6-mavzu. Oilaning turlari Reja: Oilaning tarixiy turlari


Download 35.43 Kb.
bet1/2
Sana19.02.2023
Hajmi35.43 Kb.
#1215113
  1   2
Bog'liq
6-мавзу (2)


6-mavzu. Oilaning turlari
Reja:
1.Oilaning tarixiy turlari.
2. Hozirgi vaqtda oilalarning xilma-xil shakllari.
3.Oʼzaro munosabatlar xarakteri boʼyicha oila turlari.
Tayanch tushunchalar: oilaning tarixiy turlari, monogam oila, toliq oila.


1.Oilaning tarixiy turlari.

Oila – nikoh munosabatlarini, urugʼ ichi munosabatlari va urugʼlararo munosabatlarni tartibga solish zaruriyati bilan yuzaga keldi. Oila jamiyatning tayanchi, uning zarrasidir. Ongli oila boʼlib yashash dunyodagi barcha jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir. Rivoyatlarda, oila tarixining Odam Аto va Momo Havodan boshlangani maʼlum qilinadi. Har bir insonning oʼzi bir olam, ular aslo biri-birini takrorlamaydi. Аna shu biri ikkinchisiga oʼxshamaydigan odamlarning, yaʼni er va xotinning ixtiyoriy ittifoqidan oila deb ataluvchi yangi bir olam, bu olamda oʼz navbatida yangi odamlar – farzandlar vujudga keladi. Bu yorugʼ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho neʼmat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. Bola tugʼilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos anʼanalar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Jamiyat shu tariqa barpo boʼladi, rivojlanadi, ijtimoiy taraqqiyot yuzaga keladi. Oʼzbekiston Sharq mamlakatlari sirasiga kiruvchi davlatdir. Maʼlumki, Sharqda qadimdan oila muqaddas sanalgan. Unga bunday eʼzozli munosabat bugungi kunda ham oʼzgargani yoʼq.


Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taʼminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson boʼlib yetishishiga bevosita taʼsir koʼrsatadigan tarbiya oʼchogʼi. “Oila - mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila – jamiyat negizi boʼlib, koʼp asrlik mustahkam maʼnaviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos boʼlgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar oʼgiti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Oiladagi sogʼlom muhit – sogʼlom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, oʼzaro hurmat va ahillikni taʼminlash – milliy mafkuradan koʼzda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch boʼladi.
Oila, oilaviy tarbiya haqidagi tarixiy manbalarni quyidagi bosqichlarga boʼlib oʼrganish maqsadga muvofiq:
birinchi bosqich – Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelgungacha mavjud boʼlgan taʼlimotlar (yahudiylik, zardoʼshtiylik, buddaviylik, xristianlik);
ikkinchi bosqich – IX-XII asrlarda, yaʼni islom Uy- gʼonish davridagi taʼlimotlar (Qurʼoni karim, hadislar, pandnomalar, mutafakkirlarning taʼlimotlari: Forobiy, Beruniy, Ibn Sino);
uchinchi bosqich – XIV-XV asrlar, yaʼni Аmir Temur va temuriylar davrida mavjud boʼlgan taʼlimotlar;
toʼrtinchi bosqich – xonliklar davridagi taʼlimotlar (XVI-XIX asrlar);
beshinchi bosqich – Markaziy Osiyo Chor Rossiyasi to- monidan bosib olingan davrdagi taʼlimotlar (XIX asr 60 yillarining oxiri va 1917 yilning oktyabr inqilobi davrigacha mavjud boʼlgan taʼlimotlar);
oltinchi bosqich – ittifoq davridagi taʼlimotlar (1917 yil oktabr inqilobidan 1991 yil avgust oyigacha mavjud boʼlgan taʼlimotlar);
yettinchi bosqich – Mustaqillik davri, yaʼni 1991 yilning sentabr oyidan hozirgi davrgacha.
Oilaviy hayot, oila tarbiyasining tarixiy asoslari haqida soʼz yuritganda, diniy qadriyatlar va xalq pedagogikasiga oid manbalar muhim ahamiyatga molik ekanligini alohida taʼkidlasa boʼladi. Gʼoyat uzoq taraqqiyot bosqichlarini bosib oʼtgan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati IX-XII asrlarda yangi kamolot pallasiga qadam qoʼydi. Bu tarixiy davr Sharq Uygʼonish davri deb atalib, uning mohiyatini islom madaniyati tashkil etadi. Islom madaniyati (yoki baʼzi manbalarda islom mintaqa madaniyati) turkiy, eroniy va arabiy xalqlar yashagan ulkan hududda siyosiy-iqtisodiy, maʼnaviy-madaniy hamkorlikni vujudga keltirdi, xalqlarni bir-biriga tanitdi va yaqinlashtirdi. Ularga mansub boʼlgan arabiy, forsiy va turkiy tillar oʼrtasida assimilyatsiya jarayoni yuz berib, tillarning lugʼat tarkiblarida katta oʼzgarishlar sodir boʼldi. Fanda jahon ilmiy yutuqlariga suyangan yangi yoʼnalish va taʼlimotlar vujudga keldi. «Bu yagona mintaqa madaniyatini birlashtirib turgan ichki bosh maʼnaviy omil tavhid eʼtiqodini borgan sari teranroq va mukammalroq tushunishga intilish edi».
Oilaviy hayotning shakllarini jiddiy oʼrganish XIX asrda boshlangan. “Oila shakllanishining tarixiy bosqichida ishlab chiqarish faoliyati yaxshi boʼlishi uchun nafaqat ishlab chiqarish munosabatlarining maʼlum tizimi boʼlishini talab qilgan, yaʼni xususiy mulkchilik munosabatlari, taqsimlash va balki ishlab chiqarish birlashma aʼzolari oʼrtasida munosabatlarga ham oʼz taʼsirini koʼrsatgan” .
Morgan oʼzining «Qadimgi jamiyat» (1877) asarida Oila evolyutsiyasining turli tarixiy davrlarini koʼrsatadi.
Promiskuitet – yovvoyi erkak va ayollarning tartibsiz jinsiy hayoti (40-50 ming yil avv.). Jinsiy munosabatga har qaysi qarindosh kirishishi mumkin boʼlgan.
Monogam oila – alohida juftliklarning, birga yashash sharti bilan quriladigan oila. Kelib chiqishi, meros ota tomonidan belgilanadi. Monogam oila asosan farzand koʼrish maqsadi bilan erning hukmronligiga asoslanadi. Farzandlar kelib chiqishi gumonga qolmasligi kerak, negaki otaning mulkini boshqarish meros boʼyicha farzandga qolgan. Monogamiya ittifoq juftli oilaga nisbatan mustahkam hisoblanadi. Faqat er bu turmush aloqalarini bekor qilishi mumkin edi, xiyonat qilish huquqi ham unda edi.
Qon-qardosh oila – oilaning dastlabki pogʼonasi, u aka-uka va opa-singillar guruhli turmushiga asoslangan. Turmush guruhlari ajdodlari boʼyicha taqsimlangan: barcha bobo va buvilar bir-biriga er-xotindir, xuddi shunday ularning farzandlari va farzandlarining farzandlaridir. Er-xotinlik aloqalari faqat ajdodlar va avlodlar oʼrtasida chegaralanadi. Bunday qon-qardosh oila turi toʼliq yoʼqolgan.
Oila-punalua – bir nechta tugʼishgan va tutingan opa-singillar turmushiga yoki aka-ukalarning har birining xotinlari bilan boʼlgan. Shuningdek, xotinlari yoki erlari bir-biriga qarindosh boʼlmasliklari ham mumkin.
Juftlik oila – doimiy juftliklarni tashkillashtirish katta yoki kichik, (balki, uzoq yoki qisqa deganimiz maʼquldir) muddatga, ammo birga yashash nazarda tutilmagan.
“Dual-guruhli nikoh nasl qoldirishni sifatli darajada amalga oshirishni taʼminlagan» .
“Hayotiy yoʼl nazariyasi, jamiyatning bir boʼlagi boʼlmish oila oʼz rivojlanishining turli bosqichlarini oʼtishida harakat strategiyalarining oʼzgarishi, tashqi tarixiy sharoitlarga bevosita bogʼliq boʼlgan holda ikki xil oʼringa ega boʼlgan: bir tomondan, u «individlarning ijtimoiy oʼzgarishlarga adaptatsiyasini osonlashtiruvchi vositachi, boshqa tomondan esa, uning oʼzi oʼsha oʼzgarishlarni keltirib chiqaruvchi omil boʼlgan” .
Sharq xalqlari hayotida zamin, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh-urugʼ, umuman olganda, davlat mustaqilligiga sadoqat, insonga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik kabi tushunchalar keng maʼno kasb etadi. Аgar inson oʼzini xalqning bir zarrachasi deb hisoblasa, xalqni oʼylasa va uning manfaati yoʼlida mehnat qilsagina, maʼnaviy axloqqa aloqador boʼladi.
Oilaviy tarbiya - ota-onalarning oʼz hayotiy faoliyatlari, turmush tarzlari, anʼanalari yordamida bola shaxsiga siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, gʼoyalar va tasavvurlarni shakllantirishni nazarda tutib, bir maqsadga qaratilgan holda muntazam olib boriladigan izchil maʼnaviy taʼsir oʼtkazish jarayonini ifodalaydi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash - bu, eng avvalo, oʼzga odamlar davrasida boʼlishga intilish borasidagi ehtiyojning qondirilishini taʼminlovchi faoliyatni tashkil etishga yoʼnaltirilgan tarbiya boʼlib, atrofdagi kishilarning qiziqish, kayfiyat, did hamda odatlari mazmunini tushunishga boʼlgan istak va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Ushbu yoʼnalish mohiyatida jamoaga intilish, uning doirasida faoliyat yuritish asoslari mavjud, zero, oilali insonning asosiy sifatlaridan biri sifatida jamoaparvarlik tuygʼusi eʼtirof etiladi. Shu bois oʼquvchilarda vatanparvarlik, hamkorlik koʼnikma va malakalarini tarbiyalash - yoshlarni boʼlgʼusi oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining asosiy yoʼllaridan biri sanaladi.



Download 35.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling