Gidrobiologiya


Download 290.5 Kb.
bet2/10
Sana30.04.2023
Hajmi290.5 Kb.
#1417574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gidrobiologiya amalyot-2 (2) (2)

dosent


KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi PF-5708-son «Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi va tarmoqlarida malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash maqsadida:


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 avgustdagi PQ-4421-son qaroriga asosan Toshkent davlat agrar universitetida
o‘quv mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlarni o‘tishda talabalarni innovatsion va yangicha fikrlashga yo‘naltiradigan yangi o‘qitish texnologiyalari hamda interfaol uslublarni, shu jumladan talabalarning mustaqil izlanishini ta’minlovchi mexanizmlarni keng joriy etildi.
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida hududlarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sohaga xalqaro ta’lim standartlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
Baliqchilikni rivojlantirish, baliq va baliq maxsulotlarining sifatini yaxshilish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish muammosi bugungi kunda asosiy dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu masalani xal etishda kadrlar tayyorlash tizimini islox qilish talab etiladi
“Gidrobiologiya” fani keng tarmoqli kompleks fan bo‘lib, bir qancha mustaqil fanlarni o‘z ichiga oladi. Suv ekosistemasida hayot kechiradigan organizmlarning tarqalishi, morfologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, filogenezi, sistematikasi va zoogeografiyasi bo‘yicha bilim berish. Gidrobiologiya fani suv organizmlarini o‘rganishda nazariy va amaliy masalalarni xal etib, biologiyaning ayrim yo‘nalishlarini rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Sayyoramizdagi barcha suvliklarning va ularda yashovchi barcha organizmlarni shuningdek, suv ekologiyasi, respublikamiz miqiyosida baliqchilikni rivojlantirishga va umumbiologik muammolarni xal qilishda markaziy o‘rinlarda turadi.
SHu maqsadda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida malakaviy amaliyotni tashkil etish va uni sifatli darajada o‘tkazish uchun tuzilgan amaliyot dasturi bo‘lg‘usi mutaxassislar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
5410600-Zooinjeneriya (Baliqchilik) yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv rejasiga muvofiq II-bosqichda
«Gidrobiologiya» bo‘yicha 1,5 hafta (54 soat) o‘quv amaliyoti o‘tkazish mo‘ljallangan.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING MALAKAVIY AMALIYoTI HAQIDA NIZOM


1.UMUMIY QOIDALAR.


Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Unda oliy ta'lim muassasalari talablarining malakaviy amaliyotini o‘tkazish shakllari, tartibi va uslublari belgilangan.
1.1 Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan talablar amaliyoti ilg‘or korxona, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.
Talablar amaliyoti bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari fanlarining nazariy qismini mustahkamlash zarur bo‘lgan o‘qish jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o‘tkaziladigan davomidir.
Malakaviy amaliyotlar bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura ixtisosliklari davlat ta'lim standartlarida (DTS) ko‘zda tutilgan turli shakllarda tashkil qilinadi.
Oliy ta'lim muassasasi ta'lim yo‘nalishlarining o‘ziga xosligini hisobga olib, kadrlar buyurtmachilari talablariga binoan, Ilmiy kengash qaroriga muvofiq amaliyotning boshqa turlarini kiritish xuqquqiga ega.
1.2. Har bir amaliyotning maqsadi, muddati va mazmuni DTS o‘quv rejalari va amaliyot dasturlarida belgilangan.
1.3. Amaliyot dasturlari tanlangan yo‘nalish (mutaxassislik)ning malakaviy talablari, korxona, muassasa, tashkilotlarning (bundan buyon amaliyot ob'ektlari) tavsifi hisobga olingan holda tegishli o‘quv muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va ularni oliy o‘quv yurtlari rektorlari tasdiqlaydi.
2. AMALIYОTNI TASНKIL QILISН VA UNGA RAHBARLIK.


2.1. Talabalar amaliyoti oliy ta'lim muassasalari, davlat va aktsiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo‘shma korxonalar va boshqalar bilan tuzilgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi.
2.2. Yuridik shaxslar bilan tuzilgan kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar amaliyot o‘tish uchun tegishli amaliyot ob'ektlariga yuboriladilar.
2.3. Amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazish uchun javobgarlik o‘quv yurtining rektori zimmasiga yuklanadi.
2.4. Amaliyot joylari, talabalarning katta guruhlari o‘tishini hisobga olib, oliy ta'lim muassasasi yaqinida joylashgan amaliyot ob'ektlaridan tanlanadi.
Mazkur tayanch joyda talabalar amaliyot o‘tadigan korxona yo‘q bo‘lsa, amaliyot ob'ektlari sifatida oliy ta'lim muassasasiga yaqin joylashgan korxonalardan foydalaniladi.
Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o‘tish mumkin.
2.5. Oliy o‘quv yurtlari:
-har yili 1 dekabrdan kechikmagan holda navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob'ektlari bilan shartnomalar tuzadi. Amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o‘tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob'ektlari bilan kelishilib oladi;
-amaliyot rahbari tajribali professor, dotsent va o‘qituvchilardan tayinlanadi;
-fan, texnika va madaniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va shunga o‘xshash masalalar bo‘yicha amaliyot ob'ektlari ma'muriyati bilan birgalikda mutaxassislarning ma'ruzalarini tashkil etadi;
-talabalar va amaliyot ob'ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta'minlaydi;
-ob'ektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish tartibi va o‘tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini nazorat etadi.


2.6. Oliy o‘quv yurti tayinlagan amaliyot rahbari:
-talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun ob'ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;
-talabalarning amaliyotga borishdan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o‘tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi xaqida ko‘rsatmalar berish va x.k.ni o‘tkazishni ta'minlaydi;
-talabalarning kafedra topshiriqlarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
-amaliyot ob'ektlari talabalarning mexnat va maishiy xizmat sharoitlari me'yordagidek ta'minlanganligini nazorat qiladi;
Talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi.
-amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishi va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi;
-talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqadi, ularning ishi xaqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o‘tganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi;
-barcha ishlarni amaliyot ob'ekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o‘tkazadi.
2.7. Talabalarning amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob'ekti rahbarining buyrug‘i bilan ma'sul xodimlarning biriga yuklatiladi.
Sex, bo‘lim, laboratoriya kabilarda talabalar amaliyotining bevosita rahbarligi amaliyot-ob'ekti boshlig‘ining buyrug‘i bilan ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘limning yuqori malakali mutaxassisi zimmasiga yuklanadi.
2.8. Shartnoma majburiyatlariga muvofiq amaliyot ob'ektlari:
-talabalar amaliyotini amaliyot dasturi va mazkur Nizomga muvofiq tashkil qiladi va o‘tkazadi;
-dasturga muvofiq talabalar amaliyot o‘tkazishning samaradorligini ta'minlovchi ish joylari bilan ta'minlaydi;
-talabalar ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘sh ish joylari mavjudligida, amaliyotchilarni tegishli ish xaqi bilan lavozimlarga qabul qiladi;
-amaliyotni o‘tishda oliy ta'lim muassasasi bilan kelishilgan oy kunlik ish jadvaliga amal qiladi;
- talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa xujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi;
- kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlari uchun mavzular tanlashda yordam ko‘rsatadi;
- xayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar beradi, zarur bo‘lgan xollarda talabalarni mehnatning xavfsiz usullariga o‘rgatadi va bu haqda xujjatlar rasmiylashtiradi;
- amaliyotchi talabalarning mazkur amaliyot ob'ektida joriy qilingan ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini ta'minlaydi va nazorat qiladi;
- yaqin atrofda joylashgan boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarga birgalikda tashriflar o‘tkazadi;
- talabalarning amaliyot o‘tish vaqtida mazkur amaliyot ob'ektining tegishli ishchilari uchun joriy qilingan shaxsiy himoya vositalari va maxsus ovqat, poyabzal, himoya kiyimlari bilan ta'minlaydi;
- shartnoma asosida talabalar yashashi uchun qulay sharoitli yotoqxonalar bilan ta'minlaydi. Zarur bo‘lganda ularni joylashtirish uchun turar joylarni ijaraga oladi;
- zarur bo‘lgan hollarda, ichki mehnat intizomini buzgan amaliyotchi talabalarga amaliyot ob'ekti rahbarining buyrug‘i bilan jalb choralari ko‘radi va bu haqda oliy ta'lim muassasasi rektoriga xabar beradi;
- amaliyot o‘tayotgan talabalar baxtsiz xodisaga uchragan xolatida javobgarlikni oladi.
2.9. Talaba amaliyot o‘tishda:
-amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarilishi;
-amaliyot ob'ektining ichki mehnat tartib qoidalariga bo‘ysunishi;
-mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat'iy rioya qilishi;
-bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori javobgarlik olishi;
-kundalik daftar yuritish, chizmalar, tasvrilar va boshqalarni bajarilishi;
-amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi va amaliyot bo‘yicha sinov topshirishi shart.
3. AMALIYОT NATIJALARINI YАKUNLASН.


3.1. Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda xisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob'ektidan tayinlangan rahbar imzolangan kundalik daftar bilan birga oliy ta'lim muasasasidan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabining amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar, amaliyot ob'ekti bo‘limlarining qisqacha izohi (tsex, bo‘lim, laboratoriya va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining xavfsizligi to‘g‘risidagi masalalar, amaliyot natijalari bo‘yicha xulosa va takliflarni o‘z ichiga olishi lozim.
3.2. Amaliyot yakunida talaba o‘z hisobotini oliy ta'lim muassasasi tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi.
Komissiya tarkibiga o‘tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi o‘qituvchi, oliy ta'lim muassasasi tomonidan biriktirilgan rahbar va imkoni bo‘lsa, amaliyot ob'ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi.
Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan - kursga o‘tishi va stependiya belgilashda hisobga olinadi.
Amaliyot yakuni oliy ta'lim muassasasining ilmiy-uslubiy anjumani va amaliyot ob'ektining ishlab chiqarish kengashida muhokama qilinadi.
Oliy ta'lim muassasasi va fakultet ilmiy kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.
3.3. Amaliyot dasturini bajarmagan, ishi haqida qoniqarsiz taqriz yoki hisobot himoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba ta'til vaqtida o‘z hisobidan qayta amaliyot o‘tishga jo‘natiladi.
Ayrim hollarda, bunday talabaning kelgusida oliy ta'lim muassasasida o‘qishi mumkinligi masalasi rektor tomonidan ko‘rib chiqiladi.
4.MODDIY TA‘MINOT.


4.1. Amaliyot ob'ekti hodimlariga amaliyotga rahbarlik qilgani uchun ish xaqi oliy ta'lim muassasasi bilan tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobiga to‘lanadi. Buning uchun butun muddat davomida tegishli talabalar guruhiga bitta rahbar hisobidan quyidagi me'yorlar bo‘yicha har oyda xaq to‘lanadi (asosiy ish joyining o‘rtacha ish xaqidan foiz hisobida);
A) amaliyotchi talabalarning soniga qarab umumiy rahbarlik qiluvchi amaliyot rahbariga:
11 dan 20 kishigacha-25%
21 dan 30 kishigacha-35%
31 dan 40 kishigacha-45%
41 dan 50 kishigacha-50 %
B) amaliyotchi talabalarning soniga qarab amaliyotga bevosita rahbarlik qiluvchi rahbarga:
4 kishigacha-20 %
5 dan 7 kishigacha-35 %
8 dan 10 kishigacha- 50%
Fermer xo‘jaligidagi amaliyot rahbari, hamda pedagogoik amaliyot uchun rahbarlik qilgan maktab hodimining ish haqi oliy ta'lim muassasasining amaliyot uchun ko‘zda tutgan mablag‘lar hisobidan beriladi. Ularning ish haqi me'yorlari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va Xalq ta'limi vazirliklari birgalikda tuzgan maxsus ko‘rsatmalari asosida Moliya, shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari bilan kelishilgan holda joriy qilinadi.
Talabalar amaliyotiga rahbar bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan amaliyot ob'ektida o‘tkazilggan ma'ruza, maslaxat va tashriflar uchun to‘lovlar, oliy ta'lim muassasalarining amaldagi tartibda, ko‘rsatilgan, soatbay to‘lov maoshi bo‘yicha, ishlab chiqarish amaliyoti uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar xisobidan oliy ta'lim muassasasi amalga oshiradi.
4.2. Talaba amaliyot davrida amaliyot o‘tish joyidan ish xaqi olish olmasligidan qat'iy nazar, uning umumiy qoidalar asosida stipendiya olish xuquqi saqlab qoladi.
4.3. Sirtdan o‘qiydigan oxirgi bosqichdagi talabalarga, tanlangan yo‘nalish (ixtisoslik) bo‘yicha bevosita ishlab chiqarishda ish bilan tanishish va bitiruv ishi (loyixa)ga zarur ma'lumotlarni tayyorlash uchun, tegishli o‘quv yurtining tavsiyasiga ko‘ra, muassasa rahbarlari ish haqi saqlanmagan holda bir oylik qo‘shimcha ta'til beradilar.
Ushbu talabalarga ko‘rsatilgan ta'til davrida umumiy qoidalar asosida stependiya beriladi.
4.4. Oliy ta'lim muassasasi hududidan ketish bilan bog‘liq amaliyotga jo‘natilgan kunduzgi talabalarga oliy o‘quv yurtining sarf-harajatlar jadvali hisobidan butun amaliyot davri uchun kunbay-safar puli to‘lanadi. Safar puli to‘lash amaliyotchi talabalarning ob'ektga borish va qaytish vaqti hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Amaliyot davrida ekspeditsiya va geologik guruhlarning mansab lavozimlariga qarab qilingan va ish haqi, dala ta'minoti yoki tekin ovqat beriladigan talabalarga safar puli to‘lanmaydi.
4.5. Kunduzgi o‘quvchi talabalarning amaliyot ob'ekti joylashgan joyga borish va kelishi uchun yo‘lkira haqi oliy o‘quv yurti mablag‘i hisobidan to‘lanadi.
4.6. Amaliyot davrida maosh oladigan lavozimlarda ishlaydigan talabalarga shu mutaxassis uchun tegishli me'yorda navbatdagi ta'til tovoni to‘lanadi. Avval ishlamagan talabalarga lavozimi, ishning boshlanishi va tugallanishini ko‘rsatuvchi buyruq nusxasi va mehnat sharnomasi tuzilganligi va to‘xtatilganligi haqida sanalar ko‘rsatilgan ma'lumotnoma beriladi.
Talabalar amaliyot davrida to‘lovli ish joyi va lavozimga qabul qilingan vaqtdan boshlab, amaliyot ob'ektidagi umumiy mehnat qonunlari, mehnat xavfsizligi va ichki mehnat tartib qoidalariga amal qiladi. Ish joyiga qabul qilinmagan talabalarga ham mehnat va ish kunining tartib qoidalari taalluqlidir.
4.7. Amaliyotga rahbarlik qilishga ketgan o‘qituvchi xizmat safarining to‘lovi, xizmat safarida bo‘lgan butun davr uchun xizmat safari haqidagi qoida asosida oliy ta'lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
4.8.Amaliyotni o‘tish davridagi talabalar boshqa korxonalarga tashriflarini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar oliy ta'lim muassasalarining amaliyotni o‘tkazish uchun harajatlar ro‘yxatida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
4.9. Tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, ta'nishilgan boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat idorasi bilan kelishilgan holda o‘z tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalarining talabalari amaliyot o‘tishi uchun yo‘l-yo‘riqlarni mazkur nizom asosida ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
II -BOSQICНDA “GIDROBIOLOGYA FANI AMALIYОTINI TASHKILLASHTIRISh VA UNI O‘TKAZISН DASTURIGA
KIRISН


O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tug‘risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillapggirish chora-tadbirlari tug‘risidagi PK-3704-son. 2019 yil 19 avgustdagi “Toshkent davlat agrar universitetn faoliyatini yanada takomillashtnrish chora tadbirlari to‘g‘risidagi PK-4421-son qarori. Vazirlar Maxkamasining qarorlari, qishlok xo‘jaligi xamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining buyruqlari va qarorlari, universitet rektori buyruqlari va mazkur Nizomdan kelib chiqqan xolda universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tasdiqlagan ish rejasi bo‘yicha amalga oshiradi.
Malakaviy amaliyotlar dasturlarida baliqchilik soxasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlar xamda joriy etilayotgan innovatsnon resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash. va raqamlashtirilgai texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilimlarni aks ettirishlan iborat.
YUrtimizda oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati jadal rivojlanmoqda Agrosanoatni moderiizatsiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida baliqchilik xo‘jaligi maxsulotlari etishtirish xajmi tobora ortib borayapti. SHuning barobarida, axolini yil davomida baliq maxsulotlari bilan uzluksiz ta’miilash maqsalila zamonaviy andozalar asosida baliqchilik korxonalari, qafaslarda baliq etishtirish maydonlariii kengaytirish, etishtirilgan baliq maxsulotlarini sifatli saqlash va qayta ishlash imkonini beradigan -korxonapar barpo etish sa’y-xarakatlarn xam aloxida etibordaki, bu oziq-ovqat maxsulotlari ta’minotining bar qarorligiga boshqacha aytgaida axoli dasturxoni farovonligiga xizmat qilmokda.
YUqorida qayd etilganlarni e’tiborga olgan xolda baliqchilik maxsulotlarini etishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlashning o‘quv rejasiga III kursi 6-semestri bo‘yicha 4 xaftalik ishlab chiqarish amaliyoti kiritilgan.

Download 290.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling