Gidroksil, karbonil va karboksil guruhli birikmalar
Download 445.92 Kb.
|
Gidroksil, karbonil va karboksil guruhli birikmalar.
Oddiy efirlar. Oddiy efirlar deb, spirt molekulasidagi vodorodning uglevodorod qoldig‘iga almashishidan hosil bo‘lgan birikmalarga aytiladi. Bunda uglevodorod qoldig‘i bir xil (R-O-R) yoki har xil (R-O-R’) bo‘lishi mumkin.
Oddiy efirlarni quyidagicha nomlanadi: C2H5-O- C2H5 dietil efiri; etoksietan; CH3-O- CH3 dimetil efiri; metoksimetan CH3-CH2-O- CH3 metiletil efiri, metoksietan va h-zo. Oddiy efirlar natriy alkogolyatlarni galoidalkillari bilan reaksiyasidan olinadi (Vilyamson usuli): Eng muhim efir bo‘lgan dietil efirni etil spirtiga ortiqcha miqdordagi sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi: Reaksiyaning ikkinchi bosqichida boshqa spirt ta’sir ettirilsa aralash efir hosil bo‘ladi: Agar spirt 3000C da Al2O3 ta’sirida qizdirilsa suv chiqib ketib, oddiy efir hosil bo‘ladi: Dietil efir metallorganik sintezlarda va tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Diizopropil efiri va metil- uchlamchi-butil efirlari benzinning sifatini oshirishda antidetanator sifatida ishlatiladi. Fenollar Fenollarning sinflanishi: bir, ikki va ko‘p atomli fenollar. Fenollarni olish usullari. Fenol gidroksil guruhining xossalari. Fenol molekulasida aromatik yadro va gidroksil guruhining o‘zaro ta’siri. Fenollarda elektrofil almashinish (galogenlash, nitrolash, sulfolash) reaksiyalari. Fenollarni karboksillash, formillash (Kolbe, Reymer-Timan, Vilsmeyer) reaksiyalari. Fenol-formaldegid smolalar. Ikki atomli fenollarni ishlatilish sohalari Molekulasida kislorod atomi tutgan aromatik birikmalarni ikkiga bo‘lish mumkin: fenollar va aromatik spirtlarga. Fenollar kimyo sanoatida katta ahamiyatga ega. Olish usullari: 1. Ko‘mirdan koks olish jarayonida hosil bo‘lgan smoladan fenol va o-, p-, m-krezollar ajratib olinadi: o-krezol m-krezol p-krezol fenol 2. Benzoldan olish uchun u sulfolanadi va ishqor bilan qizdiriladi: C6H6 + H2SO4 C6H5-SO3H + NaOH C6H5OH + Na2SO3 + H2O 3. Izopropilbenzolni havo kislorodi bilan oksidlash: 4.Diazobirikmalardan olish: Xossalari. Fenol molekulasining ON guruhi kislotali xususiyatni namoyon qiladi: 1.Fenol ishqor eritmasida oson eriydi: ArOH + NaOH ArONa + H2O 2. Fenolyatlardan oddiy efirlar olinadi: ArONa + RI ArOR + NaI ArONa + (CH3O)2SO2 ArOCH3 + CH3OSO2ONa 3. Fenolyatlardan murakkab efirlar olinadi: ArONa + CH3COClArO-CO-CH3 + NaCl Fenol aromatik yadrosi reaksiyalari: 1. Galoidlash: 2. Sulfolash: 3.Nitrolash: Nitrit kislota ta’siri: Agar natriy fenolyat SO2 atmosferasida bosim ostida qizdirilsa, salitsil kislota tuzi hosil bo‘ladi: Salitsil kislotani natriy fenolyatga CCl4 ta’sir ettirib ham olish mumkin: Xloroform ta’sirida esa salitsil aldegidi hosil bo‘ladi (Reymer Timan): Fenolning formaldegid bilan kondensatsiyalanishi natijasida fenol-formaldegid smolalar hosil bo‘ladi: Download 445.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling