Gidroksil guruxlari aromatik yadro uglerod atomlari bilan bevosita bogʻlangan oksi hosilali aromatik birikmalar. Molekulasidagi gidroksil guruh soniga qarab F. atomli, atomli va kup atomli boʻladi


Download 19.11 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi19.11 Kb.
#1541775
1   2
Bog'liq
1-мавзу

Spirtlar — uglevodorodlarning toʻyingan uglerod atomlarida bir yoki bir nechta gidroksil guruh (—OH) tutgan hosilalari. Aromatik halkasidagi uglerod atomlarida — OH guruxi tutgan birikmalar — fenollar, toʻyinmagan uglerod atomlarida — OH guruhi tutgan birikmalar esa yenollar deyiladi. Uglevodorod radikalining tavsifiga koʻra, C. atsiklik yoki alifatik (mas, metil spirt, etil spirt, allil spirt), alitsiklik (siklogeksayogʻ aromatik (benzil spirt) va geterotsiklik boʻlishi mumkin. Molekulasidagi — OH guruhining soniga qarab, C. bir atomli (alkogollar), ikki atomli (glikollar), uch atomli (k,. Glitserin), toʻrt atomli (penta eritrit) va boshqa koʻp atomli spirtlar (geksitlar, ksilitlar) boʻladi. S.dagi — ON guruxlari birlamchi (CH2OH), ikkilamchi (>CHOH) va uchlamchi (> C—OH) uglerod atomlari bilan birikkan boʻlishi mumkin. Shu sababli bir atomli C. birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xillarga boʻlinadi.

C. odatda, tegishli uglevodorod radikalining nomiga karab ataladi: CH3OH (metil spirt), C3H7—OH (propil spirt) va h.k. Jeneva nomenklaturasiga koʻra, tegishli uglevodorod nomiga "ol" (yoki diol, triol) qoʻshimchasi qoʻshiladi va —OH guruxi birikkan uglerod atomini rakam bilan koʻrsatiladi. Masalan, CH3—CH(OH)— CH3 (propanol2), HOCH2—CH2— CH2OH (propandiol1,3).


Bir atomli alifatik kuyi C. — rangsiz suyukliklar. Zanjirida bittadan uchtagacha uglerod atomi tutgan (C,—C3) Sdan alkogol hidi keladi. C4—C5 spirtlar nafasni qaytaradigan hidli. Yuqori C. (S|2 dan boshlab) — hidsiz qattiq moddalar; alitsiklik C. yalpiz xidli, uchlamchi C. mogʻor hidli.


C. suvdan yengil, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, oʻzi ham yaxshi erituvchi. Quyi alifatik C. suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Yuqori C. suvda erimaydi. Birlamchi C. kristallosolvatlar hosil qiladi, mas, SaS124S2N5ON, MgCl26C2H5OH, CuSO4CH3OH. Koʻpchilik C. suv va baʼzi erituvchilar bilan aralashib, azeotrop aralashmalar hosil qiladi.


C. molekulasida — OH guruhi boʻlgani sababli sezilarli qutblanish kuzatiladi. C. ishqoriy, ishqoriyer va boshqa baʼzi metallar bilan tuzeimon birikmalar — alkogolyatlar, mas, NaOR, Ca(OR)2, A1(OR)3 hosil qiladi. C.ga kislotalar taʼsir etganda murakkab efirlar hosil boʻladi (qarang Eterifikatsiya). Birlamchi C. oksidlanganda tdegidlar va kislotalar, ikkilamchi C. oksidlanganda ketonlar hosil qiladi; uchlamchi C. oddiy sharoitda oksidlanmaydi. Bir atomli alifatik C. kucheiz narkotik taʼsirga ega, baʼzi C zaharli.




C. tabiatda erkin holda va murakkab efirlar holida uchraydi. C. galogenalkillarni gidrolizlab (amil, benzil C. va boshqalar), olefinlarni gidrolizlab (etil, izopropil, trimetilkarbinol va boshqalar) olinadi.C, koʻpincha, karbonli birikmalar (aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va boshqalar)ni natriy, litiy, alyuminiy gidrid, vodorod bilan qaytarib olinadi. Alkogol ichimligi uchun ishlatiladigan etil spirt qand moddalarini bijgʻitib olinadi. C.ning amaliy ahamiyati muhim: boʻyoqlar, sintetik tolalar, plastmassalar, xushboʻy dori va yuvuvchi vositalar, plastifikatorlar va portlovchi moddalar ishlab chiqarish.da xom ashyo hisoblanadi. Koʻpchilik sanoat tarmoqlarida erituvchilar va alkillovchi agentlar sifatida ishlatiladi.Spirtlar asosan bir va kòp atomli sipirtga ajraladi
Download 19.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling