6-mavzu. Oilaning turlari Reja: Oilaning tarixiy turlari
Hozirgi vaqtda oilalarning xilma-xil shakllari
Download 35.43 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-мавзу (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Oʼzaro munosabatlar xarakteri boʼyicha oila turlari.
- Nazorat savollari
2. Hozirgi vaqtda oilalarning xilma-xil shakllari.
Oilaning quyidagi turlari mavjud: 1. Katta patriarxal oila, bunda ota-onalar, bolalar, nevaralar bir oilada yashaydilar. 2. Ikki avloddan – ota-ona va bolalardan iborat oila. 3. Notoʼliq, yaʼni oilada biror sababga koʼra ota yoki ona yoʼqligi. 4. Faqat er va xotindan tashkil topgan oila. 5. Аralash, yaqin yoki uzoq qarindoshlar bir xonadonda istiqomat qiladigan oila. 6. Baynalmilal, turli millat vakillari tuzgan oila. 7. Qayta qurilgan oila. Bolgariyalik faylasuf, siyosiy arbob P.Kubadinskiy aytganidek: «Bir necha avlod birga yashaydigan oilalarda qarilik boy, qiziqarli, ishonchli va foydali kechadi. Qari insonning ish qobiliyati susayadi, ayrim paytlarda ishga qobiliyatsiz boʼlib qolishi mumkin. Uyda farzandlar va nabiralar boʼlsa, qariyalarga doimo ish topiladi. Bu davrda qariyalar hayotining sermahsul davri, bosib oʼtgan hayotlarini analiz qiladilar, shaxsiy tajribalarini oʼz ildizidan boʼlgan avlodga yetkazadilar». Endi oila tarkibi boyicha tahlil qilamiz. 1. Toʼliqligiga koʼra: toʼliq, notoʼliq va qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar. 2. Boʼgʼinlar soniga koʼra: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat boʼlgan) va koʼp boʼgʼinli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila aʼzolari birga yashovchi) oilalar. 3. Bolalar soniga koʼra: farzandsiz, bir bolali, ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar. 4. Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga koʼra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilar oilasi, aralash tipdagi oila. 5.Er-xotinning maʼlumot saviyasiga koʼra: oliy maʼlumotlilar, oʼrta-maxsus, oʼrta, tugatilmagan oʼrta, maxsus yordamchi maktab maʼlumotiga ega boʼlgan qayliqlardan tashkil topgan oila. 6.Oilaning «yoshiga» koʼra: yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush tajribasiga ega boʼlgan oilalar), oʼrta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila (qariyalar oilasi). 7.Qayliqlarning ota-ona oilasi (ota-onasi)ning moddiy taʼminlanganlik darajasi jihatidan qudalarning bir-biriga mos ekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi boʼyicha bir-biriga mos va mos boʼlmagan oilalar. 8. Regional jihatlariga koʼra: shahar, qishloq, aralash tipdagi oila. 9. Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga koʼra, ajralish saviyasida - nikohdan qoniqqanlik darajasi quyi saviyada boʼlgan oila, oʼrta saviyada va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila. 10. Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga koʼra: er yetakchi boʼlgan oila, xotin yetakchi boʼlgan oila, er va xotin yetakchilikni birga bajaradigan (biarxat) oila. 11. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlariga koʼra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar. 12. Er-xotinlarning millatiga koʼra: bir millatli yoki baynalminal oilalar. Oilada yoʼlga qoʼyilayotgan bolalar tarbiyasining mazmuniga koʼra oilalarni quyidagi toifalarga boʼlish mumkin: ijtimoiy ilgʼor yoʼnalishdagi oilalar, ziddiyatli yoʼnalishdagi oilalar va maʼnaviy jihatdan past darajadagi oilalar. 3.Oʼzaro munosabatlar xarakteri boʼyicha oila turlari. Oilada shaxslararo munosabat turlarini tahlil qilamiz. 1.Tabiiy munosabatlar — er-xotinlik va qon qarindoshlik munosabatlari. 2.Axloqiy munosabatlar juda keng ma'noda bo'lib, unga ma'lumoti, madaniyatliligi, kiyinishi, ovqatlanishi, dam olishi kabilar. 3.Psixologik munosabatlar — xulq-atvori xislatlari, er-xotin o'rtasidagi sevgi-muhabbat hislari, farzandlar mehri. 4.Iqtisodiy munosabatlar — mulkiy munosabatlar, uy-joy, hovli-joyni boshqarish. 5.Huquqiy munosabatlar — nikohni davlat tomonidan qayd ettirish, er-xotin shaxsiy va mulkiy munosabatlar kabilarni kiritish mumkin. 3.Oilada burch, masʼuliyat, eʼtiqod tarbiyasi, farzandlarda sogʼlom manaviy-axloqiy tarbiyani shakllantiruvchi ijtimoiy omillar. Xorijiy mamlakatlarda oila turlari boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazildi. Jumladan, amerikalik tadqiqotchi Natan Yau АQShda eng koʼp tarqalgan 50 xil oila turlari haqida maʼlumot toʼpladi. Maʼlum boʼlishicha, nuklear oila (farzandlari bor juftlik) aholining yarmidan ortigʼini tashkil qilar ekan, birga yashashning qolgan turlari gʼalati konfiguratsiyani namoyon etadi. Bu haqida Flowing Data blogida maʼlum qilindi. Yau American Community Surveyning anonim tadqiqot maʼlumotlarini (2009-2014 yillardagi) toʼplab, uy xoʼjaligining 10 276 turini alohida ajratib chiqdi. Bularning orasidan eng koʼp uchraydigan 50 xil oila turini olim katta sxemada taqdim etdi. Barcha oilalar uch asosiy yoʼnalishga ajratildi – nuklear, kompozit (masalan, uy egasi va uning doʼsti) va kengaytirilgan (bir necha avlod vakillari va birga yashovchi uzoq qarindoshlar). Oila aʼzolari toʼq yashil doirachalar bilan koʼrsatilgan, qarindoshlar – och yashil, uy egasi bilan oilaviy va qarindoshchilik rishtalari boʼlmagan kishilar esa – kulrangda. Olimning fikricha, oilaning koʼplab gʼalati turlari batafsil oʼrganib chiqishga loyiq. “Masalan, bir-biriga qarindosh boʼlmagan kompozit turni olaylik. Bu bir xonadonda ijaraga turadigan uch qoʼshni boʼlishi mumkin. Ehtimol, poliamor uchlikdir”, - deya taʼkidlaydi Yau. Oila bu – axloqiy masʼuliyat, oʼzaro yordam, maishiy xizmat umumiyligi bilan bogʼlangan, nikohga yoki yaqin qarindoshlikka asoslangan kichik guruhdir. Oila asosini erkak bilan ayol oʼrtasidagi nikoh birligi tashkil etadi. Oila jamiyat bagʼrida tashkil topadi, oʼzi ham ana shu jamiyatning kichik bir boʼlagi sifatida namoyon boʼladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iktisodiy munosabatlar oila taraqqiyotiga taʼsir etadi. Oiladagi taʼlim-tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda oʼz aksini topadi. Oila va jamiyat oʼzaro bogʼliq xolda taraqqiy etib, rivojlanadi. Oila qachon baxtli boʼladi? Аyol baxtli boʼlsa! Аyol qachon baxtli boʼladi? Farzandlari sogʼ-salomat boʼlsa! Buning uchun oilada sogʼlom muhit shakllanishi kerak. Nazorat savollari: 1.Oilaning tarixiy turlari haqida malumot bering. 2. Hozirgi vaqtda oilalarning qanday shakllari mavjud. 3.Oʼzaro munosabatlar xarakteri boʼyicha oila turlarini tahlil qiling. Download 35.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling