Yopik gorizontal zovurda uchraydigan nuksonlar va zovurning ishlashini monitoringi - Zovur liniyasining konikarsiz ishlashiga odatda zovurni loyixalash, kurish va undan foydalanish jarayonida yo’l ko’yilgan xato va kamchiliklar sabab bo’ladi. Ana shunday o’kinchli kamchiliklar jumlasiga kuyidagilar kiradi:
- - zovur yotkizilgan tuprok – gruntlarning filtratsiya koeffitsienti mikdori etarlicha anik kilib olinmaganligi;
- - qishloq xo’jalik ekinlari haqiqiy sug’orish rejimining loyixada ko’rsatilgan rejimdan farqli bo’lishi
- – bu qol zovur ishi loyixadagi rejimning buzilishiga olib keladi. Ekilayotgan ekinning loyixada ko’rsatilgan tarkibi buzilishi natijasida sistemaga beriladigan suv miqdori o’zgaradi, sho’r yuvish maqsadidagi sug’orishlar unumsiz o’tkaziladi; bunda doimiy zovur muvaqqat zovur bilan etarlicha kuchaytirilmaydi. Bularning hammasi zovur ishining normal rejimini buzadi, uning samaradorligi pasayadi;
- - shag’al – filtrlar sifatining yomon bo’lishi, ya’ni filtr granulometrik tarkibining ko’zda tutilgan strukturaviylik va har xillik koeffitsientiga muvofiq yuvilmasligi;
- quvur – zovur zvenolari oralig’idagi zazor (tirqishning) yo’l qo’yib bo’lmaydigan darajada katta bo’lishi;
- transheyani qayta ko’mishda tuproqning yaxshi shibbalanmasligi va zovur ustida katta havol joylar qolishi;
- quvur yotqizish mashinasi yurib o’tadigan yo’lning noto’g’ri profillanishi (trassa o’qining qiyshayishi va transheya tubining notekisligi zovur bo’ylama qiyshayishiga sabab bo’ladi);
- nazorat quduqlari orqali tushib turadigan er usti suvlarining zovur quvurlari bo’shlig’iga loyqa bostirishi (bunday quduqlarning tepasi faqat er sathi bilan bir xil tekislikda joylashgan bo’ladi);
- nazorat quduqlarini qurishda og’iz chetlari kemtilgan (10 sm gacha) beton quvur zvenolardan foydalanish;
- quvur zvenolarining noto’g’ri sentrovka qilinishi [ quduq devorlarining (quvurlarning) bir – biri ustiga to’g’ri tushmasligi ];
- qurilgan zovurlarning nazorat qilinmasligi;
- quruq erlarni o’zlashtirish sistemasining noto’g’riligi;
- Sho’r yuvish paytida qurilgan muvaqqat zovurlarning sifatsizligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |