ham kitob qilgin o`g`lim” –deb so`raganini esga oladi? J: Iltijo 5.Gilam paypoqni Kavkaz tomonlarda qanday atashadi? J:Juba , jurabi 14.Navoiy romani 1.”Navoiy”romanida Navoiy kimga “Yaxshilik bilan nom qoldirmoqning o’zi ulug’ bir mukofotdir”deydi? J:Darveshaliga 2.”Navoiy “ romanining ikkinchi bobida Navoiyga Darveshali bir bino tarhini chizib beradi. Bu qaysi bino edi? J:Kutubxona 3.”Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar ,xalqni parvarish etsalar ,hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin-degan fikrlar qaysi asardan olingan? J:” Navoiy” asaridan 4.Xo’ja Afzal Navoiyga kim edi? J: Do’sti 5. “Navoiy “romanida “Belidan yuqorisi kengayib brogan ,qabariq ko’krakli ,miqti gavdali “-deya kim ta’riflangan? J:Husayn Bayqaro 15. Yulduzli tunlar 1.Yulduzli tunlar romanidagi qaysi parcha yozuvchi tomonidan ataylab asarga qo`shilgan? J:Onasi tomonidan Boburga Amir Temurning xotirotlari bitilgan daftarining taqdim etilishi. 2.Yulduzli tunlar romani mustabid tuzumi tazyiqi ostida chop etilmay yotdi? J: 6 yil 3.Yulduzli tunlar romanida Andijonni yashirincha Ahmad Tanbalga topshirgan tog`asi kim edi? J:Ali Do`stbek 4.Bobur necha yoshida Samarqand taxtida 100 kungina o`tirib, Andijonni fitnachilar qo`lidan qutqarmoq uchun ortga qaytadi? J: 16 yoshida 5. Yulduzli tunlar asarida Axsi dorug`asi kim edi? J:Uzun Hasan 16. Hayotga muhabbat 1.Hayotga muhabbat hikoyasida qanday fikr yuritilgan? J: Umid achchiq haqiqat bilan hisoblashishni istamasdi 2. Hayotga muhabbat hikoyasida kim oyog`I cho`loqlanib qolgan sherigini tashlab ketadi? J:Bil 3. Qaysi asarda adib o`quvchini o`lim chegarasida turgan inson va bo`rini qiyoslashga imkon beradi? J:Hayotga muhabbat qissasi 4. Hayotga muhabbat qissasida hikoya qahramonini kimlar topib oladi? J:Kit ovlovchi “ Bedford” kemasidagi ilmiy ekspeditsiya a`zolari 5. Jek London qayerda tug`ilgan? J:Koliforniya shtatining San- Fransisko shtatida fermer oilasida 17.Oq kema 1.Oq kema asarida bolaning eng sevimli toshi qaysi edi? J:Tank 2.”Oq kema “asarida Mo’min chol nimadan g’oyOlabosh atda faxrlanar edi? J:Bug’u avloidan bo’lganligi bilan 3.”Oq kema “asarida O’rozqulning o’zidan boshqa hech kimni minishga ruxsat bermaydigan oti….. J: Olabosh bo’z ot 4.Oq kema”asarida bola uchun qaysi o’simlik eng birinchi dushman edi? J:Chaqirtikanak 5.”Oq kema “ qissasi qahramonlarini sanang? J:Bola,Mo’min,O’rozqul, Bo’key, Guljamol 18.“Kichkina Shaxzoda” 1.“Kichkina shaxzoda” falsafiy ertagi qachon yaratilgan? J:1943-yil 2. “Kichkina shahzoda” ertagida yozuvchining samolyoti buzilib,qayerga tushib qoladi? J:Sahroyi Kabirda 3.”Kichkina shahzoda” ertagidagi qahramonlar qanday qahramon edi? J:Ramziy xarakterga ega qahramon edi 4.”Kichkina shahzoda” ertagida baobab daraxti nimaning ramzi? J:Yovuzlikning 5. “Kichkina shahzoda” ertagidagi qaysi qahramon ramziy xarakterga ega emas? J:Uchuvchi 19.Graf Monte Kristo 1.Graf Monte Kristo asarining bosh qahramoni kim? J:Edmon Dantes 2.Graf Monte Kristo asarining muallifi kim? J:Aleksandr Dyuma 3.Graf Monte Kristo asari o`zbek tiliga tarjima qilinganiga necha yildan oshdi? J: 40 yildan oshdi Download 19.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling