«Gidroenergetika sohasi rivojiga mening hissam»
Download 19.86 Kb.
|
Гидроэнергетика сохаси ривожига менинг хиссам 2
«Gidroenergetika sohasi rivojiga mening hissam » Subhidam. Tonggi toza musaffo havo. Tashqariga chiqdim. Quyoshning ilk nurlari ko‘zlarimni qamashtirdi. Qushlarning chug‘ur -chug‘uri atrofning go‘zalligiga yanada joziba kasb etib, dilni yayratadi. Beixtiyor atrofning naqadar go‘zalligini ko‘rib turganim, qushlarning mayin ovozini eshitib turganim, tabiatning jozibasi, uning musaffo iforini his etganim uchun shukronalik keltirdim. Biroz o‘ylanib qoldim... Tinchlik, osoyishtalik, to‘kin-sochin hayotimiz , bisyor imkoniyatlar -bularning barchasi yurtboshimiz sharofati bilan, biz yoshlarni xar tomonlama qo‘llab - quvvatlashidandir. Har bir oilaning tinch-totuv, baxtli hayot kechirishi , albatta, oila boshlig‘ining harakatlariga bog‘liq. Har bir oila boshining zimmasiga yuklangan vazifalar shu oilaning baxti, ravnaqi uchun bo‘lgani kabi yurtboshimiz ham o‘z oilalari va ularning hayotini yanada yaxshilash uchun bir qator qarorlar, farmonlar va qonunlarni tatbiq etdilar. Oilada, ayniqsa, xotin - qizlarimizning o‘rnini alohida belgilab bermoqdalar. «Oila va xotin qizlar tizimini qo‘llab- quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi yurtboshimiz farmonida ham xotin-qizlarimiz uchun bir qancha imkoniyatlar yaratilganligini ta’kidlashimiz joiz. Yurtboshimizning 01.03.2022-yildagi PF-81-sonli farmonida ham “Oil ava xotin-qizlar bilan ishlash, mahlla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarlari to‘g‘risida” bo‘lib, birinchi bandida xotin-qizlarimizga, gender tenglikka aloxida urg‘u berib o‘tganlar ya’ni xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko’nikmalar olishari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkolikni qo‘llab quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobilyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va shuningdek gender tenglikni, ayniqsa qishloqlarda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab quvvatlashga doir isloxatlarni amalga oshirish fikrlarini ham ilgari surib bu imkoniyatlar bir qancha xotin-qizlarimizni samarali mehnat olib borishlariga zamin yaratdi. Bundan tashqari, yanada ko‘p imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, uning asl negizi xotin-qizlarimiz ham o‘z oilalarining mustahkamligi uchun o‘z hissalarini qo‘shish imkoniyatidir. Gender tenglikni ta’minlash maqsadida ham bir qancha farmonlar chiqarilib, imkoniyatlar yaratilmoqda. Avvallari men o‘z kasbimni va vazifalarimni aytganimda “Ayol kishining vazifasi emas”, “Eplolmaysan”, “Qo‘lingdan kelmaydi” kabi so‘zlarni eshitgan bo‘lsam, endilikda baralla va faxr bilan ayta olaman. Men «O‘zbekgidroenergo» AJ tizimidagi “O‘rta Chirchiq GESlari kaskadi” unitar korxonasida elektromontyor lavozimida faoliyat olib bormoqdaman va men kasbimdan faxrlanaman. O‘tgan davr mobaynida ko‘pgina tajribalarga ega bo‘ldim. Gidrogeneratorlarda hamda transformatorlarda joriy va mukammal ta’mir ishlarida, modernizatsiya ishlarida ham ishtirok etib yanada kasbiy mahoratim oshdi. Korxonada ham faoliyat yuritayotgan xotin - qizlarimizga aloxida e’tibor qaratilgan. Hurmatli raisimiz, korxona direktori va bir qancha tashabbuskor xodimlar sabab korxonadagi xotin-qizlarimiz uchun shart-sharoitlar yanada yaxshilandi. Tizim korxonalaridagi xotin-qizlar uchun Oliy uquv yurtlarida tahsil olish imkoni yaratilib , tavsiya asosida oliy ta’limga qamrab olindi. Xurmatli Raisimiz tashabbuslari bilan tizim korxonalaridagi yosh kadrlarga va xotin-qizlarimiz uchun keng ko‘lamdagi imkoniyatlar yaratilganligi va gender tenglik masalasi bo‘yicha ustuvor vazifalarni, imkoniyatlarni amalda tadbiq etayotganlari taxsinga loyiq. Korxonada 12 yildan buyon faoliyat olib borar ekanman, bir qancha tajribali ustozlardan kasbiy ta’lim oldim. Faoliyatimni boshlaganimda xattoki elektr toki nima ekanligi haqida aniq tasavvurga ega emasdim . Hozirgi kunda maxoratli, o‘z kasbini sevuvchi ustozlarimizdan ko‘pgina bilimlarni olib, faoliyatimni davom ettirmoqdaman. Inson o‘z korxonasini, kasbini, hamkasblarini sevsa, o‘z vazifasini sidqidildan bajarsa, oldiga qo‘ygan har bir maqsadiga onsongina erishadi. Eng muhimi, hech qachon harakatdan to‘xtab qolishi kerak emas. Men hoxlar edimki, korxonada xotin-qizlarimiz, yoshlarimiz uchun tizim korxonalariga va bundan tashqari boshqa korxonalarga ham ekskursiyalar uyushtirilsa, biznes loyiha taqdimotlarida ishtirok etilsa, bir kancha tajribalarga ega bo‘lib, o‘z korxonalarida foydali biznes loyihalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratilsa, xodimga ham, korxona daromadiga ham qo‘shimcha mablag‘ keltirib, korxona ravnaqiga hissa qo‘shish imkoni bo‘ladi. Bundan tashqari xozirgi kunda ham yosh kadrlarimiz va xotin-qizlarimiz tomonidan ham bir nechta g‘oyalar berilgan bo‘lsada lekin bu g‘oyalar faqatgina qog‘ozlarda qolib ketayotgani va yoshlarimiz bir oz sustlashgani sir emas albatta. Kelgusida ushbu loyihalarni moliyalashtirish va amalda tadbiq etish maqsadida yillik “xarajatlar ro‘yxati” ga kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Har bir xodim bilan alohida suxbtlashib ularning ongida “uxlab” yotgan g‘oyalarini uyg’otib, ushbu g‘oyalarni moliyalashtirilsa balki tizim korxonalariga ham sezilarli darajadagi natijalarni ko‘rsatish mumkin. Bu albatta mening fikrim. Xulosa qilib aytganda yosh kadrlarga va xotin-qizlarimizga yetarli darajada imkoniyatlar ajratilsa, ularning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirishlariga zamin yaratilsa energetika tizimada yanada ko‘proq yutuqlarga erishish mumkin. Yoshlarni inovatsion g‘oyalarini eshitish maqsadida bir oyda bir marotaba biznes treninglar, raqamlashtirish tizimi, IT bo‘yicha darslar va mashg‘ulotlar uyushtirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Download 19.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling